• Tahlil va natijalar.
  • Avtomobil shinalarining ekspluatatsiya davrida yedirilishi va




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #248148
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    avtomobil-shinalarining-ekspluatatsiya-davrida-yedirilishi-va-g-ildiraklarining-tebranishlari-tahlili

    a) 
    b) 
    3-rasm. G‘ildirak konstruksiyasi: a)-kamerasiz shina uchun
     1-protektor; 2-havo 
    o‘tkazmaydigan rezina qatlami; 3-karkas; 4-g‘ildirak ventilii; 5-obod. b)- kamerali shina uchun; 
    1-obod; 2-kamera; 3-shina; 4-g‘ildirak ventili. 
    Havo bosimining me’yoridan oshiq bo‘lishi protektor o‘rta qismining yedirilishiga sabab 
    bo‘ladi. Kord iplari yuqori kuchlanishda bo‘ladi. Yomon yo‘l sharoitida shinani jarohatlanish 
    ehtimoli oshadi. Avtomobil shinalarning statik va dinamik nomuvozanatliklari ham xarakatga 
    o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Statik nomuvozanatlik – bu g‘ildirak massasini aylanish o‘qiga nisbatan 
    bir tekisda taqsimlanmaganligidir. Agar bunday g‘ildirak aylantirilsa, har doim og‘ir qismi past 
    tomonga kelib to‘xtaydi. Harakatlanish davrida statik nomuvozanat g‘ildirakni vertikal tekislikda 
    tebratadi, kuzovning tebranishi sodir bo‘ladi, payvand va qotirish birikmalari bo‘shashadi. 
    Dinamik nomuvozanatlik – bu shina massasining, markaziy bo‘ylama g‘ildirash tekisligiga 
    nisbatan bir xilda taqsimlanmaganligidir. Harakatlanish vaqtida g‘ildirakning tebranishi 
    gorizontal tekislik bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bu vaqtda rul boshqarmasi va mexanizmiga, gupchak 
    podshipniklariga o‘zgaruvchan yuqori tebranishli yuklanish ta’sir etadi, hamda ular tez 
    yediriladi. Bunday nomuvozanatlilik alomati rul chambaragining tebranishiga olib keladi. Bu 
    holatlarning 90% ga yaqin hollarda avtomobil g‘ildiragi ikki turdagi nomuvozanatlilikda bo‘ladi. 
    Buning sababi, shina tayyorlashda uning tuzilish elementlarining sifatsiz yig‘ilishi, noto‘g‘ri 
    yig‘ish hamda ekspluatatsiya davrida bir tekis yedirilmaslik bo‘lishi mumkin[10]. 
    Tahlil va natijalar.
    Har qanday nomuvozanat protektorni dog‘-dog‘ bo‘lib yedirilishiga olib keladi. 
    Avtomobil g‘ildiragining diski yonlama qattiq turtki natijasida qiyshayadi. Bunda yuzaga 
    nisbatan tebranish(«vosmerka») paydo bo‘ladi. Ekspluatatsiya jarayonida 15% yengil 
    avtomobillarning disklari 3-6 mm tebranishda bo‘ladi. Avtomobilning orqa ko‘prigidagi bir 
    g‘ildirakning tebranishi ikkinchisiga o‘tadi va u ham ishlash davrini kamaytiradi.Ishlab 
    chiqarilgan zavodning ko‘rsatmasiga binoan yangi diskning tebranishi 1,2 mm dan oshmasligi 
    kerak[11]. Disksiz g‘ildirakli yuk avtomobillari va avtobuslarda yuzaga nisbatan tebranish 
    birikmalarni bir xilda qotirmaslik natijasida sodir bo‘ladi. Protektorning yedirilishga 
    boshqariluvchi g‘ildiraklarning o‘rnatilish burchaklari katta ta’sir ko‘rsatadi. Eng asosiysi, 
    yaqinlashuv burchagi hisoblanadi. Uning me’yoriy kattalikka to‘g‘ri kelmasligi shinani ishlash 
    davrini kamaytiradi. Yaqinlashuv burchagining me’yoridan musbat og‘ishida protektorni tashqi 
    tomonida changsimon yedirilish sodir bo‘ladi. Manfiy og‘ishda esa, protektorning ichki 
    tomonida changsimon yedirilish sodir bo‘ladi. Buning natijasida yonilg‘i sarfi ham oshadi. 


    АВТОМОБИЛ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАШИНАЛАРИ
    МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 2 (11) 
    133 

    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil shinalarining ekspluatatsiya davrida yedirilishi va

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish