Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/96
Sana10.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#115114
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta`mirlash (1)

2 .15-rasm.
G en erator c h o ‘tkalariga 
prujina bosim kuchini tarozida 
tekshirish.
2.16-rasm.
C ho‘tka 
prujinalarini dinam om etrda 
tekshirish.


Rotorning ifloslangan kontakt halqa- 
lari benzinda artiladi. Oksidlangan ishchi 
yuzalari jilvir qog‘ozlar bilan tozalanadi 
(2.17-rasm ).
Yeyilgan halqalar texnik shartlarda kel- 
tirilgan o 'lc h a m la rd a n kam ayib k etm a- 
g u n ch a yupqa q irilad i, keyin silliqlanadi 
(2.18-rasm ).
Generatorning uyg'otish chulg‘amida 
uzilish. Bunday nosozlik ko‘pincha chul- 
g ‘am uchlarining kontakt halqalariga pay- 
vandlangan joylarda sodir b o ‘ladi. Uy- 
g‘otish chulg‘ami uzilganda, stator chul- 
g‘am ida faqat rotor po'lati qoldiq magni- 
tizm iga asoslangan 5 V .dan ko‘p b o ‘l- 
magan e.yu.k. induksiyalanadi. Bunday 
nosozlik tufayli akkum ulator batareyasi 
zaryadlanmaydi.
Uyg‘otish chulg‘am ini uzilishga tek- 
shirish rotorni kontakt halqalariga ulan- 
gan nazorat lam pasi orqali o ‘tkaziladi 
(2 .19-rasm). Agar chulg‘am uzilgan bo‘lsa, 
lam pa yonmaydi. Bunday nuqson yum - 
shoq kavsharlar bilan kislotasiz payvand- 
lash bilan b arta raf etiladi. U zilish g ‘al- 
tak ichida b o ‘lsa, u alm ashtiriladi yoki 
qayta o ‘raladi.
Uyg‘otish chulg‘am ini rotor korpusiga 
tutashuvi. Bunday tutashuv chulg‘am izo- 
latsiyasi yemirilganda sodir b o ‘ladi. Kor­
pus bilan tutashganda chulg‘am dan tok 
o ‘tmaydi, uning uchlari rotor kontakt hal­
qalariga chiqazilgan joylarda sodir b o ‘- 
ladi. Chulg‘am ni korpusga tutashuvi ge­
n erato r uyg'otish zanjirida to k kuchini 
oshirishiga olib keladi.
U yg‘otish chulg‘am ini ro to r korpu­
siga tutashuvini 220 V.li nazorat lampasi 
bilan aniqlanadi (2.20-rasm ). Bitta sim 
h a r qanday kontakt halqasi, ikkinchisi
2.17-rasm.
G enerato r 
ro tori halqasini 
silliqlash.
2 .18-rasm.
G eneratorni 
yeyilgan, qayta ishlov 
berilgan halqalari.
2 .19-rasm.
Uyg‘otish 
c h u lg ‘am ini uzilishga 
tekshirish.


2.20-rasm.
U y g ‘otish 
chulg‘am ini korpus 
bilan qisqa tutashuvga 
tekshirish.
2.21-rasm.
O m m e tr 
bilan uyg‘otish 
chulg‘am i qarshiligini 
o ‘lchash.
2.22-rasm.
A m p erm e tr 
va voltm etr yordam ida 
uyg‘otish c h u lg 'a m i 
qarshiligini 
aniqlash.
o ‘zak yoki ro to r vali bilan tutashtiriladi. 
C h u lg ‘am k o rp u sg a tu ta s h g a n b o ‘lsa, 
lam pa yonadi.
Uyg'otish chulg‘amida o'ramlararo qisqa 
tutashuv. Bunday tutashuv qizib ketish va 
shikastlanish o q ibatida chulg‘am sim lari 
izolatsiyasini yem irilishidan sodir b o ‘ladi. 
Natijada uyg‘otish chulg‘amida zanjirdagi 
qarshilik kam ayadi, u esa uyg‘otish toki 
qo‘llanishiga olib keladi, binobarin chul- 
g‘am harakati ortadi va simlarni izolatsiya- 
sining yemirilishi yana ham ko‘payadi va 
g‘altakni ko‘p sonli o ‘ramlarini o ‘zaro tu- 
tashuviga olib keladi.
Uyg‘otish chulg‘ami g‘altagidagi o 'ra m ­
lararo tutashuvni om m etr yordam ida uy­
g'otish g ‘altagining qarshiligini o ‘lchash 
bilan (2.21-rasm ) yoki am perm etr va volt- 
m etrni chulg‘am lardan akkum ulator or- 
qali tok o ‘tayotgan paytdagi ko‘rsatkich- 
lariga qarab (2.22-rasm ) aniqlanadi.
A m perm etr va voltm etr ko‘rsatkich- 
lariga ko‘ra, kuchlanishni tok kuchiga b o ‘- 
lish bilan o ‘lchanadigan qarshilik to p i- 
ladi. A gar g ‘altak qarshiligi m e ’yordan 
kam b o ‘lsa, uni alm ashtiriladi yoki qayta 
o ‘raladi.
K o‘p h ollarda am aliyotda uyg‘otish 
chulg‘ami g ‘altagida o'ram lararo tutashuv 
borligini tekshirish uchun uni ketm a-ket 
am perm etr orqali akkum ulator batareya- 
siga ulanadi (2.23-rasm ) va chulg‘am zan- 
jiridagi tok kuchi ham da shu tipdagi ol- 
dindan uyg‘otish chulg‘am ida nosozlik 
bo‘lmagan generator rotori chulg‘amidagi 
tok kuchi o ‘lchanadi. 0 ‘ram lararo tu ta ­
shuv b o ‘lmasa, har ikki o ‘lchov natijalari 
bir xil m iqdorda b o ‘lishi kerak.

Download 3,92 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish