Kuzovlarning rivojlanish istiqbollari
Hozirda kelajakda ishlab chiqarishga mo’ljallangan yengil avtomobil-larning kuzovlari yaratilmoqda. Ular asosan eshiklarining ochilishi bilan farqlanadi.
1 variant – ko’pgina avtomobillarda eshiklar harakat yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga yonga ochiladi. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
2 variant – eshiklar yuqoriga ochiladi (7-rasm a).
3 variant – eshiklar orqa tomonga surib ochiladi (7-rasm v, g).
4 variant – oldi eshik oldinga, orqa eshik orqaga ochiladi (7-rasm b).
7-rasm. Eshiklarning ochilish variantlari
Kuzovlarning materiallari
Kuzov asosan 0,6 – 3,0 mm qalinlikdagi po’lat listlardan shtamplash usulida tayyorlanadi.
Keyingi paytda alyuminiy qotishmasidan ham kuzov olish yo’lga qo’yil-moqda. Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.). Uning kamchiligi – narxining qimmatligi va payvandlashning murak-kabligidir.
Hozir kompozit materiallardan ham kuzovlar olish yo’lga qo’yilmoqda. Ularning tarkibi epoksid smolasi va oynaip.
Nazorat savollari
-
Kuzovlarning tarixini ayting.
2. Sedan nima
3. Limuzin nima
4. Kupe nima
5. Universal nima
6. Kombi (xetchbek) nima
7. Fastbek nima
8. Kabriolet nima
9. Faeton nima
10. Hardtop-sedan nima
11. Hardtop- kupe nima
12. Brogam nima
13. Targa nima
14. Lando nima
15. Kabriolet-hardtop nima
16. Faeton-universal nima
17. Furgon nima
18. Rodster nima
19. Pikap nima
20. Kapotsiz kuzov nima.
Adabiyotlar
-
Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.
-
Fayzullaev E.Z., Muxitdinov A.A., Shomaxmudov Sh.Sh. va boshqa-lar. Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi. 1-qism.
Toshkent.- Zarqalam.- 2005.- 432 b.
Mavzu 6. Dvigatellarining
rivojlanish istiqbollari
Tayanch so’zlar: samokat, bug’ dvigateli, benzinli dvigatel, dizel dviga-teli, gazotrubinali dvigatel, rotorli dvigatel, elektromobil, karbyurator, injektor, taqsimlash vali, gidrokompensator, siqish darajasi, porshen, yonish kamerasi, klapan, ishchi hajm, quvvat, burovchi moment, stilindr dia-metri, porshen yo’li, yuqori bosim nasosi, forsunka.
Mavzu rejasi: - dvigatellar tarixi;
- benzinli va dizel dvigatellari;
- rotorli dvigatellar;
- elektrodvigatellar.
Dvigatellar tarixi
Birinchi paydo bo’lgan avtomobillar bug’ dvigatellari bilan harakatga keltirilgan. Bu dvigatellarda yoqilg’i stilindrlardan tashqarida yoqilgan va suv qaynab bug’ga aylanib, dvigatel stilindriga yuborilgan va bu bug’ bosim ostida bo’lganligi uchun porshenni harakatga keltirgan. Birinchi bug’ dviga-telining ixtirochisi angliyalik Djeyms Uatt bo’lgan va u 1784 yili o’z ixtirosiga patent olgan. O’sha davrdagi bug’ dvigatellari juda og’ir va ular-ning foydali ish koeffistienti ham juda kichkina edi.
Samarali dvigatel faqat 1860 yilga kelib franstuz Jan Eten Lenuar tomonidan ixtiro qilindi va patent olindi. Bu dvigatelda porshen stilin-dr ichiga havo bilan gaz aralashmasini so’rib olar va porshen yuqori chekka nuqtaga yarmiga etganida elekt uchquni bilan yondirilar edi.
