|
Yo‘llardagi xarakat vositalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
|
bet | 2/9 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #155108 |
Bog'liq Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlYo‘llardagi xarakat vositalari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish
Avtomobil yo‘llaridan quyidagi harakat vositalari harakatlanadi:
- yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 t gacha bo‘lgan engil yuk avtomobillari, yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 t dan 12,0 t gacha bo‘lgan o‘rtacha yuk avtomobillari, yuk ko‘tarish qobiliyati 12,0 t dan yuqori bo‘lgan og‘ir yuk avtomobillari, avtopoezdlar (amaldagi og‘irlik toifalari bo‘yicha), engil avtomobillar, avtobuslar, tarktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari, mototsikllar va velosipedlar.
Avtomobil yo‘llari xarakat tejamkorligini va avtomobil dinamik sifatlarini to‘liq nomoyon qiluvchi sharoitlarni, haydovchi va yo‘lovchilarni psixofiziologik va estetik talablarini qoniqtirishi lozim. Avtomobil yo‘llari harakatni tashkil etish vositalarini, harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini va yo‘lni jixozlash vositalarini o‘z ichiga oluvchi kompleks xizmat ko‘rsatish inshooti hisoblanadi.
Harakatga hizmat ko‘rsatish tizimi bezash vositalari yo‘lning obodonlashtirishini tashkil etadi ya’ni yo‘ldan foydalanuvchi insonlar va transport vositalarini normal ishlash qobiliyatini sharoitlarini ta’minlovchi majmuaviy inshootlar va jixozlar.
Xizmat ko‘rsatish majmualari maqsadi haydovchi va yo‘lovchilarga xayot faoliyati uchun normal sharoitni ta’minlash. Bunda haydovchi mexnati va dam olish, ish yoki sayoxat bilan ketayotgan yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutiladi. Xarakatga xizmat ko‘rsatishga, xizmat ko‘rsatish majmualari joylashuviga haydovchi va yo‘lovchilarning asosiy talabi: sayoxat maqsadiga, uning xarakteri va davomiyligiga, haydovchi mexnat qulayligiga, yo‘lovchi xarakteri va yoshiga, havo-iqlim sharoitlariga bog‘liq. Funksional ahamiyatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatish quyidagi 4 asosiy guruxga bo‘linadi:
- birinchi guruxga haydovchi va yo‘lovchilarni dam olishini, birinchi navbatda ovqatlanish va tunash, hamda qisqa muddatli dam olish ta’minlovchi xizmat turlari kiradi.
- ikkinchi guruxga transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Bular yonilg‘i quyish va moylash materiallari bilan ta’minlash, texnik ko‘rik, ta’mirlash.
- uchinchi guruhga mavjud yo‘nalishdagi xaarkat sharoiti to‘g‘risida axborot berish.
- to‘rtinchi guruh maxsus xizmat turi-avariyaviy xizmat ko‘rsatish bo‘lib YTX oqibatida jaroxatlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rvatish, hamda zararlangan transport vositalarni ta’mirlash kiradi.
|
| |