|
–rasm. Yo‘llarda harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishni sxematik bosqichlariga misollar
|
bet | 5/9 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #155108 |
Bog'liq Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonl23–rasm. Yo‘llarda harakatga xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishni sxematik bosqichlariga misollar:
1 – 4 – xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bosqichlari; X – suv bilan ta’minlangan jamoat xojatxonasi; DOM – dam olish maydonlari; TXP – texnik xizmat punktlari; TXKS - texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari.
orasidagi masofa 1 km dan kam bo‘lmasligi lozim. II – turdagi majmualar shaharlar orasidagi masofa katta bo‘lmagan, axoli zich yashaydigan joylarga yaqin avtomobil magistral yo‘llari uchun tavsiya etiladi. Axoli kam yashaydigan joylar uchun III – turdagi majmualar tavsiya etiladi. Maydonlarni yo‘l uchun ajratilgan mintaqadan tashqarida joylashtirish qishloq xo‘jaligi erlarini unumsiz qismi xisobiga amalga oshiriladi. Yerlarni ajratish QMQ 2.10.09 – 97 «Avtomobil yo‘llari uchun er ajratish me’yorlari» talablariga asoan amalga oshiriladi. Maydon mintaqalari loyihadan hisob kitoblar asosida aniqlanadi. Dam olish joylarini o‘rmonlarda joylashtirishda mavjud daraxtlarni maksimal darajada asrash lozim. daraxtlarni kesish kam va o‘rnatilgan tartibda kelishilgan xolda bo‘lishi lozim.
24–rasm. Avtomobil magistrallarida dam olish maydonlarini rejalashtirish andozalari.
25–rasm. Harakatga xizmat ko‘rsatish majmualari:
O – oshxona; R – avtomobillar to‘xtash joylari.
Qisqa muddatli to‘xtash va dam olish maydonchalarini yo‘lning to‘g‘ri uchastkasida yoki radiusi 1000 m dan kam bo‘lmagan juft egrilarda, birinchi egridan o‘tish vaqtida o‘ng tomondagi transport oqimi bilan uchrashishini ta’minlagan xolda joylashtirish tavsiya etiladi.
Bunday uchastkalarda yo‘lning bo‘ylama qiyaligi 40‰dan oshmasligi, yo‘llardagi ko‘rinish masofasi esa xar bir yo‘nalishda 450 m dan kam bo‘lmasligi shart. Bir xil jihozlangan ikki tomonlama joylashgan maydonchalar transport oqimini kesishmasligi uchun bir-biri bilan simmetrik joylashtirish lozim
Yuk avtomobillari mintaqalari parallel, 30, 45, 600 burchak ostida joylashgan yuk avtomobillari, avtopoezdlar, avtobuslar uchun bir yoki birnecha bo‘limli to‘xtash joylarini o‘z ichiga olishi mumkin.
3- jadval
Harakatga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar turi
|
Mahalliy sharoit guruhi
|
Shu xizmat khrssatishdan foydalanuvchi avtomobillar ulushi
|
Xarakatga xizmat ko‘rsatish korxonasida bo‘lishning o‘rtacha davomiyligi, soat
|
Harakatga xizmat ko‘rsatsh korxonasini yuklanganlik davri, soat
|
eD
|
ea
|
er
|
ƒl
|
ƒa
|
ƒr
|
|
Korxonalar
kafe, oshxona
|
1
|
0,20
|
0,02
|
0,40
|
0,7
|
1,0
|
0,6
|
5
|
Xudi shunday
|
2
|
0,10
|
-
|
0,10
|
0,7
|
1,0
|
0,6
|
6
|
Restoran
|
-
|
0,10
|
0,01
|
0,01
|
1,2
|
2,0
|
1,0
|
6
|
Uzoq muddatli dam olish joylari:
motel
|
|
1
|
0,08
|
-
|
0,03
|
8,0
|
-
|
8,0
|
6
|
»
|
2
|
0,10
|
0,01
|
0,03
|
8,0
|
10,0
|
8,0
|
8
|
»
|
3
|
0,25
|
-
|
0,25
|
8,0
|
-
|
8,0
|
6
|
Yo‘l bo‘yidagi mehmonxona
|
1
|
0,16
|
0,03
|
-
|
12,5
|
10,0
|
-
|
10
|
Xuddi shunday
|
2
|
0,20
|
0,02
|
0,04
|
12,5
|
10,0
|
10,0
|
8
|
»
|
3
|
0,30
|
0,02
|
0,03
|
10,0
|
10,0
|
10,0
|
6
|
Tranzit qatnovlar mintaqasida yo‘l bo‘yidagi doimiy va mavsumiy korxonalar nisbatini 1:1,5; oxirgi mintaqalarda 1:2,5 qilib belgilash tavsiya etiladi. SHahardan tashqaridagi yo‘llarda «ziddiyatli» nuqtalar sonini kamaytirish maqsadida imkoniyatdan kelib chiqqan xolda maydonlarga IV va V toifali yo‘llardan kirish tushish-chiqish joylarida joylashtirish tavsiya etiladi. I-III toifali yo‘llarda qisqa muddatli to‘xtash maydonlari yo‘l poyidan tashqarida, magistrallar va 1a – toifali yo‘llarda esa aloxida yo‘l poyida joylashtirish lozim.