Bu ichki yonuv dvigateli amalga 1866 yili nemis ixtirochisi Avgust Otto tomonidan gaz bilan havo aralashmasi uchqun berishdan oldin stilindr ichida siqish prinstipi taklif etilganidan so’ng tadbiq etildi. Aralashma yonganidan keyingi ishchi stikl “OTTO StIKLI” deb atala boshlandi va u hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Keyinroq angliyalik Duglas Klark ikii taktli dvigatelni ixtiro qildi. Biroq bunday dvigatellar ham keng qo’llanilmadi.
1892 yili Rudolf Dizel stilindr ichida faqat havo siqiladigan va siqilishdan qizigan havoga yonilg’ini purkab berish bilan uni yonishini ta’minlaydigan dvigatelga patent oldi.
Hozirga kelib 4 taktli benzinli dvigatellar va dizel dvigatellari yengil avtomobillarda, dizelli dvigatellar aksariyati yuk avtomobillarida keng qo’llanilmoqda.
Taktlarning ketma-ketligi 8-rasmda keltirilgan.
Birinchi takt – kiritish taktida kiritish klapani ochiladi, por-shen yuqori cheka nuqtadan pastki chekka nuqtaga qarab harakatlanadi, porshen ustida siyraklanish hosil bo’ladi va bu siyraklanish havo va benzin ara-lashmasini stilindr ichiga tortadi. Bu jarayon porshen pastki chekka nuqtaga etguncha davom etadi.
Ikkinchi takt – siqish taktida ikkala klapan yopiq, porshen pastki chekka nuqtadan yuqori chekka nuqta sari harakatlanadi. Stilindr ichidagi
yonuvchi aralashma siqiladi. Porshen YuChN ga etib ulgurmasidan elektr uch-quni beriladi va aralashma alangalanadi.
Uchinchi takt – ishchi taktda porshen shiddat bilan YuChN dan PChN ga qarab harakatlanadi. Ikkala klapan yopiq. Porshenning bu harakati shatun orqali tirsakli valni aylantiradi.
To’rtinchi takt – chiqarish taktida porshen PChN dan YuChN ga qarab harakatlanadi. Chiqarish klapani ochiladi va stilindr ichidagi ishlatilgan gazlar bosim hisobiga, hamda porshenning hosil qilgan bosimi hisobiga tashqariga chiqadi.Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan.
Rotorli dvigatellar
Keyingi 100 yil ichida ichki yonuv dvigatellariga teng keluvchi dviga-tellarning 100 dan ortiq varianlari taklif etildi, lekin ulardan faqat-gina bittasi – rotorli dvigatelgina amaliyotga tadbiq etildi.
Rotorli dvigatellarning ikki xili mavjud. Biri gazotrubinali, ik-kinchisi rotor-porshenli. Rotor-porshenli dvigatelni uning ixtirochisi-ning nomi bilan Vankel dvigateli deb ham atashadi. Hozirda Vankel dvi-
8-rasm. To’rt takt: a - kiritish; b - siқish; v - ish takti; g – chiқarish.
gatellari Volkswagen va Mazda kompaniyalarining ba’zi bir modellarida qo’llanilmoqda.
Rotor-porshenli dvigatelning porshenli dvigateldan farqi shundaki, unda porshen o’rniga aylanadigan rotor qo’llanilgan. Rotor maxsus formaga ega bo’lib bu formani “DELTROID” formasi deyiladi. RPD da ham 4 takt mavjud.
RPD da rotor stator deb ataluvchi korpus ichida aylanadi. Ekssten-trikli val atrofida rotor aylanadi va rotorning uch qirrasi stator tanasi-ning uch nuqtasiga tegib o’tadi. Rotor bilan stator o’rtasida uchta hajm paydo bo’ladi va bu hajmlarda 4 takt amalga oshriladi.
Rotor porshenli dvigatelning ko’rinishi 9-rasmda keltirilgan.
