Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/96
Sana10.12.2023
Hajmi3,92 Mb.
#115114
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta`mirlash (1)

0 ‘t oldirish shamlari.
H ar birinchi texnik qarovda o ‘t oldirish 
shami izolatorining tashqi tom oni benzinda namlangan latta bilan 
moy va kirdan tozalanadi. H ar ikkinchi texnik qarovda shamlar 
dvigateldan yechib olinadi va diqqat bilan tekshiriladi.
Agar sh am n in g izolatorida darz ketishi yoki boshqa mexanik 
shikastlar borligi aniqlansa, uni almashtirish zarur. Izolatorning 
yubkachasiga, ya’ni yondirish kamerasida ishlaydigan qismining 
rangi va u yerdagi qurumning k o ‘rinishiga katta e ’tibor berish zarur. 
Izolator yubkachasining holatiga qarab, o ‘t oldirish shamini ish- 
lash sharoitiga baho berish u c h u n shamlarni yechishdan oldin 
dvigatel y u klam a ostida ishlagan b o ‘lishi shart. Chunki dvigatel salt 
ishlaganda izolator yubkachasidagi qurumning ko‘rinishi o ‘zga- 
radi va bu n o to ‘g ‘ri xulosa chiqarilishiga olib kelishi mumkin.


0 ‘t oldirish shami me’yorida ishlaganda va u tavsifnomasi b o ‘- 
yicha dvigatelning issiqlik rejimiga mos b o ‘lganda, izolatorning 
yubkachasidagi qurum qizg‘ish-jigarrang tusga ega b o ‘ladi. Bu 
qurumda tok o ‘tkazadigan zarrachalar kam bo‘ladi va katta elektr 
qarshilikka ega b o ‘lib, shamni m e ’yorida ishlashiga xalaqit b er- 
niaydi. Agar dvigatel etillangan benzinda ishlagan b o ‘lsa, izo- 
lator yubkachasida oq kukunsimon qatlam hosil b o la d i.
Agar izolator yubkachasi qattiq qora qatlam k o ‘rinishidagi 
qurum bilan qoplangan bo‘lsa, bu shamning noto‘g ‘ri ishlayotgani 
alomatidir. Bu qurum, odatda, izolator yubkachasini harorati o ‘z- 
o ‘zini tozalash haroratidan past b o ‘lganda hosil b o ‘ladi. Q o ra q u ­
rum tarkibida ko‘p miqdorda uglerod zarrachalari b o ‘lib, u n in g 
elektr qarshiligi kichik b o ‘ladi va u orqali yuqori k u c h lan ish n i 
massaga o ‘tish yo‘lakchalari yuzaga keladi. Qora qurum ni p ay d o
bo‘lishining boshqa sabablari h a m mavjud. C h u n o n c h i, dvigatel 
uzoq vaqt davomida salt yoki tii'sakli valning past aylanishlar c h as- 
totasi bilan ishlaganda ham izolato rn in g yubkachasida q o ra q u ­
rum hosil b o ‘lishi mumkin. Q ora qu ru m paydo b o ‘lishiga ishchi 
aralashmani o ‘ta boyitilganligi ham sabab b o ‘ladi. Ba’zan o ‘t o l­
dirish tizimining nosozligi tufayli yonilgan aralashmasini t o ‘la y o n - 
masligi natijasida izolatorda qora q u ru m hosil b o ‘ladi.
Porshen halqalarini yeyilishi, karterdagi moy sathining m e ’yor- 
dan balandligi va boshqa sabablarga ko‘ra, yonish kamerasiga o rtiq - 
cha moy o ‘tishi natijasida izolator yubkachasida qora qu ru m hosil 
bo ‘ladi, lekin bu qurum oldingi hollardagiga nisbatan a n c h a n am
bo'iadi. Qurumning rangi oq, och kulrang yoki och sariq b o ‘lsa, 
bu shamning qizib ketayotganligi alomatidir. Ba’zi hollarda izo­
lator yubkachasida pufaksimon parda ham hosil bo ‘ladi. S h a m n in g
qizib ketishi, uning issiqlik tavsifnomasini dvigatelga m os en ias- 
ligidan, shamni yaxshi mahkamlanmaganligidan, zichlashtiruvchi 
qistirmaning nosozligidan yuzaga kelishi mumkin. Zichlashtiruvchi 
qistirmalar orqali o ‘tayotgan gaz sham ni qizdirib, qistirma tagidagi 
issiqlik o ‘tkazish sharoitlarini yomonlashtiradi. Bundan tashqari 
shamlarning qizib ketishiga dvigatel sovitish tizimidagi nosozliklar 
va o ‘t oldirishni ilgarilatish burchagi kichikligi (kech o ‘t oldirish) 
ham sabab boMishi mumkin. O datda, shamlarni qizib ketishi u n in g
elektrodlarini jadal ravishda yemirilishiga sabab bo ‘ladi.
Dvigateldan yechilgan shamlarning elektrodlari orasidagi tir- 
qishni tekshirish va zarurat b o ‘yicha rostlash zarur. Rostlashni fa- 
qat yon elektrodni bukish yo‘li bilan amalga oshiriladi. M arkaziy


