Elektrodvigatellar va yonilg’i elementli




Download 1.59 Mb.
bet14/35
Sana24.03.2017
Hajmi1.59 Mb.
#1558
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Elektrodvigatellar va yonilg’i elementli

dvigatellar

2000 yilda Yaponiyada sinxron elektrodvigatelli avtomobil ishlab chi-qarildi. Zamonaviy texnologiyalar solishtirma quvvati yuqori bo’lgan elek-trodvigatellar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Masalan Angliyaning ZYTEC kompaniyasi yaratgan elektrodvigatel 13 kG og’irlikka ega bo’lgan holda 60 N. m burovchi momentga ega.

Elektrodvigatelli avtomobillarning asosiy yutug’i – bu tashqi muhit-ni tfloslantirmasligidir. Kamchilmgi esa elektrodvigatellarning quvvati 200 km yo’l yurishga etadi xolos.

Yonilg’ili elementlar asosida ishlaydigan dvigatellar – bu elektro-kimyoviy moslamaga ega bo’lib, bu moslamada vodorod bilan kislorod kimyo-viy jarayon tufayli eglektr energiyasiga aylantiriladi. Tarixda bu usul birinchi bo’lib 1839 yili ixtiro qilingan. Bunday dvigatellarning foy-dali ish koeffistienti juda yuqori, chunki ularda harakatlanuvchi qismlar yo’q. Atmosferaga chiqarib tashlanadigan narsa bu- oddiy suv bug’laridir.

Har qanday dvigatel ma’lum qiymatdagi quvvatga va burovchi momntga ega. Ko’pchilik avtomobil tanlashda faqat uni dvigatelining quvvatigagina e’tibor berishadi, burovchi momentiga emas, vaholanki avtomobilning yo’l-lardagi holati ko’p jihatdan burovchi momentga bog’liq.

Burovchi momentning zamonaviy o’lchov birligi sifatida bu N. m dir.

Dvigatelda hosil bo’ladigan burovchi moment stilindr ichidagi ishchi bosim-ga, stilind diametriga, tirsakli val krivoshipining radiusiga va bir qator omillarga bog’liq. Tirsakli valning aylanishlar sonini o’zgarishi bilan gazlarning porshenga bo’lgan bosimi ham o’zgaradi, shuning uchun burovchi mo-mentning qiymati ham o’zgaradi. Tirsakli valning ma’lum bir aylanishlar sonidagi burovchi momentni uning burchak tezligiga ko’paytmasi dvigatel-ning shu burchak tezlikdagi quvvatini beradi. XVIII asrdan boshlab quvvat ot kuchida o’lchanar edi. Quvvatning hozirgi zamonaviy halqaro o’lchov birligi esa kilovatt (kVt) dir. Shunga qaramay ko’pgina adabiyotlarda hamon quvvat-ning qiymati ot kuchida berilmoqda. Ot kuchidan kilovattga o’tish uchun uni ot kuchida berilgan qiymatni 1.34 ga bo’lish kerak.

Ko’pgina haydovchilarni qiziqtiruvchi avtomobilning tezlanishi ay-nan dvigatelning burovchi momentiga bog’liq. Dvigatelning quvvati avtomo-bilning asosan maksimal tezligini ta’minlaydi.

Ko’pgina haydovchilarni qiziqtiruvchi avtomobilning tezlanishi ay-nan dvigatelning burovchi momentiga bog’liq. Dvigatelning quvvati avtomo-bilning asosan maksimal tezligini ta’minlaydi.

10-rasmda dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi ko’rsatilgan. Dvigatel-larning amaldagi tezlik tavsifi maxsus tajriba stendlarida olinadi.

Dvigatel quvvati va burovchi momentini tirsakli valning burchak tez-ligiga bog’liqlik grafigi dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi deyiladi.

10-rasm. IYoD ning tezlik tavsifi.

Ne – effektiv қuvvat; Me – effektiv burovchi moment; Mmaxmaksimal burovchi moment; Nmax – maksimal қuvvat; MN – maksimal қuvvat ga mos keluvchi burovchi moment;  - tirsakli valning burchak tezligi.


Nazorat savollari



  1. Ichki yonuv dvigateli degnda nimani tushunasiz.

  2. Tashqi yonuv dvigateli deganda nimani tushunasiz.

  3. Rotor-porshenli dvigatelning ishlash prinstipini ayting.

4. Rotor-porshenli dvigatellarning qanday turlari mavjud.

5. Elektrodvigatelli avtomobillar haqida nima bilasiz.

6. Elementli yonilg’ili dvigatellar qanday ishlaydi.

7. Dvigatelning tashqi-tezlik tavsifi deganda nimani tushunasiz.


Adabiyotlar

1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.

2. Fayzullaev E.Z., Muxitdinov A.A., Shomaxmudov Sh.Sh. va boshqa-lar. Transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi. 1-qism. Toshkent.- Zarqalam.- 2005.- 432 b.



Download 1.59 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Download 1.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektrodvigatellar va yonilg’i elementli

Download 1.59 Mb.