|
Yo‘l belgilari va ularni o‘rnatishga qo‘yilgan talablar
|
bet | 7/9 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #155108 |
Bog'liq Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlYo‘l belgilari va ularni o‘rnatishga qo‘yilgan talablar
Avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida yo‘l belgilarini o‘rnatish GOST 23457-86, ularning o‘lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak. Avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta’qiqlovchi.
O‘rnatiladigan yo‘l belgilarining umumiy soni yo‘lda iloji boricha kam bo‘lishi kerak. Har bir o‘rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta’qiqlovchi yo‘l belgilari asoslangan bo‘lishi shart va yo‘l sharoiti yomonlashganligi oqibatida ko‘rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. SHuning uchun ogohlantiruvchi va ta’qiqlovchi belgilar ko‘pchilik hollarda vaqtincha o‘rnatilib, ma’lum yo‘l sharoiti yaxshilangandan so‘ng olib tashlanishi kerak. SHuningdek, mavsumga qarab o‘rnatiladigan yo‘l belgilarini ham vaqt o‘tishi bilan tezda olib tashlash kerak.
Yo‘l belgilarini shunday o‘rnatish kerakki, ularni kunning yorug‘ vaqtida ko‘rish masofasi 150 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Haydovchiga u yoki bu uchastkada o‘rnatilgan belgini ko‘rish masofasining qiymati shu uchastkadagi tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo‘lishi kerak. Bu holatda yangi qurilayotgan yo‘llar uchun tezlik hisobiy tezlikdan 70 % olinsa, foydalanayotgan yo‘llarda esa transport vositalarining 85 % tezligidan oshmaydigan tezlik qabul qilinadi.
Ba’zi hollarda o‘rnatiladigan belgi bilan xavfli uchastka orasidagi masofa aniqlanishi kerak bo‘lgan vaqtda u quyidagi sxemaga (81-rasm) va formulaga asosan aniqlanishi mumkin.
Agar =0 bo‘lsa (to‘liq to‘xtash talab qilinsa), uchastkadagi tez yuruvchi avtomobillarning tezligiga qarab « » formulaga asosan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlarda o‘zgaradi.
6-jadval
Tez yuruvchi avtomobillarning o‘rtacha tezligi
|
|
km/soat
|
120
|
100
|
80
|
60
|
40
|
|
m
|
254
|
200
|
147
|
99
|
56
|
|
| |