|
Avtomobil shinalarining ekspluatatsiya davrida yedirilishi vaBog'liq avtomobil-shinalarining-ekspluatatsiya-davrida-yedirilishi-va-g-ildiraklarining-tebranishlari-tahlili4-rasm. Shinaning qirqimi:
V-shinaning eni; N-profilning balandligi;
D-shinaning tashqi diametri;
d-to‘g‘inining diametri.
a) b)
5-rasm. Diagonal (a) va radial (b) shinalar
konstruksiyasi:
1-bort; 2-bort simi; 3-karkas; 4-breker; 5-yon
tomon; 6-protektor
.
Oddiy profilli shinalarda (3-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan
kattadir. Uning ko‘ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib
ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo‘llarda yurishga mo‘ljallangan hamma
avtomobillarga o‘rnatiladi. O‘z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi. 326 Diagonal
shinalar (4a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo‘ylab joylashgan. Uning
qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir. Radial (R) shinalarda(4b-rasm)
kord iplari 2 radius bo‘ylab joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N/V –
0,7-0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi. Radial shinalar diagonal turiga nisbatan
kattaroq yuk ko‘tara olish qobiliyati, katta radial elastikligi, g‘ildirashga qarshiligining kamligi,
nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin
radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga elastikligining yuqoriligi, notekis yo‘ldan
yurilganda shovqin chiqarishi kabi kamchiliklarga ega. Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi
xuddi R turidagiga o‘xshash bo‘lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi. RS
turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga ko‘p vaqtga chidaydi (150000
km gacha), lekin massasi kattaligi va halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga
ega. Transport vositalarida sovuqqa chidamli shinalar ham ishlatilib, ular minus 45°S dan ham
past haroratda ish qobiliyatini yo‘qotmaydi, yetarlicha mustahkam va elastik bo‘ladi. Shuning
uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar
zarur. Yo‘l notekisliklaridan, ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layotgan tebranishlarni
so‘ndirish ham kerak[12].
Yengil avtomobilda yaqinlashuvning 1
dan ortiq yoki kam bo‘lishi yonilg‘i sarfini 1,5%
ga oshiradi. Og‘ish burchagining me’yoridan juda katta farq qilishi protektorning yedirilishiga
salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Shinaning protektorida bir tomonlamali silliq yedirilish yuzasi hosil
bo‘ladi. Avtomobil konstruksiyasiga ko‘ra og‘ish burchagi shkvorenning ko‘ndalang og‘ish
burchagi bilan «qattiq» bog‘liq. Ularni sozlash yoki ekspluatatsiya qilish jarayonida birgalikda
o‘zgaradi. Ko‘pgina hollarda bir tomondagi shinaning bir tomonlama keskin yedirilishi
shkvorenlarning bo‘ylama og‘ish burchaklari bir xilda emasligi tufayli sodir bo‘ladi. Bu holatda
avtomobil tekis yo‘lda harakatlanganda u bir tomonga tortib ketadi. Burilish burchaklarining bir-
biriga nisbatan farqi oldingi g‘ildiraklar shinasini yedirilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat avtomobil
ko‘proq burilishlar ko‘p bo‘lgan shahar va tog‘ sharoitilarida harakatlanganda sodir bo‘ladi.
АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11)
134
|
| |