Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус




Download 1.59 Mb.
bet29/35
Sana24.03.2017
Hajmi1.59 Mb.
#1558
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
2. Gibrid avtomobillar

Elektromobillarning akkumulyatorlarini quvvatini cheklanganligini oshirish uchun hozirda ham ichki yonuv dvigatelli, ham generatorli gibrid avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. IYoD bir paytning o’zida ham avtomo-bilni yurgizishi ham generatorda elektr tokini hosil qilib akkumulyator-larni zaryadka qilishi mumkin. Tezlanish paytida avtomobil ham IYoD, ham akkumulyatorlar hisobiga tezlikni oshirishi mumkin (15-18 rasmlar).

Gibrid avtomobillarning ikki xili mavjud:


  1. Hamma quvvat elektr quvvatiga aylantiriladi va shu quvvat hiso-biga avtomobil harakatlanadi.

  2. Parallel gibrid, ya’ni avtomobil xam IYoD xisobiga, ham akkumu-lyator hisobiga harakatlanadi.

Tormozlanish quvvatini xam elektr quvvatiga aylantirib, akkumulya-

torni zaryadlash mumkin va bu quvvatni xam avtomobilni harakatlanishga sarflash mumkin.

Gibrid avtomobillari hozir Noyota va Honda firmalarida ishlab chiqarilmoqda. Volvo, Ford, FIAT va boshqa bir qancha firmalarda ham o’z gibrid avtomobillarining tajribaviy variantlari mavjud.

15 – rasm. Daymler Kraysler kompaniyasining parallel

gibrid avtomobili.

1 – IYoD; 2 – 1-elektrodvigatel; 3 – ilashish muftasi;

4 – 2-elektrodvigatel; 5 – avtomat uzatmalar қutisi.





16-rasm. Gibrid avtomobil.

1 – sinxronli elektrodvigatel o’zgarmas magnitli; 2 – o’zgartiruvchi;

3 – ionno-litiyli akkumulyator; 4 – variator CVT; 5 – elektrodviga-tel; 6 – ilashish muftasi; 7 – ichki yonuv dvigateli.



17-rasm. Toyota HV-M4 gibrid

avtomobilining shassisi



18-rasm. Ford gibrid avtomobili

Nazorat savollari

  1. Transmissiya uzellarining nomini ayting.

  2. Mexanik uzatmalar qutisining afzalliklari nimada.

  3. Ponasimon tasmali variatorlar haqida nima bilasiz.

  4. Toroidli variatorlar haqida nima bilasiz

  5. Avtomat uzatmalar qutisining afzalligi nimada.

  6. Avtomatlashtirilgan uzatmalar qutisi nima.

  7. Gibrid avtomobili nima va uning turlarini ayting.

  8. Gibrid avtomobillarining afzalligi nimada.

Adabiyotlar
1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.

3. Avtomobilnыy spravochnik. «Bosch» - ZAO KJI Za rulem. – 2002.

4. Braess H., Seiffert V. Vieweg Handbuch Kraftfahrzeugtechnik. Vieweg- 2001.

5. Roger Bell. Modern sport Cars. Haynes.-London.-2002.


9-Mavzu. YuRISh QISMINING RIVOJLANISh

ISTIQBOLLARI


Tayanch so’zlar: g’ildirak, shina, disk, obod, osma, yo’naltiruvchi, elastik so’ndiruvchi, ressorlangan, ressorlanmagan, sxojdenie, razval, stabilizator, Makferson ustuni, ikki richagli, ko’p richagli, sozlanuvchi osmalar, oldingi ko’prik, orqa ko’prik.

Mavzu rejasi: 1. Osmalar

2. Ko’priklar

3. G’ildiraklar.

Osmalar ko’priklar bilan g’ildiraklarni bog’lab turadi, harakatdagi avtomobilga ta’sir qilayotgan kuchlarni o’ziga qabul qiladi va kuzovning teb ranishini so’ndiradi.

Osmalar asosan uch qismdan iborat: yo’naltiruvchi qism, elastik qism. so’ndiruvchi qism.

Yo’naltiruvchi qism vazifasini yuk avtomobillarida listli ressora, yengil avtomobillarda esa bo’ylama tortqilar xizmat qiladi.

Osmalarning yo’naltiruvchi elementning konstrukstiyasiga qarab uning turlari 19-rasmda keltirilgan.

Hozirgacha ma’lum osmalardan tashqari har tomonida ikkitadan ko’n-dalang tortqili (Shevrolet – Kaptiva), ko’p tortqili (Shevrolet-Epika) yo’naltiruvchi elementli osmalar mavjud.

Osmalarning 10 dan ortiq turlari mavjud bo’lishiga qaramay, asosan ularning besh xili keng qo’llanilmoqda.

Bular: - ikki qatorli richag,

- Makferson ustuni,

- bo’ylama tortqili,

- torsionli balka,

- ko’p qatorli richag.

Ikki qatorli richagda yuqorigisi pastdagisidan kaltaroq qilib ish-lanadi. Sabab, burilish paytida g’ildirakning er bilan tishlashishi yaxshi bo’ladi va turg’unlik ortadi (20-rasm).

Makferson ustunida asosiy rolni amortizator ustuni o’ynaydi.

Afzalligi juda ixcham, sodda.

Bo’ylama tortqili osmada orqa ko’prik bo’ylama tortqi orqali kuzov bilan ulanadi.


20-rasm. Ikki қator richagli osma.

Torsionli balkada torsionning bir uchi ko’prikka, bir uchi esa kuzovga mahkamlanadi. Harakat paytida torsion buralishga ishlaydi va elastik element vazifasini bajaradi.

Ko’p qatorli richaglarda esa ikki qatorli richag alohida – alohida kuzovga mahkamlanadi. Bunday sxemadagi osmalar avtomobilning turg’unli-gini va boshqaruvchnligi oshiradi.

Hozirda sozlanuvchi va aktiv osmalar keng tarqalgan.

Sozlanuvchi osmalarda avtomobil kuzovining ergacha bo’lgan masofasi avtomatik ravishda yo’l sharoitlariga qarab siqilgan havo yordamida o’zgar-tiriladi. Bu o’zgartirilish elektron boshqarish bloki orqali amalga oshiri-

ladi.


Aktiv osmalarda avtomobil kuzovining vertikal kuch ta’sirida pasa-yishi va uning burilish paytidagi og’ishi gidropnevmatik moslamalar yorda-mida bartaraf etiladi. Bunday osmaning ish jarayonini mikroprostessor bajaradi. Avtobuslarda va yuk avtomobillarida pnevmatik osmalar keng qo’llanilmoqda.



Download 1.59 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Download 1.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

Download 1.59 Mb.