elektrodni bukish izolatorni darz 
ketishiga olib keladi. Tirqishni 
rostlash uchun tegishli diametrli 
yumaloq kalibrdan foydalanish 
kerak. Kalibr b o ‘lmaganda, dia- 
metri zarur uchqunli tirqish kat- 
taligiga to ‘g‘ri keladigan bir b o ‘- 
lak simdan ham foydalansa b o ‘- 
ladi. Sham elektrodlari orasidagi 
tirqishni yassi shchup bilan tek- 
shirib b o ‘lmaydi. Chunki sham- 
ning yon elektrodi bir tekis yeyil- 
maydi va tirqishni tekshirish u c h u n yassi sh c h u p ishlatish katta 
x a to g a olib kelishi m u m k in (4.3-rasm). K on tak tlarn in g ishchi 
y u z a s id a ch u q u rc h a va d o ‘nglik yuzaga kelishi sababli yassi 
s h c h u p bilan o ‘lc h a n g a n tirqish A haqiqiy tirqish В dan ki- 
chik b o ‘ladi.
Uchqunli tirqishni rostlashdan avval markaziy elektrod uchini 
kichik egov yordamida yassi shaklga keltirish tavsiya qilinadi. Izo- 
lator yubkachasidagi q u ru m n i Э-203 yoki 541-2M belgili qum 
sochuvchi qurilmalarda tozalanadi. Qurumni o ‘tkir p o ‘lat asbob- 
lar yordamida olib tashlashga urinish izolatorning yuzasi tirna- 
lishiga va yuqori kuchlanishni massaga o ‘tib ketish yoMakchalari 
hosil b o ‘lishiga olib keladi. 0 ‘t oldirish shamlarini ochiq olovda 
(masalan, yonayotgan gazda) qizdirish yo‘li bilan qurumni yo‘- 
qotish usuli juda zararli hisoblanadi. Chunki bunda sham zichli- 
gini y o ‘qotadi va ishdan chiqadi.
Shamlarni yechish va qayta qotirish uchun avtomobilning as- 
boblar jamlamasidagi maxsus sham klyuchidan foydalanish ke­
rak. Bu maqsadda oddiy gayka klyuchi yoki yassi omburni ishlatish 
sham korpusidagi qirralarni yeyilishiga, izolatorni sinishiga olib 
keladi. Shamlarning ishlash niuddati ko‘p jihatdan ularning dvi- 
gatelda ishlash sharoitiga bogMiq. Past aylanishlar chastotali, siqish 
darajasi kichik b o ‘lgan dvigatellarga o‘rnatilgan shamlar jadallash- 
tirilgan, siqish darajasi yuqori boMgan dvigatellarga o ‘rnatilgan 
shamlarga nisbatan uzoqroq ishlaydi. Ba’zi avtomobil zavodlar 
barcha o ‘t oldirish shamlar jamlamasini ularning holati va ish qo- 
biliyatidan qat’iy nazar, avtomobil ma’lum belgilangan masofani 
bosib o ‘tgandan keyin almashtirishni tavsiya qiladi. Masalan, ВАЗ 
30000 km.dan, « 0 ‘z D A E W 0 0 a v t0 » esa 20000 km.dan keyin.

Download 3,92 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish