Sertifikatlashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar




Download 1.68 Mb.
bet5/14
Sana29.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#40047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sirojbek (3)
matematik tasavvur mustaqil ish, skorostno silovaya podgotovka, 1670163586(1), amaliy 12 (1), majburiylarga to`g`ri to`rtburchak va kvadrat., Stanoklar kinematikasi va yuritmalari, Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik, Ish joyidagi mikroiqlim va uni ta\'minlash. Ishlab chiqarish joylarida mikroiqlimning normallashtirilgan parametrlari sanoat bino, elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari, Ornatilgan Tizimlar, 2 5255991195124894487, MEXANIKA, ДИЛШОД ЛЛО, 2 курс машинасозлик (2)
1.3.Sertifikatlashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar
Shu paytga qadar O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida muhim va salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlarga binoan muvofiqlikni sertifikatlashtirishning asosiy maqsadlari: – mahsulot, jarayon va xizmatlarda fuqarolarning hayoti va sog‘ligining xavfsizligini ta’minlash, tashqi muhitni asrash, buyum (mollar)ni bir xilligi va o‘zaro almashinuvchanligi masalalari, hamda iste’molchini himoya qilish; – xalqaro savdoda texnikaviy to‘siqlarni bartaraf qilish, mollar (buyumlar, jarayon va xizmatlar)ni raqobatdoshlik qobiliyatini oshirishdan iborat. Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy to’zilishi quyidagicha :
– O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish boyicha milliy idorasi;
– bir xil mahsulotni sertifikatlashtirish boyicha idora;
bir xil mahsulotni, sifat tizimini va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish boyicha akkreditlangan idoralar;
– akkreditlangan sinov laboratoriyalari.
Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan sertifikatlashtirish milliy idorasi qilib, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligu (O‘zstandart Agentligi) belgilangan. O‘zstandart Agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish boyicha davlat nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi. Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish boyicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
O‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va attestatlash tarmoq bo‘limlari esa massalar, radiotexnika, ionli nurlanish, geometrik, mexanik, elektrik, magnitli, bosim, sarflanish, haroratli hamda fizik – kimyoviy kattaliklarni qiyoslovdan o‘tkazadi. O‘zstandart Agentligining ilmiy – uslubiy markazi etib O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxassislar tayyorlash instituti – O‘zTMTI tayinlangan. Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yunalishlar boyicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:
– Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish;
– sertifikatlashtirish masalalari boyicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;
– sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash. Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarish yo‘lida O‘zstandart Agentligi o‘zining viloyat markazlarini (SMSXM) to’zib, ularning ishlariga har taraflama kumak ko‘rsatmoqda. 1993 yilning 28 dekabrdan boshlab «Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash borasidagi barcha ishlar mutlaqo yangicha yusinda yo‘lga qoyila boshlandi. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari ham jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda 256 ta laboratoriya milliy sertifikatlashtirish tizimida akkreditlangan bo‘lib, bu mahsulot ishlab chiqarishning hamma sohasi boyicha yetarli darajada sinovlarni olib borish imkoniyatini beradi. O‘zstandart Agentligi tarkibidagi oziq – ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berish uchun kerakli bo‘lgan sinovlarni bajarmoqda. Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar)ning xavfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O‘zstandart Agentligi tomonidan tayyorlangan alohida hujjat boyicha bajariladi.


Download 1.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sertifikatlashtirish milliy tizimida qatnashuvchi idoralar

Download 1.68 Mb.