|
Avtotransport vositalari servisi asoslari
|
bet | 108/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)7-rasm. ISUZU avtobus-larida uzatmalar qutisining moy sathini tekshirish: 1-moy quyish tiqini; 2- moy to’kish tiqini.
ISUZU avtomobilining uzatmalar qutisidagi moy sathi quyidagicha tekshiriladi: 1- moy quyish tiqini yechiladi;
barmoqni moy quyish tiqini teshigiga kiritilib moy sathi tekshiriladi.
agar moy sathi belgilangandan kam bo’lsa, me’yoriga keltiriladi (Besco 5W-30 turidagi transmissiya moyi).
moy quyish tiqini 39 Nm moment bilan qotiriladi. ISUZU avtomobilining uzatmalar qutisidagi moyni almashtirish tartibi:
Dvigatel o’t oldiriladi va transmissiya salt yurish holatiga qo’yiladi.
Dvigatel o’chiriladi, to’kish tiqini yechiladi va moy to’kiladi.
Moy to’kish tiqini 39 N.m moment bilan joyiga qotiriladi.
Moy quyish tiqini yechiladi.
Moy quyish tiqini teshigi orqali teshikni pastki qirrasigacha moy quyiladi.
Qo’llanadigan moy - transmissiya moyi, turi Besco (5W-30)
Moy quyish tiqini 39 N.m moment bilan qotiriladi.
Moy miqdori (L)
|
Uzatmalar qutisi turi
|
6MT
|
5MT
|
Bazaviy avtomobil uchun
|
3.5
|
2.8
|
4WD (4 g’ildiragi yetaklanuvchi) avtomobil uchun
|
-
|
3.5
|
Agregatlardagi moy sathi shchup yordamida yoki nazorat teshigi orqali tekshiriladi. Agar moy sathi pasaygan bo’lsa, toza moy quyib sath to’g’rilanadi va sapun kanallari tozalab qo’yiladi. Moy almashtirish kuyidagicha bajariladi: qutidagi ishlab bo’lgan moy to’kib tashlangandan so’ng, uning o’rniga 1-2 l miqdorda yuvish moyi qo’yiladi. Avtomobil orqa kuprigining birorta g’ildiragi ko’tarib qo’yiladi, dvigatel ishga tushiriladi va birinchi uzatma ulanadi. Transmissiya ishlay boshlaydi, buning evaziga qutining ichki bo’shligi yuviladi va cho’kindilardan tozalanadi. Bir necha daqiqadan so’ng yuvish moyi to’kib tashlanadi, uning o’rniga esa toza moy quyiladi. Moy almashtirilayotgan paytda, to’kish teshigi tiqinining magniti xam tozalanadi. Taqsimlash qutisining boshqarish richaglarini zarur vaziyati, tortqilar uzunligini rostlash orqali ta’minlanadi. SHu maqsadda tortqi barmoqlari shplintlardan ozod qilinadi va ayridan ajratiladi. Fiksatorlar aniq ishlagan vaqtda, shtoklarni to’liq ulangan holatga o’rnatiladi. Richaglar uzatmalar ulangan vaziyatga qo’yiladi va ayrini aylantirib, tortqining kerakli uzunligi o’rnatiladi. So’ng tortqi o’z joyiga qo’yiladi, barmoq shplintlanadi va chegaralovchi gayka qotirib mahkamlanadi.
Gidromexanik uzatmalar qutisining asosiy kamchilik va nuqsonlariga yetaklovchi disk prujinasining ishdan chiqishi, diskaning (standart talablariga javob bermaydigan moyda ishlashidan) yeyilishi va qiyshayishi, markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan rostlagichlar rostlanishining buzilishi, rostlash vintining yomon taqalib turishi natijasida, uzatmani qayta ulash mexanizmi rostlanishining buzilishi va boshqalar misol bo’la oladi. Gidromexanik uzatmaning asosiy nosozligini ifodalovchi ko’rsatkich, bu, moy gidrotransformatordan to’kib yuborilayotganda, uni nazorat qilib turiladigan harorati bo’lib, uning eng yuqori chegarasi 1250S dan ortiq bo’lmasligi, taglikda (yilning eng issiq vaqtida) 1100S, minimal harorat esa 700S yoki 600S bo’lishi kerak. Moyning harorati taglikdagi datchik orqali va to’kish klapanidan nazorat qilinadi. Gidrotransformatordagi moyning qizishini nazorat qilish lampochkasi 120-1250S da yonadi. TXK paytida har 15 ming km masofadan so’ng gidromexanik uzatmaning moyi almashtiriladi. Taglikdagi moy sathi (TXK vaqtida) uzatmalar qo’shilgan holda 40-500S haroratda (drossel qiya, kichik ochiqligida) avtomobilni tormozlab tekshiriladi. TXK vaqtida (5 ming km dan so’ng) uayt-spirti bilan avtomatik uzatma tozalab yuviladi. Elektromagnit klemmalari tozalanadi va nazoratni ulab-uzgich ham tozalanib, starter bilan qo’shilib ishlashi tekshiriladi. 30 ming km dan so’ng moy qabul qilgich yechib olinib tekshiriladi, yana 30 ming km dan so’ng boshqarish mexanizmi (periferik zolotnikli) tekshiriladi va sozlanadi.