Rotorli dvigatellarning afzalligi shundaki, ularda porshen va shatun yo’qligi uchun dvigatel yengil, rotorning aylanishlar soni 10000-16000 min-1
Kamchiligi burovchi momentning kichikligidir. Bu kamchilikni qisman yo’qo-tish uchun bitta valga ikkita rotor o’rnatiladi. RPD ning kamchiliklariga yoqilg’ining ko’p sarf qilishi va ishlatilgan gazlarning zararlilik daraja-si porshenli dvigatellarga nisbatan yuqoridir.
Gazotrubinali dvigatellar
Gazotrubinali dvigatellarning porshenli dvigatellardan asosiy far-qi shundaki ularda ish stikli davriy ravishda emas balki uzluksiz davom etadi. Bunday dvigatellarda yonilg’i yonish kamerasiga to’xtovsiz sepib beri-ladi va kameradagi havo bilan birlashib yonadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlar shiddat bilan kuch trubinasining va kompressor trubinasining par-raklariga uriladi. Kuch trubinasi avtomobilning transmissiyasiga ulangan bo’ladi va avtomobil harakatga keladi. Kompressor trubinasi parraklari ha
voni dvigatelning yonish kamerasiga haydaydi. Trubinadan chiqayotgan issiq gazlar issiqlik almashtirish kamerasiga kiradi va u erda kompressor so’rib kirgizgan havoni isitib beradi va keyin tashqariga chiqib ketadi.
Gazotrubinali dvigatellarning afzalliklari:
1. Kichik hajmiga nisbatan katta quvvatga ega;
2. Ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi detallarning yo’qligi uchun bir tekis ishlaydi;
3. Sovuqda ham oson ishga tushirish mumkin;
4. Gazlarning zararliligi kam;
5. Har xil yonilg’ida ishlay oladi.
Kamchiliklari:
1. Yonilg’ini ko’p sarf qiladi;
2. Shovqini kuchli;
3. Ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi.
4. Avtomobilni tez tezlantira olmaydi.
9-rasm. Rotor-porshenli dvigatel.
1-kiritish klapanlarini ochishni bosh-қarish bloki; 2- har bir sekstiyaga 3 tadan kiritish қuvurlari mavjud; 3 – maxsus forsunka ishқalanuvchi yuzalarga moyni ҳaydaydi. 4 – yonuvchi aralashma yonish kamerasiga yondagi teshiklar orқali kiradi; 5 – chiқarish kanali; 6 – chiқarish teshigi; 7 – rotor; 8 – stator; 9 – asosiy va yordamchi svechalar.
Elektrodvigatellar va yonilg’i elementli
dvigatellar
2000 yilda Yaponiyada sinxron elektrodvigatelli avtomobil ishlab chi-qarildi. Zamonaviy texnologiyalar solishtirma quvvati yuqori bo’lgan elek-trodvigatellar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Masalan Angliyaning ZYTEC kompaniyasi yaratgan elektrodvigatel 13 kG og’irlikka ega bo’lgan holda 60 N. m burovchi momentga ega.
Elektrodvigatelli avtomobillarning asosiy yutug’i – bu tashqi muhit-ni tfloslantirmasligidir. Kamchilmgi esa elektrodvigatellarning quvvati 200 km yo’l yurishga etadi xolos.
Yonilg’ili elementlar asosida ishlaydigan dvigatellar – bu elektro-kimyoviy moslamaga ega bo’lib, bu moslamada vodorod bilan kislorod kimyo-viy jarayon tufayli eglektr energiyasiga aylantiriladi. Tarixda bu usul birinchi bo’lib 1839 yili ixtiro qilingan. Bunday dvigatellarning foy-dali ish koeffistienti juda yuqori, chunki ularda harakatlanuvchi qismlar yo’q. Atmosferaga chiqarib tashlanadigan narsa bu- oddiy suv bug’laridir.
Har qanday dvigatel ma’lum qiymatdagi quvvatga va burovchi momntga ega. Ko’pchilik avtomobil tanlashda faqat uni dvigatelining quvvatigagina e’tibor berishadi, burovchi momentiga emas, vaholanki avtomobilning yo’l-lardagi holati ko’p jihatdan burovchi momentga bog’liq.
