Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/96
Sana10.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#115114
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta`mirlash (1)

i
/R
r
bu yerda, t/, — birlamchi zanjirdagi kuchlanish, R l — birlamchi 
zanjir qarshiligi.
Birlamchi chu lg 'a m d ag i to k o ‘zining m a k s im a l b a r q a r o r
qiymatiga erishish uchun b irm u n c h a vaqt kerak b o lib, uning 
davomiyligi chulg‘amning qarshiligi va induktivligiga bog‘liqdir. 
Dvigatel tirsakli valining faqat past aylanishlar chastotasida uz­
gich kontaktlarining tutashib turish vaqti birlamchi tokning m ak ­
simal barqaror qiymatiga erishishi uchun yetarli boMadi. Tirsakli 
valning aylanishlar ch a s to ta s i q an ch alik k a tta boMsa, uzgich


kontaktlarining tutashib turish vaqti shunchalik kam boMadi, de- 
mak, uzilish toki /„ va maksimal ikkilamchi kuchlanish 
larni 
qiymati h a m shunchalik kichik b o ‘ladi. 
2max
A vtom obil dvigatelining tirsakli valini aylanishlar chastotasidan 
boshqa k o ‘rsatkichlari (drossel t o ‘siqchasining ochilish darajasi, 
burovchi m o m en t, quvvati va hokazo) ikkilamchi kuchlanish qiy- 
matiga t a ’sir k o ‘rsatmaydi. Ikkilamchi kuchlanishning maksi­
mal qiy m atiga o ‘t oldirish sh a m izolatorida hosil b o ia d ig a n qu- 
rum va yuqori kuchlanish zanjirining massaga nisbatan b o ‘lgan 
elektr sig imi katta t a ’sir k o ‘rsatadi. Izolatordagi qurum orqali 
yuqori kuchlanishning bir qismi massaga o ‘tib ketadi. Yuqori kuch­
lanish zanjirining sig‘imi ham m e ’yordan ortiq b o ‘lsa, ikkilamchi 
kuchlanishning maksimal qiymati pasayadi.
Agar o t oldirish shami dvigatelning issiqlik tavsifnomasini hi- 
sobga olib, t o ‘g ‘ri tanlangan b o ‘lsa, izolatorda hosil b o ‘ladigan 
q u ru m n in g qarshiligi 3 M O m .d an kam bo4lmaydi. Ekranlanma- 
gan y u q o r i kuch lan ish za n jirin in g massaga nisbatan sig‘imi, 
odatda, 75 p F .dan ortmaydi.
^ M a k s im a l ikkilamchi k u ch la n is h d a n farqli o ‘laroq teshib 
o ‘tish kuchlanishi aylanishlar chastotasidan tashqari dvigatelning 
yana bir q a to r ko‘rsatkichlariga b og‘liq bo‘ladi. Teshib o ‘tish kuch- 
lanishiga sh am elektrodlari orasidagi uchqunli tirqishning kat- 
taligi, elektrodlarning shakli, gazlarning harorati va bosimi katta 
t a ’sir k o ‘rsatadi. Uchqunli tirqish qanchalik katta b o ‘lsa, teshib 
o ‘tish kuchlanishi ham shunchalik yuqori boMadi. Yangi sham 
elek tro d larin in g o tkir qirralari teshib o ‘tish kuchlanishini pa- 
saytiradi. Lekin ishlatish jarayonida sham elektrodlarining o ‘tkir 
qirralari silliqlashadi, uchqunli tirqish kattalashadi va teshib o ‘tish 
kuchlanish qiymati ortadi. Silindrdagi gazlarning bosimi ortishi 
teshib o ‘tish kuchlanishini oshirsa, harorat ko‘tarilishi bilan ak- 
sincha, teshib o tish kuchlanishi kamayadi. Drossel t o ‘siqchasi- 
ning ochilishi darajasi qanchalik katta bo‘lsa, silindrlarning ishchi 
aralashm a bilan to ‘lish darajasi ham shunchalik ortadi. Bu esa si- 
qish taktidagi bosimni ko‘tarilishiga va, demak, teshib o ‘tish kuch­
lanishini h a m ortishiga olib keladi. Drossel to ‘siqchasi t o ‘la ochil- 
ganda, teshib o ‘tish kuchlanishi eng katta qiymatga erishadi.
Teshib o ‘tish kuchlanish qiymatiga tirsakli valning aylanishlar 
chastotasi t a ’sirini ko‘rib chiqaylik. Drossel to ‘siqchasi t o ‘la ochiq 
holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi 
m a ’lum belgilangan chegaradan ortganda, silindrlarning t o ‘lish
84


