4 .2 . 0 ‘t oldirish tizimiga texnik xizm at ko‘rsatish
Kontaktli o ‘t oldirish tizimi.
0 ‘t oldirish tizimini samarali ishla-
tishning o ‘ziga xos to m o ni shundan iboratki, ishchi kuchlanish-
ning qiymati 20000 V.gacha ko‘tarilganda ham ikkilamchi zanjir-
ning barcha qismlari ish qobiliyati saqlashini ta ’minlashdan ibo-
ratdir. Bu talabni bajarishdagi asosiy qiyinchilik — o ‘t oldirish
tizimiga taalluqli asboblarning o ‘lchami kichikligi va bu ularning
izolatsiya xususiyatlari katta zaxirali qilib yasash imkoniyatini
bermasligidir. 0 ‘t oldirish tizimining buzilishi ko‘p hollarda ik
kilamchi zanjirdagi izolatsiyaning shikastlanishidan yuzaga ke-
ladi. Odatda, bu shikastlanishlar yuqori kuchlanishni izolatsiyani
teshib massaga o ‘tib ketishi yoki yuza b o ‘ylab razryadlanish ko‘-
rinishida b o ‘ladi. Yuqori kuchlanishni massaga o ‘tib ketish hollari,
odatda, izolatsiyani eskirganligi yoki ichki nuqsoni mavjudligi
sababli sodir b o ‘ladi. Yuza bo ‘ylab razryadlanish hodisasi, asosan,
izolatorni ifloslanishi yoki namlanishi sababli yuzaga keladi.
Yuza ustidan razryadlanish hodisasini ko‘p marta qaytarilishi,
p la stm assad an ta y y o rla n g a n izolator yuzasida k o ‘m irlangan
yoMakclia hosil boMishiga olib keladi. Natijada, yuqori k u ch lan ish -
ning bir qismi ushbu yo‘lakcha orqali massaga o ‘tib keta boshlaydi
va o ‘t oldirish tizimining samarali ishlash darajasi keskin pasayadi.
Demak, o ‘t oldirish tizimini ishonchli ishlashini ta ’minlash u c h u n
yuqori kuchlanishiga taalluqli barcha asboblar, o ‘tkazgichlar va
izolatorlarning tozaligiga, namlanmaganligiga katta e ’tibor b erísh
zarur. Avtomobil har 10000 km yurganda (1-TQ), u z g ic h -ta q -
simlagich qopqog‘ining ustki va ichki qismlarini, rotor va o ‘t o l
dirish g'altagining qopqog‘ini b en zin d a nam langan latta b ila n
yaxshilab tozalash zarur.
Agar avtomobil ortiqcha chang va nam lik sharoitlarda ishlatilsa,
bu ishni har kun amalga oshirish tavsiya qilinadi. Texnik q a ro v
vaqtida izolatsiya qismlarda mexanik shikastlik yoki ko‘m irlan gan
yo'lakchalar aniqlansa, bu detalni almashtirish zarur. A gar o ‘t
oldirish g‘altagining ustiga moy yoki izolatsiyalovchi eritma o q ib
chiqqan b o ‘lsa ham uni almashtirish kerak. 0 ‘t oldirish tizim ig a
texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida o ‘tkazgichlar ulangan k o n -
taktlarni mahkamlash, o ‘t oldirish tizimiga taalluqli barcha a s b o b -
larni yaxshi qotirilganligini nazorat qilish zarur.
Uzgich-taqsimlagichni moylash avtomobilning ikkinchi te x n ik
qarovida (2-T Q ) amalga oshiriladi. Uzgich-taqsimlagich p o d -
shipnigini moylash uchun taqsimlagich q o big‘idagi q o p q o q ch ali
moydon q o pqog‘ini bir marta aylantiriladi. Taqsimlagich q o p -
qog‘i va rotorni yechib, kulachokning ishchi yuzasini m oylovchi
piltaga bir-ikki tomchi toza motor moyi tomiziladi. Xuddi s h u n c h a
moy uzgich pishangining o ‘qiga va 4 —5 tomchi moy k u la ch o k
vtulkasiga ham tomiziladi.
Uzgich-taqsimlagichni moylash vaqtida uzgich kontaktlarini
moylanib qolishidan ehtiyot boMish kerak. Moylash ja ra y o n id a
yuqorida keltirilgan me’yorlarni buzilishi kontaktlarni m o y lan ib
qolishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida k o ‘rsatilgandek, u z g ich -
taqsimlagichni moylash uchun toza m o to r moyi ishlatiladi. Bu
maqsadlarda dvigatelning karteridan m oy oMchagich y o rd a m id a
olingan moyni ishlatish mumkin emas.
Uzgich-taqsimlagichni moylash bilan bir vaqtda uning ichki
qismidagi detallar nazoratdan o ‘tkaziladi. Yuqori kuchlanish r o -
torning kontakt plastinasidan taqsimlagich qopqog‘ining ic h ig a
joylashtirilgan yon elektrodlarga u c h q u n k o ‘rinishida u zatilg an d a,
bu detallarni kuyish hollari kuzatiladi, natijada rotor plastinasi
va yon elektrodlar orasidagi tirqish m e ’yoridan oshib ketadi, y u q o ri
kuchlanish b o ‘y ic h a zax ira koeffitsienti ( K ^)esa kamayadi. Shu-
ning uchun, rotorning kontakt plastinasi va yon elektrodlar se-
zilarli darajada kuygan b o ‘lsa, rotor yoki taqsimlagich qopqog‘i
almashtiriladi.
