|
Avtomobil yo‘llari
|
bet | 1/12 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #257767 |
Bog'liq Avtomobil yo‘llari
1-MAVZU
AVTOMOBIL YO‘LLARINI TASNIFLANISHI
REJA
“Avtomobil yo‘llari” to‘g‘risidagi Qonun.
Hisobiy tezliklar.
Avtomobil yo‘llarining rejadagi elementlari.
Yo‘l o‘q chizig‘ini o‘tkazish usullari.
Avtomobil yo‘llarining bo‘ylama kesimi va uning elementlari.
ShNQ 2.05.02-07 AY ga ko‘ra me’yoriy ko‘rsatkichlar.
Tayanch so’z va iboralar: hisobiy tezlik, zamonaviy me’yorlar, yo‘llarini tasniflanishi, transport vositalari, ajratilgan mintaqa, xalqaro ahamiyatdagi yoʻllar, davlat ahamiyatdagi yoʻllar, mahalliy ahamiyatdagi yoʻllar. : rejadagi elementlar, yoʻlning trassasi, burilish uchi, burilish burchagi, radius, egrini boshi, uzayish koeffitsiyenti, egrini oxiri, tangens, egri, bissektrissa, domer.
Bugungi kunda Respublikamizda avtomobil yoʻllari tarmogʻini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamdagi ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4545-son qarori, hamda “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5890-sonli farmonini ishlab chiqilganligi fanning dolzarbligini va ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Shu oʻrinda “Avtomobil yoʻllarini loyihalash” fanining oʻrni va ahamiyati katta boʻlib, talabalarda amaliy koʻnikmalarni va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Respublikamiz hududining barcha viloyatlari orqali qoʻshni davlatlarga chiqishni taʼminlab beradigan barqaror avtomobil yoʻllari aloqasi mavjud. Ushbu yo‘llar orqali 20 dan ortiq xalqaro transport marshrutlari va yoʻnalishlari oʻtadi.
Transport tarmoqlari yoʻlovchi va yuklarni tashishda komunikatsiya aloqalarini rivojlantirishning hamda milliy rivojlanishning muhim, ajralmas qismi hisoblanadi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning oʻsishiga sharoit yaratadi. Respublikamizda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini yaxshilash bugungi kundagi iqtisodiyotning dolzarb ustivor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, oʻzbek milliy avtomagistralini modernizatsiya qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan strategik ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, 1 milliard 400 million dollarga yaqin imtiyozli kreditlar ajratilgani bugungi kunda avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, taʼmirlash va saqlash boʻyicha material-texnik va moddiy mablagʻlarni optimallashtirish hamda oqilona taqsimlashni talab etadi.
2020-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 337-sonli qarorida xorijiy yuk avtotransport vositalarining Respublika avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish kilometrini yoki vaqtini hisob - kitob qilish va buning uchun haq undirish boʻyicha texnik hisob - kitoblar ishlab chiqib, bunda xalqaro amaliyotdan kelib chiqib zamonaviy axborot texnologiyalari asosida jihozlash va foydalanish koʻzda tutilgan.
"Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida"gi Hukumat qarori (49-son, 02.02.2022 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyo’ldan avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma'lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan "Shaffof yo‘l" platformasi test tartibida ishga tushiriladi. Qaror bilan mazkur platformada joylashtirilishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar (17 ta) ro‘yxati tasdiqlandi. "Shaffof yo‘l" platformasining alohida sahifasi orqali aholining yo‘llar nosozligi, shuningdek, yo‘llarda va yo‘l bo‘yida xavfsiz harakatlanish uchun yuzaga kelgan favqulodda texnik muammolar (svetoforlar va yo‘l belgilar o‘rnatilmaganligi yoki ularning shikastlanganligi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan hodisalar ortidan hosil bo‘ladigan oqibatlar) haqida foto- va videomurojaatlar – jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi. 2022 yil 1 maygacha avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ob'ektlarining interaktiv onlayn xaritasi-sxemasi ishlab chiqilib, platformaga joylashtiriladi.
2023 yildan boshlab va keyinchalik har yili keyingi yilda qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, ta'mirlanishi nazarda tutilgan barcha toifadagi yo‘l uchastkalarini xaritaga joylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tuman va shaharlarda bildirilgan takliflar bo‘yicha berilgan eng ko‘p ovozlar sonidan kelib chiqib, yuqoridan pastga qarab saralanadi. 2023 yil 1 yanvardan "Shaffof yo‘l" platformasi to‘liq ishga tushiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun 29.06.2007 yil qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va senat tomonidan 24.08.2007 yilda ma’qullangan. Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi Qonun 6 bob, 30 banddan iborat boʻlib, u avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va eskpluatatsiya qilish sohasidagi ishlarni tartibga solishdan iboratdir.
Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil yoʻllari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Haq toʻlanadigan avtomobil yoʻllari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
|
| |