Burovchi momentning zamonaviy o’lchov birligi sifatida bu N. m dir.
Dvigatelda hosil bo’ladigan burovchi moment stilindr ichidagi ishchi bosim-ga, stilind diametriga, tirsakli val krivoshipining radiusiga va bir qator omillarga bog’liq. Tirsakli valning aylanishlar sonini o’zgarishi bilan gazlarning porshenga bo’lgan bosimi ham o’zgaradi, shuning uchun burovchi mo-mentning qiymati ham o’zgaradi. Tirsakli valning ma’lum bir aylanishlar sonidagi burovchi momentni uning burchak tezligiga ko’paytmasi dvigatel-ning shu burchak tezlikdagi quvvatini beradi. XVIII asrdan boshlab quvvat ot kuchida o’lchanar edi. Quvvatning hozirgi zamonaviy halqaro o’lchov birligi esa kilovatt (kVt) dir. Shunga qaramay ko’pgina adabiyotlarda hamon quvvat-ning qiymati ot kuchida berilmoqda. Ot kuchidan kilovattga o’tish uchun uni ot kuchida berilgan qiymatni 1.34 ga bo’lish kerak.
Ko’pgina haydovchilarni qiziqtiruvchi avtomobilning tezlanishi ay-nan dvigatelning burovchi momentiga bog’liq. Dvigatelning quvvati avtomo-bilning asosan maksimal tezligini ta’minlaydi.
Ko’pgina haydovchilarni qiziqtiruvchi avtomobilning tezlanishi ay-nan dvigatelning burovchi momentiga bog’liq. Dvigatelning quvvati avtomo-bilning asosan maksimal tezligini ta’minlaydi.
10-rasmda dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi ko’rsatilgan. Dvigatel-larning amaldagi tezlik tavsifi maxsus tajriba stendlarida olinadi.
Dvigatel quvvati va burovchi momentini tirsakli valning burchak tez-ligiga bog’liqlik grafigi dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi deyiladi.
10-rasm. IYoD ning tezlik tavsifi.
Ne – effektiv қuvvat; Me – effektiv burovchi moment; Mmax – maksimal burovchi moment; Nmax – maksimal қuvvat; MN – maksimal қuvvat ga mos keluvchi burovchi moment; - tirsakli valning burchak tezligi.
Nazorat savollari
-
Ichki yonuv dvigateli degnda nimani tushunasiz.
-
Tashqi yonuv dvigateli deganda nimani tushunasiz.
-
Rotor-porshenli dvigatelning ishlash prinstipini ayting.
4. Rotor-porshenli dvigatellarning qanday turlari mavjud.
5. Elektrodvigatelli avtomobillar haqida nima bilasiz.
6. Elementli yonilg’ili dvigatellar qanday ishlaydi.
7. Dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi deganda nimani tushunasiz.
Adabiyotlar
1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.
2. Fayzullaev E.Z., Muxitdinov A.A., Shomaxmudov Sh.Sh. va boshqa-lar. Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi. 1-qism. Toshkent.- Zarqalam.- 2005.- 432 b.
Mavzu 4. Dvigatel mexanizmlarining
rivojlanish istiqbollari
Tayanch so’zlar: Stilindrlar bloki, gilza, blok kallagi, tirsakli val, shatun, porshen, barmoq, porshen halqalari, vkladыshlar, taqsimlash vali, kulachak, injektor, forsunka, shtanga, gidrokompensator, suyuqlik nasosi, radiator, termostat, moy nasosi, moy filtrlari, redukstion klapan, o’tkazgich klapa-ni, saqlagich klapani, yonilg’i nasosi, yonilg’i filtrlari, yuqori bosim naso-si, past bosim nasoslari, yonilg’i berishni ilgarilatish muftasi, hamma re-jimda ishlaydigan rostlagich.
Mavzu rejasi: 1. Krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmining
Yangiliklari;
2. Sovitish, moylash va ta’minlash tizimlarining ri-
vojlanish istiqbollari.
