O’zbekiston Respulikasida sertifikatlashtirish faoliyati




Download 1.68 Mb.
bet4/14
Sana29.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#40047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sirojbek (3)
matematik tasavvur mustaqil ish, skorostno silovaya podgotovka, 1670163586(1), amaliy 12 (1), majburiylarga to`g`ri to`rtburchak va kvadrat., Stanoklar kinematikasi va yuritmalari, Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik, Ish joyidagi mikroiqlim va uni ta\'minlash. Ishlab chiqarish joylarida mikroiqlimning normallashtirilgan parametrlari sanoat bino, elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari, Ornatilgan Tizimlar, 2 5255991195124894487, MEXANIKA, ДИЛШОД ЛЛО, 2 курс машинасозлик (2)
1.2.O’zbekiston Respulikasida sertifikatlashtirish faoliyati
O’zstandart agentligi O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo'yicha milliy organi bo'lib, amaldagi qonunchilikka binoan quyidagi faoliyatlarni bajaradi:

  • sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o’tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to’g’risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;

  • sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro e’tirof etish to’g’risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;

  • majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro’yxatini belgilaydi va uni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig’iga kiritadi;

  • sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o’tkazilgan sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;

  • majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to’xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi. Oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining xavfsizligiga, bugungi kunda, butun dunyoda katta ahamiyat berilmoqda. Oziq-ovqat, shu jumladan o‘simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar iste’molga ruxsat beradigan, belgilangan qoida va me’yorlarga javobberishilozim.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qayta ishlash va konservalashtirish – etakchi daromad manbalaridan biri. Bu sohada muvaffaqiyat qozonish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Axir, meva sabzavot, poliz ekinlari diyorimizda to‘lib-toshib yotibdi. Ularni qayta ishlash, konservalash ham zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda. Bunday texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish uchun, albatta, Davlat standarti talablarini yaxshi bilish kerak. Sizda insonlarni sifatli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash istagi kuchli bo‘lsa hamda ushbu sohaning eng yaxshi mutaxassisi bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda, sohaga doir terminlarni; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslarini; qishloq xo‘jalik xomashyolari hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichlarini; ularga qo‘yilgan sanitar-gigienik talablarni; ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini; qishloq xo‘jalik mahsulotlarining iste’mol talablari va sifat xarakteristikalarini; huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Davlat va xalqaro standartlar talablarini; mahsulotdan sinash uchun namuna olish usullarini; o‘lchov va etalonlarning fizik asoslarini; sifatni boshqarish asoslarini; faoliyatga doir dasturiy ta’minotni puxta o‘zlashtirgan bo‘lishingiz shart.
Ha, bir qarashda ancha murakkab vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi, lekin har bir xonadonga sifatli mahsulotlar kirib borishiga hissa qo‘shish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. SHunday ekan, ikkilanishga hojat yo‘q, bo‘lg‘usi sifat menejerlari.



Download 1.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respulikasida sertifikatlashtirish faoliyati

Download 1.68 Mb.