Bundan tashqari, yuqori kuchlanishni rotorning kontakt plas-
tinasiga uzatadigan k o ‘m ir kontaktni o ‘z y o ‘naltiruvchi b o ‘ylab
bem alol h arakatlanishi tekshiriladi. M arkazdan qochm a va va-
ku u m rostlagich m exan izm larini qadalish, qotib qolish hollari
b o ‘lmasligi n a z o ra t qilinadi. Buning uch u n uzgich kulachogini
q o ‘l bilan oxirigacha buraladi va q o ‘yib yuboriladi. Bunda kula-
c h o k qadalm asd an , t o ‘xtam asdan o ‘zining dastlabki holiga qay-
tishi kerak. V ak uu m rostlagich ham aynan shu usulda tekshiri
ladi, faqat b u n d a u zg ich n in g yuqori plastinasi buraladi va q o ‘yib
yuboriladi.
Bu ishlarni bajarish vaqtida uzgich kontaktlari benzinda nam-
langan zamsha yoki latta bilan yaxshilab tozalanadi. Kontaktlarni
qurishi uchun 1—2 m in u t vaqt beriladi va shundan keyingina taq
simlagich qo p q o g ‘i o ‘z joyiga q o ‘yiladi. Kontaktlarning ishchi
yuzasini diqqat bilan, iloji b o ‘lsa lupa yordamida tekshirish lozim.
Bu yuza qisqa m u d d a t ishlagandan so‘ng yaltiroqligini yo‘qotib,
ozgina g'adir-b u d ur boMadi va kulrang tus oladi. Bu kontaktlarni
tabiiy ravishda bir-biriga moslashish holatidir. Bunday yuzaga ega
boMgan kontaktlar yangilariga nisbatan bir-biri bilan yaxshiroq
tutashadi. Agar kon tak tlar yaxshi tutashmasa, ular orasida kuchli
uch q u n hosil b o i s a kontaktlar havorang tus oladi. Kontaktlar
moylangan holda ishlatilsa, ular qorayib ketadi.
Kontaktli o ‘t oldirish tizimida, kontaktlar orasida uchqun
paydo b o iish i sababli, m uqarrar ravishda eroziya, ya’ni metallni
bitta yuzadan ikkinchi yuzaga ko‘chish hodisasi r o ‘y beradi. N a-
tijada, bitta kontakt yuzasida b o ‘rtiq, ikkinchisida esa chuqurcha
hosil b o ia d i. B o‘rtiqning balandligi 0,5 m m .d an kam b o ‘lsa,
kontaktlarning ish qobiliyati buzihnaydi va uni tozalash shart
emas. Ikkinchi k o n tak tn i tozalaganda chuqurchani butunlay yo‘-
qotib yuborish kerak emas, faqat usti sal siiliqlansa, yetarli b o ‘-
ladi. Kontaktlar m a y d a shisha donali (№ 150) jilvir qog‘oz bilan
tozalanadi. K o n ta k tla rn i tozalash uchun q u m q o g ‘oz ishlatish
m um kin emas. K o n tak tlar tozalangandan keyin ularning ishchi
yuzalari bir-biriga parallel b o iish i kerak. Kontaktlarni bir-biri
bilan yaxshi tutashishini t a ’minlash, ularning ishonchli va uzoq
muddat davomida ishlashining garovidir.
Agar kontaktlar sezilarli darajada kuygan yoki yeyilgan bo‘lsa,
uzgich kontaktchasi va q o ‘zg‘almas kontakt ustunchasi almash-
tiriladi. Kontaktlar tozalangandan keyin ulardagi volfram va ab-
raziv zarrachalarini yo‘qotish maqsadida siqilgan havo bilan to-
zalanadi va benzin bilan yuviladi. Shundan keyin kontaktlar ora-
sidagi tirqish yoki kontaktlarni tutashib turish burchagi rostla-
nadi va o ‘t oldirishning ilgarilatish burchagi o ‘rnatiladi.
Kontakt-tranzistorli o ‘t oldirish tizimlarida kontaktlardan o ‘ta-
yotgan tokning qiymati katta bo‘lmaganligi u ch u n ularda eroziya
hodisasi deyarli sodir bo‘lmaydi. Kontaktlarni uzoq muddat davo-
mida tozalamasa ham bo‘ladi. Lekin ba’zi ekspluatatsion rejimlarda,
masalan, avtomobil nisbatan uzoq vaqt davomida turib qolgan bo‘lsa
yoki havoning namligi m e’yordan ortiq bo‘lgan hollarda kontaktlar
yuzasida tok o ‘tkazmaydigan volfram oksidlaridan tashkil topgan
yupqa parda hosil bo‘lishi mumkin. Kontaktlardan o ‘tadigan kuch-
lanishning qiymati kichik b o ‘lganligi uchun bu pardani teshib o ‘ta
olmaydi va o ‘t oldirish tizimi ishlamaydi. Kontakt-tranzistorli o ‘t
oldirish tizimini ish qobiliyatini tiklash uchun kontaktlar ustidan
2—3 marta shishali jilvir qog‘ozni yurg‘izib yuborish yetarli boMadi.