Krivoship-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmining
yangiliklari
Ichki yonuv dvigatellari 2 ta mexanizm va 4 ta tizimdan tashkil topgan
Bular – KShM va GTM hamda sovitish, moylash, ta’minlash va yondirish tizimlaridir.
KShM – bu mexanizm porshenning chiziqli ilgarilanma-qaytma haraka-tini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Asosiy detallari – stilindrlar bloki, blok kallagi, tirsakli val. shatun, porshen, porshen barmog’i, porshen halqalari, gilzalar, vkladыshlar zichlagich.
Silindrlar bloki asosan cho’yandan tayyorlanadi. Uning afzallikla-ri: 1. Juda mustahkam; 2. Ishqalanishga bardoshli; 3. bemalol quyiladi. Cho’-yanning ikkita kamchiligi bor: 1. Og’ir; 2. Issiqlikni yomon o’tkazadi. Hozir-da alyuminiy qotishmasidan ham stilindrlar bloki tayyorlanmoqda. Alyumi-niy qotishmasining afzalligi uning yengilligidr. Bunday bloklarga cho’yan-dan tayyorlangan gilzalar qo’yiladi. Keyingi paytda gilzalar qo’yilmasdan to’g’ridan stilindr blokning o’zida alyuminiy qotitshmasini elektrolitik usulda kremniy bilan boyitish keng qo’llanilmoqda. Alyuminiy aralashma-sidan tayyorlangan bloklar asosan yengil benzinli dvigatellarda ishlatil-moqda. Dizel dvigatellarida esa kuchlanish katta bo’lganligi uchun hamon cho’yandan ishlangan blrklar qo’llanilmoqda.
Blok kallagi deyarli alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi.
Porshen. Zamonaviy porshenlarning yubkasi kalta qilib ishlanmoqda Bu usulda tayyorlangan porshenlar yengil bo’ladi. Ular alyuminiy qotishma-sidan tayyorlanadi.
Shatun. Shatun tirsakli valni porshen bilan bog’lab turadi va gaz-larning bosimini tirsakli valga uzatib beradi. Hozirgi paytda shatundagi bo’lgan yangilik shundan iboratki, uning pastki kallagini ikki bo’lsh uchun uni qirqar edilar. Hozir esa qirqmasdan sindirilmoqda. Bu usulda tayyor-langan shatunning pastki kallagi bir biriga juda yuqori aniqlikda birla-shadi.
Tirsakli val. Shatun orqali porshendan kelayotgan kuchni o’ziga qabul qiladi va burovchi momentni hosil qiladi.
Tirsakli vallar yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan cho’yandan va po’lat-dan tayyorlanadi. Uning konstrukstiyasida o’zgarish kelajakda deyarli kutila-yotgani yo’q.
Maxovik. Maxovik dvigatelni bir tekisda aylanishini ta’minlab beradi. U ishchi takt paytida o’ziga quvvatni yig’ib oladi va shu quvvat hiso-biga KShMni chekka nuqtalardan chiqaradi. U cho’yandan ishlangan disksimon detaldir.
Hozirgi paytda tirsakli valdagi burovchi tebranishlarni yo’qotish uchun ikki massali maxoviklar keng qo’llanilmoqda.
Gaz taqsimlash mexanizmi. GRM stilindrlarga o’z vaqtida va kerakli miqdorda yonuvchi aralashmani (benzinli dvigatellarda) va havoni (dizellar-da) etkazib berish va ishlatilgan gazlarni tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
GTM ning detallari: 1. Taqsimlash vali; 2. Koromыslo; 3. Klapan; 4. Shtanga; 5. Turtkich; 6. Klapan prujinasi; 7. Gidrokompensator.
Yaqingacha avtomobil dvigatellarida asosan ikki klapanli GTM qo’lla-nilar edi. 1970 yildan boshlab dvigatellarda 3, 4 va 5 klapanli GTM qo’l-lanilmoqda. Hozirda eng keng tarqalgani 4 klapanli GTM dir.
