Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari




Download 1,36 Mb.
bet3/12
Sana30.05.2024
Hajmi1,36 Mb.
#257767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Avtomobil yo‘llari

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari davlat mulki boʻlib, avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yoʻllari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari oʻrtasida yuklar va yoʻlovchilar tashishni ta’minlaydi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllariga boʻlinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yoʻllari tarmogʻiga kiradigan yoʻllar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma’muriy markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari oʻrtasida transport qatnovini ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yoʻllar bilan, aeroportlar, temir yoʻl stansiyalari, portlar va kema toʻxtash joylari, shuningdek qoʻshni davlatlar bilan bogʻlaydigan yoʻllar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yoʻllar bilan bogʻlaydigan yoʻllar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari jumlasiga kiradi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari maxsus vakolatli organ ixtiyorida boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxati belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini moliyalashtirishga ajratilgan mablagʻlar belgilangan maqsadga ega boʻladi va tegishli avtomobil yoʻllarini ta’mirlash, saqlash hamda rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilmaydi yoki sarflanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Download 1,36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari

Download 1,36 Mb.