Dam olish maydonlari qoida bo‘yicha yo‘l poyidan tashqarida joylashtiriladi. Hamma maydonlarni yo‘lning asosiy qatnov qismi chetidan chetlatish eng kamida 2,7 m va 150 m dan uzoq bo‘lmagan masofada bo‘lishi lozim. Maydonlarni yo‘ldan minimal masofada joylashtirishda chetlari toshlar bilan o‘ralgan ajratuvchi orolchalar qilish tavsiya etiladi. Bunda qatnov qismi chetidan toshgacha bo‘lgan masofa I va II toifali yo‘llar uchun 0,75 m va III toifali yo‘l uchun esa kamida 0,50 m bo‘lishi lozim.
Axoli yashamaydigan joylarda kutish va qisqa dam olish maydonlari qatnov qismidan yon ko‘rinish masofasi I va II toifali yo‘llar uchun 25 m, IV va V toifali yo‘llar uchun 15 m masofada joylashtirish lozim. IV va V toifali yo‘llarda qisqa dam olish joylari uchun maydonlarni qatnov qismi chetida joylashtirishga ruxsat etiladi.
Maydonlarga kirish va undan chiqishda hamma toifadagi yo‘llarda avtobus bekatlariga o‘xshash o‘tish-tezlanish tasmalari qilish lozim. CHiqish yo‘lini yo‘l bilan qo‘shilgan joyida egrining minimal radiusi I-III toifali yo‘llar uchun 25 m, IV va V toifali yo‘llar uchun esa 15 m qabul qilinadi. Dam olish maydonlaridan chiqish va qatnov qismi cheti orasidagi burchak avtomobil harakat traektoriyasini o‘zgartirish ravonligini ta’minlashi lozim. Eng qulay burchak 25-300 hisoblanadi. Engil avtomobillar uchun maydonlarda chiqishdagi egri radiusini 10 m ga qisqartirish mumkin.
Avtomobil yo‘llarini loyihalash normalari quyidagilarni ko‘zda tutadi: harakat jadalligi 30 ming avt./sut. gacha bo‘lganda 1-turdagi majmualar IV va V toifali yo‘llarda kamida 10 ta avtomobil, II va III toifali yo‘llarda 10-15 ta avtomobil va I toifali yo‘llarda 20-50 ta avtomobilni bir vaqtning o‘zida to‘xtab turishiga hisoblangan bo‘lishi shart. Maydonlar o‘lchami uning sig‘imidan aniqlanadi, ya’ni bir vaqtning o‘zida to‘xtovchi avtomobillar sonidan (mashina-o‘rin). Qisqa muddatli to‘xtashlar uchun maydonning minimal sig‘imi 5 mashina-o‘rin, qisqa muddatli dam olish maydonlari uchun 10 mashina-o‘rinni tashkil etadi.
Qisqa muddatli dam olish maydonchalari uchun eng kam zaruriy bo‘limlar sifatida ko‘zdan kechirish estakadalari, yoritish chiroqlarini sozlash maydonchasi, yo‘l bo‘yida hojatxonalar, ovqat tayyorlash va qizdirish uchun jihozlangan joylar (o‘choqlar), suv manbalari, yog‘indan himoyalovchi qurilmalar (pavilionlar), stollar, o‘rindiqlar, axlat tashlash qutilari, axlat konteynerlari, aloqa vositalari va muhandislik qurilmalari axborotlari (suv o‘tqazish quvurlari, lotkolar), benzin-moy ushlagich (asosan estakadalar oldida), savdo tugunlari va ovqatlanish shahobchalari qurilmalari (maxalliy sharoit va rentabellikdan aniqlanadi) tavsiya etiladi. Yomg‘ir suvlarini qochirish maxalliy sharoit bo‘yicha tik planirovkada xal qilinadi. Kuzatuv estakadalari territoriyasidagi yomg‘ir suvlarini tozzalash uchun benzin moy ushlagichlar qilinadi.
|
| |