GTM ning yuritmasi ham klapanlar soniga qarab tanlanadi. 4 klapan-li GTM da 2 ta taqsimlash vali mavjud. (11a-rasm DOHC). Bundan tashqari klapanlarning issiqlik tirqishining gidrokompensator yordamida avtoma-tik ravishda rostlanishi ham keng qo’llanilmoqda (11b-rasm).
11-rasm. 4 klapanli (a) va 3 klapanli (b) gaz taқsimlash mexanizmlari.
Nazorat savollari
-
KShM detallarida qanday rivojlanish tendenstiyasi mavjud.
-
GTM detallarida qanday yangiliklar qo’llanilmoqda.
Adabiyotlar
1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.
3. Avtomobilnыy spravochnik. «Bosch» - ZAO KJI Za rulem. – 2002.
12-rasm. Klapan yuritmalarining turlari: a - taқsimlash vali pastda joylashganda shtanga yordamidagi yuritma; b – richagsimon turtkili klapan yuritmasi; v – bitta kulachokka ikkita koromisloli yuritma; g – taқsimlash validan to’ғridan to’ғri kla panga turtki orқal
12-rasm. Klapan yuritmalarining turlari: a - taқsimlash vali pastda joylashganda shtanga yordamidagi yuritma; b – richagsimon turtkili klapan yuritmasi; v – bitta kulachokka ikkita koromisloli yuritma; g – taқsimlash validan to’ғridan to’ғri kla panga turtki orқal
12-rasm. Klapan yuritmalarining turlari: a – taқsimlash vali pastda joylash-gandagi shtanga yordamidagi yuritma; b – richag turtkili klapan yuritmasi; v – ik-ki koromisloga bitta kulachakli yuritma; g – taқsimlash validan to’ғridan to’ғri turtkich orқali yuritma.
13-rasm. ZMZ-4063 dvigatelining GTM: 1 – porshen; 2 – stilindrlar bloki kalla-gining zichlagichi; 3 – kiritish klapani; 4 – kiritish қuvuri; 5 – stilindrlar bloki kallagi; 6 – kiritish klapanlarining taқsimlash vali; 7 – gidroturtkichlar; 8 – chi қarish klapanlarining taқsimlash vali; 9 – stilindlar bloki kallagining қopқoғi; 10 – moy satҳini o’lchagichi; 11 – chiқarish қuvuri; 12- chiқarish klapani.
12 –rasmda klapanlarning turli yuritmalari keltirilgan.
13 – rasmda esa ZMZ-4063 dvigatelining gaz taqsimlash mexanizmi kel tirilgan.
Havoning tarkibi 3 – jadvalda keltirilgan.
3-jadval
№
|
Moddalar nomi
|
Miqdori, %
|
1
|
Azot
|
79
|
2
|
Kislorod
|
20
|
3
|
Inert gazlar
|
1
|
Ishlatilgan gazlarning tarkibi
№
|
Moddalar nomi
|
Miqdori, %
|
1
|
Azot
|
71
|
2
|
Kislorod
|
9
|
3
|
Voda
|
1
|
4
|
Uglerod ikki oksidi
|
18
|
5
|
Zaharli moddalar
|
1
|
Zaharli moddalar tarkibi
№
|
Moddalar nomi
|
Miqdori, %
|
1.
|
Uglerod oksidi
|
86
|
2
|
Uglevodorodlar
|
5
|
3
|
Azot oksidi
|
8
|
4
|
Qattiq zarrachalar
|
1
|
Evropa stardartlari
Zaharlilik chegarasi
|
Benzinli dvigatellar uchun
|
Dizel dvigatellari
uchun
|
CO
|
CH
|
NOx
|
CO
|
NOx
|
SN NOx
|
Saja
|
Evro III 2000 yildan
|
-
|
2,3
|
0,2
|
0.15
|
0,64
|
0,5- 0,56
|
0,05
|
Evro IV 2005 yildan
|
-
|
1,0
|
0.1
|
0,08
|
0,50
|
0,25-0,3
|
0,025
|
|