|
-rasm. Xavfli uchastkadan oldin qo‘yiladigan yo‘l belgisi
|
bet | 8/9 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #155108 |
Bog'liq Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonl27-rasm. Xavfli uchastkadan oldin qo‘yiladigan yo‘l belgisi
masofasini aniqlash sxemasi
- belgidan xavfli uchastkagacha bo‘lgan masofa (m); - belgigacha avtomobillarning o‘rtacha tezligi (km/soat); - haydovchining « » reaksiya vaqtida masofa o‘tgandan keyingi tezligi (km/soat); - xavfli uchastkagacha sekinlashish masofasi (m); - xavfli uchastka oldidagi tezlik (km/soat).
Yo‘l xo‘jalik xodimlari yo‘l belgilarini muntazam ravishda tozalab turishlari va ko‘rish uchun xalal berayotgan daraxt butalarini kesib turishlari kerak. Ketma-ket joylashtirilgan yo‘l belgilari aholi yashamaydigan yo‘l uchastkalarida 50 m va aholi yashaydigan joylarda esa 25 m dan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi lozim (27-rasm). Bunga chorrahalarda o‘rnatiladigan yo‘l belgilari kirmaydi.
28-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘l belgilarini rejada
joylashtirish
Ko‘ndalang kesimda yo‘l belgilarini joylashtirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Yo‘lning bitta ko‘ndalang kesimida uchtadan ortiq yo‘l belgisini o‘rnatish ruxsat etilmaydi. Bunda qo‘shimcha axborot beruvchi va qaytaruvchi belgilar hisobga olinmaydi. Bunday hollarda belgilarni gorizontal (bu ko‘proq qulay bo‘ladi) yoki vertikal o‘rnatish kerak.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l belgilarini yo‘l yoqasining yoniga (30a- rasm), yo‘l yoqasining ustiga (30b-rasm), qatnov qismining tepasiga (30v-rasm) joylashtirish mumkin. Ajratuvchi polosa xavfsizlik orolchalari bo‘lgan hollarda esa yo‘l belgisini joylashtirish 30g-rasmda ko‘rsatilgan.
Yo‘l belgilari o‘zlarining ishlatilish yo‘l sharoitiga qarab GOST 10807-78 «Dorojnыe znaki» ko‘rsatmasiga asosan to‘rt tur o‘lchamda bo‘lib, quyidagicha tasniflanadi: I-kichik; II-normal; III-katta; IV-juda katta.
29-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo‘l belgilarini ko‘ndalang
kesimda joylashtirish
|
| |