• Sakkizinchi sxema
  • To‘qqizinchi sxema.
  • Avtomobilsozlik




    Download 1.68 Mb.
    bet8/14
    Sana29.01.2023
    Hajmi1.68 Mb.
    #40047
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    Sirojbek (3)
    matematik tasavvur mustaqil ish, skorostno silovaya podgotovka, 1670163586(1), amaliy 12 (1), majburiylarga to`g`ri to`rtburchak va kvadrat., Stanoklar kinematikasi va yuritmalari, Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik, Ish joyidagi mikroiqlim va uni ta\'minlash. Ishlab chiqarish joylarida mikroiqlimning normallashtirilgan parametrlari sanoat bino, elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari, Ornatilgan Tizimlar, 2 5255991195124894487, MEXANIKA, ДИЛШОД ЛЛО, 2 курс машинасозлик (2)
    Yettinchi sxema. Mahsulotning har bir tayyorlangan to‘pidan sinovlarga tanlab olishga asoslangan. Tanlab olish sinovlarining natijalariga ko‘ra to‘pni ortish uchun qaror qabul qilinishi aniqlanadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning hajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan to‘daning katta-kichikligiga maqbul bo‘ladigan sifat darajasiga bog‘liq. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to ‘plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish qo‘llanilishi statistik usulni qo‘llash bilan bog‘liqdir.
    Sakkizinchi sxema. Har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofiqligi sinovlar o‘tkazib aniqlashga asoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi sxemalarga qaraganda ta’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki, muvaffaqiyatli sinovlardan o‘tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. 8-sxema mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iyroq talablar qo‘yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo‘llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaho metallar va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarga ko‘proq qo‘llanadi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaho metallarning belgilangan miqdori, tarkibi va buyumning tozaligini tekshirishdan iborat.
    To‘qqizinchi sxema. Mahsulotlarning deklaratsiyaga muvofiqligi sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaratsiya hujjatlari bilan birgalikdagi sertifikatlashtirish tushuniladi. Buyuk Britaniya instituti tomonidan setrifikatlashtirishning yangi xili yaratilib, bu usul faqat ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning tasdiqlanishi (attestatsiylanishi)ga asoslangan. Hozirgi paytda adabiyotlar va ma’lumotnomalarda har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi 5-sxemadir. Bu sxema to‘liq bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda. Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etadi, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etadi, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va me’yoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkillashtiradi. Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shoxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shu kabilarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradiMahsulot sifati va sifatni boshqarish Mahsulot deganda, mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi hamda muayyan jamoa va shaxs ehtiyojlarini qanoatlashtirishga mo‘ljallanadi. Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki tayyorlash jarayoni, ishlash, yetishtirish, ta’mirlash va shu kabilarda bo‘lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat — ISO 9000 xalqaro standartida qisqa holda keltirilgan bo‘lib, «mahsulot — faoliyat yoki jarayon natijasi» deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki ularning o‘zaro uyg‘unlashgan birikmasi sifatida bo‘lishi mumkin. Mahsulot o‘z ichiga xizmatni ham oladi. Mahsulotning yaratilishi, sotilishi va iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo‘ladigan xossasi uning xolisona ko‘rsatkichi hisoblanadi. Mahsulot ko‘pgina turli xossalarga ega bo‘lib, u yaratilishi, sotilishi va iste’moli yoki ishlatilishida namoyon bo‘lishi mumkin. «Ishlatilish» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan foydalanish jarayonida u o‘z resursi hisobiga sarflanadi. «Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, u vazifasiga ko‘ra, ishlatilishida o‘zi sarflanadi. Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo‘lish mumkin. Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig‘im, tezlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi. Mahsulotning murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, bir qator oddiy xossalarni o‘z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va saqlanuvchanligi kabilar).


    Download 1.68 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 1.68 Mb.