Kontaktlar ifloslanganda ham oksidli parda hosil boMishi mumkin.
Kontaktlarning tutashib turish burchagi (uzgich kulachogi-
ning kontaktlarni tutashish holatidan uzilish holatigacha bura-
lish burchagi) ikkilamchi maksimal k u c h la n is h qiym atigacha
bevosita ta ’sir ko‘rsatadi. Bu burchak qanchalik katta bo‘lsa, o ‘t
oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o ‘tayotgan tok ham
kontaktlarni uzilishi daqiqasigacha shunchalik kattaroq qiymatga
erishadi, demak, ikkilamchi maksimal kuchlanish ham shuncha
lik yuqori qiymatga ega b o ia d i.
Kontaktlar orasidagi tirqish ularni tutashib turish burchagiga
quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi. Tirqish qanchalik katta b o ‘lsa, kontakt
larni tutashib turish burchagi shunchalik kichik boMadi va aksincha
tirqish kamayishi bilan kontaktlarni tutashib turish burchagi ortadi.
Kontaktlar orasidagi tirqishni belgilangan m e ’yordan katta bo‘lishi
o ‘t oldirish tizimining ishida uzilishlarga olib kelishi mumkin. Ay-
niqsa, bu avtomobilni tezlashish va dvigatelni ishga tushirish rejim-
larida namoyon boMadi. Tirqish m e’yordan kichik b o ‘lganda esa bir
lamchi zanjirdagi tok zarur qiymatga erisha olm aydi va maksimal
ikkilamchi kuchlanish ham pasayib ketadi. B undan tashqari k on
taktlar orasida yuzaga keladigan uchqunli yoyni so ‘ndirish sharoitlari
yomonlashadi va natijada kontaktlardagi eroziya hodisasi kuchayadi.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra,
uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni
yoki ularni tutashib turish burchagini o ‘z
vaqtida tekshirish va rostlab turish o ‘t ol-
dirish tizimini ish qobiliyatini saqlash
ham da ishonchli ishlashini t a ’minlash-
ning muhim shartidir. Uzgich kontaktlari
orasidagi tirqish ikki omil t a ’sirida o ‘z-
garadi. Birinchisi, kontaktlarni yeyilishi
bo‘lsa, ikkinchisi, uzgich pishangi turt-
kichining yeyilishi. Uzgich kontaktlari
orasidagi tirqishni tekshirish va zarurat
b o ‘yicha rostlash ishlarini yangi avtomo-
bil 1000 km yurganda, keyingilarini esa
har 40000 km yurganda amalga oshirish
tavsiya qilinadi.
K ontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish uchun maxsus dastak
yordamida dvigatelning tirsakli valini aylantirib uzgich kulachogi
shunday holatg a keltiriladiki, u nda kontaktlar orasidagi tirqish
maksimal qiym atga ega bo‘ladi. Shundan keyin tirqishni shchup
bilan tekshiriladi. Bunda shchup kontaktlar orasiga tiralib kirishi
lekin pishangchani qochirmasligi zarur. Tirqishni rostlash uchun
(4 .1-rasm) uzgich plastinasiga q o ‘zg‘almas kontaktli ustunchani
m ahkamlovchi vint (l)n i b o ‘shatish va rostlash ekssentrigi (2)ni
aylantirib kontaktlar orasidagi tegishli tirqishni o ‘rnatish lozim.
Rostlash tugagandan keyin vint qayta tortiladi va tirqish shchup
bilan yana b ir b o r tekshiriladi.
K ontaktlar orasidagi tirqishni tekshirish bilan birga uzgich pi-
shangchasini o ‘z o ‘qida bemalol, qadalmasdan aylanishiga ishonch
hosil qilish kerak. Buning uchun pishangchani barmoqlar bilan
tortish va keyin q o ‘yib yuborish kerak. Prujina ta ’sirida pishangcha
darhol o ‘zining dastlabki holatiga qaytishi kerak. Agar pishang
chani qadalish yoki to ‘xtab qolish hollari kuzatilsa, pishangcha
o ‘qidan yechiladi, o ‘q mayda donali shisha jilvir qog‘oz bilan sil-
liqlanadi, bir-ikki tomchi (undan ortiq emas) toza motor moyi
bilan moylanadi va pishangcha yana o ‘rniga qo‘yiladi. Pishangchani
yaxshi aylanmasligining ikkinchi sababi — prujinaning tortish ku-
chini susayganligi. Prujinani tortish kuchini dinamometr yorda
mida tekshiriladi (4.2-rasm). 0 ‘lchash vaqtida kuch kontaktlarning
o ‘qi b o ‘ylab y o ‘naltirilgan b o ‘lib, u pishangchaning kontakt
|