|
-расм. Shina bosimini eyilishga ta’siriBog'liq avtomobil-shinalarining-ekspluatatsiya-davrida-yedirilishi-va-g-ildiraklarining-tebranishlari-tahlili2-расм. Shina bosimini eyilishga ta’siri.
Shinadagi asosiy yuklanishni 60-70% ini havo qabul qiladi. Shinadagi havo bosimining
pasayishi karkas yuklanishini ko‘paytiradi. Shinaning ezilishi ko‘payadi, karkasda charchash
kuchlanishi ko‘payadi, iplar uziladi (asosan metal kordda), radial shinalarda bortlar uziladi va
yonilg‘i sarfi ko‘payadi (15% gacha)[6].
Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat
qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab
qo'yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o'rnini almashtirishdan
iborat. Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan
foydalaniladi. Siqilgan havo qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchan kompressorli moslamalardan
olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo'lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 MPa
ga teng bo'ladi[7].
Shinaga to‘g‘ri kelgan yuklamaga qarab, uning bosimi har xil bo‘ladi(1-jadval).
1-jadval
Shina rusumi
Salonda 3 kishi bo‘lganda,
shina bosimi, MPa
Salonda 5 kishi bo‘lganda,
shina bosimi, MPa
155SR13
0,18
0,16
0,19
0,24
175\70R13
0,18
0,16
0,19
0,24
185\60R14N
0,21
0,19
0,22
0,24
Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha[8]:
- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o't-kazish va 1-TXK
paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,
- Shinalarni qarovdan o'tkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga
tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,
- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan mu-vozanatlash.
Shinalarni ko'proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig'ish ishlariga alohida e'tibor berish kerak.
Shinalarni yig'ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g'ildirak detallari tekshiriladi (bort va
qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to'g'rilash va tozalash
uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi[9]. Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va
yig'ish uchun maxsus SH-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari
juda ko'p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bo'lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor,
siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan bo'ladi.Yuk avtomobili va avtobuslarni
g'ildiraklarini ajratish va yig'ishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi. Yengil avtomobil
shinalarini ajratib va yig'ilgandan so'ng ularni muvozanatlash zarurdir(1-maruza).
АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11)
132
|
| |