Gazotrubinali dvigatellar




Download 1.59 Mb.
bet13/35
Sana24.03.2017
Hajmi1.59 Mb.
#1558
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Gazotrubinali dvigatellar

Gazotrubinali dvigatellarning porshenli dvigatellardan asosiy far-qi shundaki ularda ish stikli davriy ravishda emas balki uzluksiz davom etadi. Bunday dvigatellarda yonilg’i yonish kamerasiga to’xtovsiz sepib beri-ladi va kameradagi havo bilan birlashib yonadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlar shiddat bilan kuch trubinasining va kompressor trubinasining par-raklariga uriladi. Kuch trubinasi avtomobilning transmissiyasiga ulangan bo’ladi va avtomobil harakatga keladi. Kompressor trubinasi parraklari ha

voni dvigatelning yonish kamerasiga haydaydi. Trubinadan chiqayotgan issiq gazlar issiqlik almashtirish kamerasiga kiradi va u erda kompressor so’rib kirgizgan havoni isitib beradi va keyin tashqariga chiqib ketadi.

Gazotrubinali dvigatellarning afzalliklari:

1. Kichik hajmiga nisbatan katta quvvatga ega;

2. Ilgarilanma-qaytma harakatlanuvchi detallarning yo’qligi uchun bir tekis ishlaydi;

3. Sovuqda ham oson ishga tushirish mumkin;

4. Gazlarning zararliligi kam;

5. Har xil yonilg’ida ishlay oladi.

Kamchiliklari:

1. Yonilg’ini ko’p sarf qiladi;

2. Shovqini kuchli;

3. Ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi.

4. Avtomobilni tez tezlantira olmaydi.



9-rasm. Rotor-porshenli dvigatel.

1-kiritish klapanlarini ochishni bosh-қarish bloki; 2- har bir sekstiyaga 3 tadan kiritish қuvurlari mavjud; 3 – maxsus forsunka ishқalanuvchi yuzalarga moyni ҳaydaydi. 4 – yonuvchi aralashma yonish kamerasiga yondagi teshiklar orқali kiradi; 5 – chiқarish kanali; 6 – chiқarish teshigi; 7 – rotor; 8 – stator; 9 – asosiy va yordamchi svechalar.




Download 1.59 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Download 1.59 Mb.