II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMIDA SERTIFIKATNI O‘TKAZISH TARTIBI




Download 1.68 Mb.
bet6/14
Sana29.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#40047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Sirojbek (3)
matematik tasavvur mustaqil ish, skorostno silovaya podgotovka, 1670163586(1), amaliy 12 (1), majburiylarga to`g`ri to`rtburchak va kvadrat., Stanoklar kinematikasi va yuritmalari, Kurs ishi mavzu Sinf rahbarining oila va jamoatchilik, Ish joyidagi mikroiqlim va uni ta\'minlash. Ishlab chiqarish joylarida mikroiqlimning normallashtirilgan parametrlari sanoat bino, elektr-energiyasi-rejimlarining-xususiyatlari-va-ularning-parametrlari, Ornatilgan Tizimlar, 2 5255991195124894487, MEXANIKA, ДИЛШОД ЛЛО, 2 курс машинасозлик (2)
II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMIDA SERTIFIKATNI O‘TKAZISH TARTIBI.
2.1. Sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi.
O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasini quyidagilar tashkil qiladi:
— O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idorasi («O‘zstandart» agentligi);
— Ilmiy-tadqiqot markazi va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha uslubiy markazlari;
— bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar, sifat tizimlari hamda ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalangan idoralar;
— akkreditatsiyalangan sinash laboratoriyalari (markazlari);
— tekshirish idoralari. Mahsulotni sertifikatlashtirish tizimining tashkiliy tuzilmasi keltirilgan.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari so‘rovchi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish sxemasi bo‘yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o‘rnatilgan qoidalari mavjud bo‘lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlarini sertifikatlashtirish obyekti va turlariga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas jarayon deb hisoblash mumkin. Odatda, funksional bog‘liq .
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi. qilingan va sertifikatlashtirish jarayonining umumiy sxemasi keltirilgan. Uni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘lish mumkin:
1. Sertifikatlashtirishga ariza.
2. Sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish.
3. Sertifikatlashtirish obyektining muvofiqligini o ‘rnatilgan talablar bilan baholash.
4. Muvofiqlikni baholash natijalarining tahlili va uni rasmiylashtirish.
5. Sertifikatlashtirish obyekti ustidan inspeksiya nazorati.
O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan «O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: — chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar tomonidan sinov o‘tkazish uchun namuna olishning cheklangan me’yorlarini belgilash; — akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar o ‘rtasida sinovlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilash; — o‘zlariga qarashli akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish xizmatlariga tariflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida (uning hududiy bo‘linmalarida) oldindan deklaratsiya qilish.


Download 1.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. SERTIFIKATLASHTIRISH TIZIMIDA SERTIFIKATNI O‘TKAZISH TARTIBI

Download 1.68 Mb.