|
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari
|
bet | 4/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #257767 |
Bog'liq Avtomobil yo‘llariShaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar doirasida oʻtadi, mazkur koʻchalarning Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritilgan uchastkalari bundan mustasno. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalari davlat mulki boʻlib, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻladi.
Xoʻjalik avtomobil yoʻllari davlat yoki yuridik va jismoniy shaxslarning mulkidir. Texnologik maqsadlarga xizmat qiladigan yoʻllar, shoxobcha, xizmat, patrul va boshqa shunga oʻxshash avtomobil yoʻllari xoʻjalik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi. Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Xoʻjalik avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Agar umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yoʻli shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan boʻlsa, maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Ajratilgan mintaqada muhandislik kommunikatsiyalarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish loyihalari avtomobil yoʻli qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishib olinishi kerak.
Avtomobil yoʻlini qurish yoki rekonstruksiya qilish chogʻida muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish boʻyicha olib boriladigan ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash mazkur yoʻllar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. Avtomobil yoʻllarini ta’mirlash va saqlash avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tashkil etadigan yoki jalb qiladigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarini, osma koʻpriklarni, parom kechuvlarini, tramvay yoʻllarini hamda avtomobil yoʻllaridagi boshqa inshootlarni ta’mirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Noqulay ob-havo-iqlim sharoitlarida, tabiiy ofatlar, yongʻinlar yuz berganda, avtomobil yoʻli koʻtarish qobiliyatini yoʻqotganda va boshqa shunga oʻxshash hollarda, shuningdek ta’mirlash-qurilish ishlari olib borilayotganda yoʻl tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda bildirgan, avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar oʻrnatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari bilan birgalikda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega. Yoʻl tashkilotlari avtomobil yoʻllarining soz holatda boʻlishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz oʻtishini ta’minlashi shart.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
-umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalaridan, shuningdek boshqa shaxslar foydalanishi uchun ochiq boʻlgan xoʻjalik avtomobil yoʻllaridan oʻtish;
-muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish;
-harakatlanishning yoʻl sharoitlari toʻgʻrisida tezkor axborot olish;
-avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar:
-harakat xavfsizligini va avtomobil yoʻllarini saqlashni ta’minlay oladigan holatdagi transport vositalaridan foydalanishlari;
-ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari;
-avtomobil yoʻllarining shikastlanish hollariga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Avtomobil yoʻlining elementlari shikastlanishiga yoʻl qoʻygan avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda koʻrsatilgan elementlarning va ularni tiklash ishlari qiymatining oʻrnini qoplaydi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllaridan, shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlarning va ovullarning koʻchalaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. Xoʻjalik avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi.
Avtomobil yoʻllaridan oʻqiga tushadigan yuk va ogʻirligi belgilangan normalardan ortiq boʻlmagan transport vositalari, oʻziyurar mashinalar hamda mexanizmlarning oʻtishiga ruxsat beriladi.
Oʻqiga tushadigan yuk va oʻlchamlari muayyan avtomobil yoʻli uchun belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarining oʻtishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi. Avtomobil yoʻli elementlari shikastlangan taqdirda, avtomobil yoʻlidan foydalanish uchun ruxsat berilganligi bunday transport vositalari egalarini javobgarlikdan ozod etmaydi. Chet davlatlar transport vositalarining avtomobil yoʻllardan oʻtishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Avtomobil yoʻllaridan ularning asosiy vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan hollarda foydalanish avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishmasdan turib:
-ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, e’lonlar oʻrnatish va joylashtirishga;
-sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari oʻtkazishga;
-ajratilgan mintaqa doirasida koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishga;
-kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, quvurlar, temir yoʻllar hamda boshqa kommunikatsiyalarning avtomobil yoʻllarini kesib oʻtishiga;
-tutashadigan va ajralib chiqadigan yoʻllar qurishga;
-koʻpriklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirishga;
-avtomobil yoʻliga qoʻshilib ketgan shlyuzlar, toʻgʻonlar va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga;
-avtomobil yoʻllari chetlarida hamda yoʻl koʻtarmalari yoki oʻyimlarining qiyaliklarida joylashgan, foydalanilayotgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ajratilgan mintaqadan unda ishlar bajarish uchun avtomobil yoʻli qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, faqat oʻsha yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin. Ajratilgan mintaqaning uchastkalari atrof muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis obyektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar ajratilgan mintaqada ish olib borilayotganda ham, agar bunday ishlar transport vositalari hamda piyodalarning harakat xavfsizligiga tahdid qilsa, avtomobil yoʻllaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlashga haqli.
Ishlar olib borish uchun avtomobil yoʻllaridagi yoki ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda avtomobil yoʻllarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash ishlari olib borish uchun oldindan ruxsatnoma olmagan holda joriy etilishi mumkin, biroq bunda avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari bu haqda xabardor qilinishi shart.
Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
-avtomobil yoʻliga qoʻshiladigan va shoxobcha yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
-ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga koʻmaklashishlari;
-avtomobil yoʻliga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yoʻli oʻqidan 50 metrdan kam boʻlgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
Avtomobil yoʻlidan oʻtish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yoʻlining tegishli uchastkalarida va aylanib oʻtish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Yoʻl boʻyidagi hududda yoʻl harakati ishtirokchilariga harakat davomida yoʻlga xizmat koʻrsatuvchi ob’yektlar (motel, mehmonxona, kemping, texnik xizmat koʻrsatish stansiyasi, avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shaxobchalari, ovqatlanish joylari, savdo, aloqa xizmatlari, tibbiy yordam, mashinani yuvish, reklama vositalari) joylashtirilishi mumkin.
|
| |