darajasi kamaya boshlaydi va silindrlardagi bosim pasayadi. B u n d an
tashqari, aylanishlar chastotasi ortishi bilan markazdan q o c h m a
rostlagich o ‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshira boshlaydi 
va silindrlardagi o ‘t oldirish jarayoni ishchi aralashmaning bosim i 
past boMganda sodir b o ‘ladi. Va nihoyat, aylanishlar chastotasining 
ortishi, siqish kamerasidagi haroratni ko'tarilishiga olib keladi. 
Yuqorida keltirilgan barcha omillar aylanishlar chastotasi ortishi 
bilan teshib o ‘tish kuchlanishining qiymati pasayishini ko ‘rsatadi.
Maksimal ikkilamchi kuchlanishni dvigatel tirsakli v alin in g
aylanishlar chastotasiga bogMiqligi kontaktli o ‘t oldirish tizim in in g
ishchi tavsifnomasi, deb yuritiladi. A m m o , ishchi tavsifnoma o ‘t 
oldirish tizimining ish qobiliyatini t o i a baholash im k o n iy atin i 
bermaydi. Dvigatelning turli ishlash sharoitlarida o ‘t oldirish tizi- 
miga q o ‘yiladigan talablarni ishchi tavsifnomaga mos kelishining 
tahlili, yuqori kuchlanish b o ‘yicha zaxira koefTitsientini drosse 1 
to ‘siqchasi to ‘la ochiq holda ishlayotgan dvigatel tirsakli valining 
aylanishlar chastotasiga bog‘liqligini k o ‘rsatadi. Zaxira kocffit- 
sientining minimal qiymati o ‘t oldirish tizimining eng og‘ir eks- 
pluatatsion rejimiga to ‘g‘ri keladi. Bu rejim dvigatel nisbatan past 
aylanishlar chastota va drossel t o ‘siqchasi t o ‘la ochiq holda ish la- 
ganda yuzaga keladi.
0 ‘t oldirish tizimining dvigatelni ishga tushirish jarayonidagi 
ekspluatatsion rejimlari alohida e ’tiborga loyiq. Dvigatelni ishga 
tushirishda startyor katta tok iste’mol qiladi va natijada a k k u -
m ulatorlar batareyasining kuchlanishi keskin pasayadi. Is h g a
tushirishning og‘ir sharoitlarida 12 V.li akkumulatorning k u c h ­
lanishi 7—8 V.gacha pasayishi m um kin. Bundan tashqari, tirsakli 
valning past aylanishlar chastotasida uzgich kontaktlarining u z i-
lish tezligi kichik b o ia d i va bu ular orasida uchqunli yoy hosil 
boMishiga olib keladi. Kontaktlar orasida yoy hosil b o ‘lishi e le k - 
tromagnit energiyani isrof b o ‘lishiga va o ‘t oldirish g 'altagining 
birlamchi ch u ig‘amidan o ‘tayotgan to kn i uzilish tezligini k a -
maytiradi. Buning hammasi maksimal ikkilamchi kuchlanish q iy - 
matini pasaytiradi. Buning ustiga yonish kamerasidagi h a ro ratn in g
pastligi sham elektrodlari orasini teshib o ‘tish kuchlanishini o s h i-
rib yuboradi.
A mmo ishga tushirish rejimida o ‘t oldirish tizimining ishlashiga 
ijobiy ta ’sir etuvchi omillar ham mavjud. Staityor dvigatel tirsakli 
valini kichik aylanishlar chastotasi bilan aylantirganda, u z g ic h
kontaktlarining tutashib turish vaqti, birlamchi tokni o ‘z i n in g


maksimal barqaror qiymatiga erishishi uchun yetarli b o ‘ladi. Buri­
dan tashqari dvigatelni ishga tushirish vaqtida silindrlarni to ‘lish 
darajasi past b o ‘ladi, y a’ni silindrlardagi bosim kam bo‘ladi.
Ishga tushirish jarayonida o ‘t oldirish tizimini ishlashini yax- 
shilash maqsadida o ‘t oldirish g ‘altagining birlamchi chulg‘amiga 
ketma-ket q o ‘shim cha qarshilik ulanadi. Bu qarshilikda kuchla- 
nishni pasayishi o ‘t oldirish tizimining m e ’yorida ishlashiga ta ’sir 
k o ‘rsatmaydi, chunki bu omil o ‘t oldirish g‘altagining ko‘rsatkich- 
larida (o‘ramlar soni, ularning nisbati va h.k.) hisobga olinadi. 
Startyor ulanganda q o ‘shimcha qarshilik startyorning tortish re- 
lesidagi maxsus kontaktlar yordamida qisqa tutashtiriladi va o ‘t 
oldirish g‘altagiga akkumulatorning to‘la kuchlanishi uzatiladi. Shu 
y o ‘l bilan, startyor ulanganda akkumulator batareyasidagi kuch- 
lanishning pasayishi qoplanadi.
Shunday qilib, o ‘t oldirish tizimining eng og‘ir ishlash sharoit- 
lari avtomobilning quyidagi ekspluatatsion rejimlariga to ‘g‘ri ke- 
ladi. T o ‘g‘ri uzatm ada va drossel to ‘siqchasi t o ‘la ochilgan holda 
avtomobilning tezligini oshirish yoki balandlikka ko'tarilish; dvi- 
gatel tirsakli valining nisbatan past aylanishlar chastotasi; dviga­
telni ishga tushirish.

Download 3,92 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish