-rasm. Avtomobilning old prujina




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.05.2024
Hajmi0,75 Mb.
#248148
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
avtomobil-shinalarining-ekspluatatsiya-davrida-yedirilishi-va-g-ildiraklarining-tebranishlari-tahlili

6-rasm. Avtomobilning old prujina
richagli osmasi
7-rasm.Osmaning elastiklik tavsifi.
Burilish burchaklarining noto‘g‘ri o‘rnatilganligining alomati ikki shinadan birining 
tashqi protektorini ko‘proq yedirilishidir[13,14,15]. Shinalardagi betartib dog‘lar, 
pokrishkalarning tez va oqlanmagan eskirishi, prujinalar va yuqori tayanchlarning xolati va 
shikastlanishi muammoga olib keladi. Osma elementlariga kelsak, ko‘z ziyrakligiga ishonish 
yaramaydi, tajribali mutaxassislarga murojaat qilgan ma’qul. Afsuski, eskirgan 
amortizatorlarning ham holati yaxshi ko‘rinishi mumkin. Mana shu holat amortizator ishchi 
holatda degan xayolga borib, adashishga sabab bo‘ladi. Aslida esa, ichki elementlarda 
muammolar bo‘lishi mumkin va bu holatda, ko‘zdan kechirishning o‘zi bilan kifoyalanib 
bo‘lmaydi. Ekspluatatsiya jarayonida ko‘priklarning bir-biriga nisbatan parallel joylashishi 
buziladi va biri ikkinchisiga nisbatan suriladi. Ko‘pgina hollarda surilish orqa ko‘prikda sodir 
bo‘ladi. Bunda avtomobil harakat yo‘nalishiga nisbatan burchak ostida joylashadi.Orqa ko‘prik 
shinalaridan birining protektorini tashqi, ikkinchisining ichki qismlarida changsimon yedirilish 
sodir bo‘ladi. Har qanday turdagi notekis yedirilishning o‘z vaqtida oldi olinmasa, bir qancha 
fursatdan so‘ng protektor to‘liq yuza bo‘yicha to‘lqinsimon yedirilib ketadi. Shinaning 
yedirilishiga avtomobil texnik holatining boshqa omillari: yengil avtomobil mayatnigi 
richagining o‘q bo‘yicha lyufti (oldingi o‘ng tomondagi shinaning yedirilishi ko‘proq bo‘ladi), 
shkvorendagi (sharli tayanchlardagi), gupchak podshipniklardagi lyuftlar, tormoz barabanlari 
ishchi yuzasining tuxumsimon bo‘lib qolishi va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Bunday nosozliklarni 
yuqorida ko‘rib chiqilganlarga nisbatan, juda kam ta’sir ko‘rsatadi va ularni oson aniqlab olish 
mumkin. Shinadagi bosimni tezda aniqlashning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri, shinani yon 
qismini yoki protektorini ezish vaqtida qarshilik ko‘rsatish kuchi bo‘yicha hisoblashdir. Bu 
usulning kamchiligi, aniqlangan qiymatning shina qattiqligiga bog‘liqligidadir, bu usul 
yuqoridagisiga qaraganda, ATK sharoitida shinadagi havo bosimining me’yoriy qiymatdan 
farqini kamayishini ta’minlaydi, ya’ni farq 

0,05, shu jumladan, yengil avtomobil uchun 

0,025, yuk avtomobili uchun 

0,050–0,075 MPa bo‘lib, bunda shinalarning o‘rtacha ishlash 
muddatini 1,5% kamayishi mumkin. Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik 
yo‘nalishda tebratadi. Tebranishning me’yoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va 
yo‘lovchiga salbiy ta’sir etadi. Demak, kuzov tebranishini me’yorlash muammosi paydo bo‘ladi. 
Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so‘ndirgich amortizatordir. 

Download 0,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish