Avtomobil yo‘llari




Download 1,36 Mb.
bet7/12
Sana30.05.2024
Hajmi1,36 Mb.
#257767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Avtomobil yo‘llari

Yoʻlning toifasi

Hisobiy tezlik, km/s

Asosiylari

Joyning murakkab qismi uchun

Past-baland

Togʻli

I-a
I-b
II
III
IV
V

150
120
120
100
80
60

120
100
100
80
60
40

80
60
60
50
40
30

Me’yorlar faqat zamonaviy avtomobillarning dinamik sifatlarini hisobga olib qolmasdan, balki mamlakatning moddiy imkoniyatlarini, shuningdek,qurilgan yo’llardan foydalanish tajribalarini hisobga oladi, bu tajribalar oldin qabul qilingan yechimlar qay darajada harakatlanish talablarini qondirishini ko’rsatadi. Me’yorlarga aniqlik kiritishda yo’l sharoitlari vujudga keltirgan yo’l transport xodisalari sababini, jumladan, planda va profilda yo’l elementlarining muvaffaqiyatsiz uyg’unlashtirilishini tadqiq qilish materiallari katta ahamiyatga ega.
Yo’llarni loyihalash uchun me’yoriy xujjatlar ishlab chiqishda eng murakkab va prinsipial masala-hыisobiy tezlikni tanlashdir. Yuqori tezliklarda harakatlanish maxsus tayyorlangan yo’l bo’lishini talab etadi. Yo’ldagi harakatlanish hisobiy tezligi ancha yuqori bo’lsa, yo’l bo’ylab bo’ylama qiyaliklar, shuncha kam bo’lishi, plandagi va profildagi egri chiziqlarning radiuslari esa katta bo’lishi, oplama takomillashgan bo’lishi kerak. Bu hamma vaqt, ayniqsa, murakkab relef sharoitlarida yer qazish ishlari hajmi ortishi bilan bog’liq. Yo’lning toifasi orta borishiga mos ravishda uni qurish qiymati ham ortadi.
Keyingi vaqtlargacha hisobiy tezliklarni me’yorlashda va yo’l o’tkazish variantlarini taqqoslashda birinchi o’ringa qurilish qiymati bilan birga avtomobil transportining yuk tashish ishlari samaradorligini oshirish - tezlikni oshirish qo’yib kelindi. Biroq, tezliklar yo’l transport hodisalari sonining ortishi va yonilg’i sarfining ko’payishi bilan bog’liq. Kimyo sanoati uchun qimmatbaxo xomashyo hisoblangan neftni tejash zaruriyati bo’lgan sharoitlarda ko’p hollarda tejamli tezlik bilan yuk tashish eng maqbul bo’ladi, bunda yonilg’i sarfi eng kam bo’ladi. Shuning uchun keyingi yillarda yuqori toifali yo’llarda hisobiy tezlikni kamaytirish an’anasi kuzatilmoda.
Qator hududlarda qatnov qismining enini belgilashda, ayniqsa yuqori toifali yo’llarda, qishloq xo’jaligidagi maxsus turdagi mashinalarning va transport mashinalarining harakatlanishini hisobga olish zarur. Yil davomida yuk tashish mavsum bo’yicha taqsimlangan hududlarda hisobiy harakat jadalligini aniqlashning turli usullari qo’llanadi. Yo’щl poyi, suv-issiqlik rejimi va yo’l qoplamalari to’g’risidagi ma’lumotlarni aniqlash ularning konstruksiyalarini o’ziga xos tabiiy hududlarga tatbiqan konkretlashtirish imkonini beradi.
Muhandis o’zining amaliy faoliyatida xar qanday me’yorlar va texnik shartlarning talablari ularni tuzish davrida bizning bilimlarimiz darajasini aks ettirishini yaol tasavvur etishlari kerak. Ularni matematika yoki fizikaning o’zgartirib bo’lmaydigan qonunlari, ulardan chetga chiqish doim xatolarga olib keladi deb qarash kerak emas. Mahalliy tabiiy sharoitlarni, harakatlanish qonuniyatlarini, transport vositalarining yangi turlarini, mahalliy materiallarning xossalari va xokazolarni sinchiklab taxlil etib, muhandis zarurat bo’lganida yo’l loyihalarini tasdiqlovchi idoralarga o’zining me’yoriy yechimlardan farq qiladigan asoslangan yechimlarini taklif etishi shart.
O’zbekiston Respublikasi xududini O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ShNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari” me’yoriy hujjati qabul qilingan. Ushbu me’yor va qoidalar O‘zbekiston Respublikasidagi yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini loyihalashda qo‘llaniladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, tegishli ro‘yxatlarga kiritilib indeksi va tartib raqami ko‘rsatilgan avtomobil yo‘llari kiradi.
Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llariga tegishli amaldagi standartlar, me’yorlari va qoidalar 350 tadan ortiq bo’lib, ularga quyidagilar kiradi. (IQN, MQN, ShNQ, O’z DSt, GOST) asoylarini ko’rib chiqamiz .
Avtomobil yoʻllari yoʻlovchilar va yuklarni tashishga arzon, qulay va avtomobillarni yuqori tezlikdagi harakatini ta’minlagan holda, eng qisqa yoʻnalish boʻyicha loyihalanishi kerak. Bu talablarni hisobga oladigan boʻlsak, yoʻl oʻq chizigʻi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlishi kerak. Lekin joyida buning iloji boʻlmay qoladi. Agarda yoʻlni toʻgʻri chiziq boʻylab oʻtkazadigan boʻlsak, quriladigan yoʻl juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yoʻl oʻqini siniq chiziqlar orqali oʻtkazishga toʻgʻri keladi. Eng oddiy holda yoʻlni toʻgʻri chiziqlar va aylana yoylari bilan oʻtkazishda trassa yoʻnalishining xar qaysi oʻzgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak trassa yoʻnalishining davomi bilan uning yangi yoʻnalishi orasida oʻlchanadi. Burilish burchaklari yoʻl boʻylab - trassa yoʻnalishi boʻylab ketma-ket raqamlab chiqiladi (1.2-rasm).
Yoʻl oʻqining joyida geometrik joylashishiga yoʻlning trassasi deyiladi. Yoʻl trassasining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi proeksiyasining grafik koʻrinishiga trassa rejasi deyiladi. Avtomobil yoʻllari yoʻlovchilar va yuklarni tashishga arzon, qulay va avtomobillarni yuqori tezlikdagi harakatini ta’minlagan holda, eng qisqa yoʻnalish boʻyicha loyihalanishi kerak.
Bu talablarni hisobga oladigan boʻlsak, yoʻl oʻq chizigʻi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlishi kerak. Lekin joyida buning iloji boʻlmay qoladi. Agarda yoʻlni toʻgʻri chiziq boʻylab oʻtkazadigan boʻlsak, quriladigan yoʻl juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yoʻl oʻqini siniq chiziqlar orqali oʻtkazishga toʻgʻri keladi.

1.2-rasm. Rejada yoʻl oʻqining joylashuvi

Eng oddiy holda yoʻlni toʻgʻri chiziqlar va aylana yoylari bilan oʻtkazishda trassa yoʻnalishining har qaysi oʻzgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak trassa yoʻnalishining davomi bilan uning yangi yoʻnalishi orasida oʻlchanadi. Burilish burchaklari yoʻl boʻylab - trassa yoʻnalishi boʻylab ketma-ket raqamlab chiqiladi.


1.3-jadval



Burilish uchi holati

Burchak qiymati

Egrining elementlari

PK

+

chap

oʻng

R

T

E

B

D

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

TB

0

00






















BU

22

11.46

34º00′




2000

611.46

1486.82

97.38

36.1

TO

44

00






















Yoʻl oʻqi yoʻnalishi oʻzgargan joylarda avtomobillar uchun qulay harakatni ta’minlash maqsadida egrilar loyihalanadi, ya’ni yoʻl oʻq chizigʻi siniq chiziqdan silliq egri chiziqqa oʻtkaziladi (1.3-rasm).


Yoʻl oʻq chizigʻi piketlarga ajratilib, raqamlar bilan belgilanadi, burilish burchaklarining nomerlari yozib chiqiladi, doirasimon egrilarning boshi va ohiridagi piketlar yozib chiqiladi. Trassa oʻqining har qaysi chizigʻi rumblar, ular ostida (mahrajda) esa oldingi egrining ohiridan navbatdagi egrining boshigacha boʻlgan uzunliklar yoziladi.
Variantlar boʻyicha egrilarning elementlari (T, E, B, D, BU, EB, EO) jadvalga yoziladi (1.3-jadval). Egri chiziqlarning uzunligini aniqlash va ularni joylarda rejalash qulay boʻlishi uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.






Download 1,36 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,36 Mb.