Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash Reja




Download 1,48 Mb.
bet3/9
Sana12.02.2024
Hajmi1,48 Mb.
#155108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonl

18-rasm. Zamonaviy kemping
Haydovchi dam olish talablarini qoniqtiruvchi majmualarni joylashtirish yo‘lovchi talablarini ham qoniqtirishi lozim. Majmualar tarkibi bilan birgalikda, mexmonxona yoki motellardagi joylar soni, bufet va restorandagi o‘rindiqlar soni, avtomobil to‘xtash joyi o‘lchamlari yo‘lovchi soni va talabiga bog‘liq bo‘ladi.
Transport vositalariga hizmat ko‘rsatish inshootlariga avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari (AYOQSH), texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (TXKS), texnik xizmat punktlari (TXP) avtomobillarni ko‘rigi uchun estakadalar kiradi. Yo‘l harakatiga xizmat ko‘rsatishda avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchalari (AYOQSH) bo‘lishi lozim. Ularni o‘tkazish qobiliyati va yo‘l bo‘ylab joylashishi harakat jadalligini inobatga olgan holda texnik-iqtisodiy hisoblar, stansiya quvvati, va boshqa omillar asosida aniqlanadi. Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari (TXKS) iloji boricha AYOQSH va boshqa yo‘l harakatiga xizmat ko‘rsatish xizmat bilan bir majmuada joylashtirish lozim. Tezkor xizmat ko‘rsatish uchun avtomobil yo‘llarida tezkor chaqiruv kolonkalari o‘rantish tavsiya etiladi. Bunday kolonkalar yaqin o‘rtadagi yo‘ldan-foydalanish uchastkalari, tibbiy xizmat va avariya oqibatida zararlangan transport vositalarini olib ketuvchi texnikalar bilan qisqa muddat ichida telefon orqali bog‘lanish imkonini beradi.
Zarar ko‘rgan avtomobillarni 500m gacha bo‘lgan masofaga evakuatsiya qilish uchun maxsus transport vositasi har -xil qurilmalar, zarar ko‘rgan avtomobillarni ko‘tarish va shatakka olish qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash uchun yo‘l bo‘ylab xizmat inshootlarini joylashtirish tavsiya etiladi.
Yul xizmati sharoitlari o‘z ichiga yo‘llarni boshqarish binolari, yo‘ldan-foydalanish xizmati, ishlab chiqarish bazalari, texnologik aloqa qurilmalari, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklarga xizmat ko‘rsatish shahobchalari, xizmatchilar va ishchilar uchun uylarni oladi.
Avtotransport xizmati avtomobil tashishga xizmat qiladi. Bunda yuk avtotstansiyalari qurilmalari. Transport ekspeditsiya korxona uzellari, avtopoezdlar, dispetcher-nazorat punktlari va boshqalar ko‘zda tutiladi.
Xarakatga xizmat ko‘rsatish tizimini loyixalash maqsadi uchun maxalliy sharoit klassifikatsiyasi:
1- axoli zich joylashgan tumanlar; Harakat jadalligi 7000 avt/sut dan kam bo‘lgan, tranzit qatnovlar miqdori sezilarli bo‘lmagan avtomobil yo‘llari;
2-axoli zich joylashgan tumanlar; oqimda tranzit avtomobillar sezilarli miqdorda bo‘lgan, xarakat jadalligi 7000 avt/sut dan yuqori bo‘lgan avtomobil yo‘llari.
3- o‘zlashtirilmagan axoli kam yashovchi tumanlar; oqimda tranzit avtomobillar yuqori bo‘lgan (xarakat jadalligi qat’iy nazar) avtomobil yo‘llari.
4-shaxarlar orasidagi masofa 150 km dan yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik tumanlari; tranzit xarakat mavjud bo‘lgan, xarakat jadalligi 1000 dan 7000 avt/sut gacha bo‘lgan avtomobil yo‘llari.
5- kurort tumanlari; tarixiy va e’tiborga molik joylar, xarakat jadalligidan qat’iy nazar avtomobil yo‘llari;
Xizmat ko‘rsatish majmualari xaydovchi va yo‘lovchilarga dam olish ovqatlanishi va tungi dam olish, xamda transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni yonilg‘i va moylash materiallari bilan ta’minlash korxonalari va inshootlarini o‘z ichiga oladi. Davomiyligiga bog‘liq xolda dam olish joylari qisqa muddatli va davomiy dam olish joylariga bo‘linadi. Agar dam olish davomiyligi 30 min. dan oshmasa, qisqa muddatli dam olish xisoblanadi. Ayrim xollarda esa qisqa muddatli dam olish joylaridan ma’lum bir muddatgacha (1-2 soat) foydalanish mumkin. To‘xtash davomiy bo‘lmagan joylarda avtomobil yo‘llari bo‘ylab dam olish maydonlari va tomosha maydonlari ko‘rinishidagi maxsus joylar bilan jixozlash tavsiya etiladi.
Avtomobil yo‘llarini loyihalashda uch turdagi xizmat ko‘rsatish majmualari tavsiya etiladi:
I – dam olish maydonchalari, trasnport vositalarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun inshootlar;
II – oshxonalar, savdo shahobchalari, AYOQSH, texnik xizmat punktlari;
III – motel, oshxonalar, savdo shahobchalari, AYOQSH, TXKS.
Xizmat ko‘rsatish majmularini loyihalashda ularning bosqichma-bosqich rivojlantirishni ko‘zda tutilishi lozim. Bunda kelib chiqqan xolda xar bir xizmat ko‘rsatish majmularini asosi dam olish maydonchalari hisoblanadi.
Vaqt o‘tishi bilan 15 km gacha masofada joylashgan qo‘shni majmualar orasida dam olish maydonchasi asosida oshxonalar, savdo shahobchalari, kempinglar va boshqalar qurilishi mumkin.


Download 1,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo`llari bo`ylab joylashtiriladigan damo olish maydonlarini loyihalash Reja

Download 1,48 Mb.