Uzatmalar qutisining oldingi uzatma ulanganda, shovqin bilan ishlab, harakatlar yaxshi qo’shilmay qolganda (bu sixronizator halqasini ishga yaroqsiz bo’lib qolishidan kelib chiqadi), sixronizator muftasi tishlarining tashqi, yonbosh sirtlari yeyilganda, podshipniklar, vallar yeyilganda, shesternya tishlari singanda joriy ta’mirlanadi. Yeyilgan detallar holatiga qarab, (birikish jufti bilan) almashtirib, ta’mirlanadi. Detallarni almashtirish-uzatmalar qutisini qismlarga ajratmay, uzoq muddatli shikastlanmay ishlashini ta’minlaydi va bu almashtirilgan detalning uzoq muddatli ishlashi natijasida tannarxi kamayadi, hamda ta’mirlashga kam mehnat sarf etiladi. Uzatma shesternyasining sixronizator
gupchagi va boshqa detallarini yechib (chiqarib) olishda maxsus yechgichlardan foydalaniladi. Asosiy va kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatish. Kardanli va asosiy uzatmalarni nazoratdan o’tkazish avtomobil harakatlanganda amalga oshiriladi. Bunda, transmissiyada aylantiruvchi moment uzatish rejimi tortishdan tormozlanishga yoki aksincha, o’zgarganda, shovqinlar va taqillashlar kuzatilmasligi lozim.
Kardanli uzatmalarga texnik xizmat ko’rsatishda kardanli birikma flanetslarini mahkamlanishi tekshiriladi va tortib qo’yiladi. Agar kardan valida avtomobilning ishlash jarayonida kuzovga ta’sir etuvchi tebranishlar paydo bo’lsa, kardan vali yechib olinib muvozanatlanadi. Kardan vali moslamaga mahkamlanadi (7.59-rasm) va raqamli indikator щchupini valning markaziy qismiga tekkazgan holda, uning urishi tekshiriladi. Bu kattalikning qiymati standart 0,5 mm, ruxsat etilgani esa 1.0 mm gacha bo’lishi kerak. Agar urish me’yordan oshib ketsa press yordamida to’g’rilanadi yoki almashtiriladi.
Xizmat ko’rsatishda kardan sharnirlarining podshipniklari va vallarning shlitsali birikmalari moylanadi. Buning uchun № 158, US-1 va boshqa moylash materiallari ishlatiladi. Yengil avtomobillarda kardan sharnirlar transmission moyda, Litol-24, plastik moylash materialida yoki tayyorlovchi zavod ko’rsatmalariga mos keladigan boshqa materiallarda moylanadi. Moyni kardan krestovinasiga maxsus shprits yordamida o’tkazish klapanida yoki uning o’qlari podshipniklarining salniklari ostida moy paydo bo’lguncha yuboriladi. Agar avtomobilga moy to’ldirilishi nazarda tutilmagan kardan sharnirlar o’rnatilgan bo’lsa, moylash ishlari faqat qismlarga ajratilganda amalga oshiriladi.
8-rasm. Kardan valini o’qbo’yicha urishini tekshirish
Etaklovchi ko’prik karteridagi moy sathi TXK davrida tekshiriladi (9-rasm) va moy quyish teshigining qirrasigacha to’ldiriladi. Moyni to’liq almashtirish, moylash xaritasiga muvofiq va ish mavsumi o’zgarganda amalga oshiriladi. Yetaklovchi ko’prik karteridagi moyni almashtirish jarayoni xam transmissiyaning boshqa agregatlari uchun qabul qilingan texnologiya asosida bajariladi.
|
|
|
Yarim o’q shlitsalaridagi yeyilish yoki boshqa shikastlar tekshiriladi.
|
Yarim o’qning o’q bo’yicha tepishi moslama va mikrometr yorda-mida tekshirildi. Ruxsat
etilgan qiymat 1,00 mm.
|
Yarim o’q flanetsini tepishi tekshiriladi. Ruxsat etilgan qiymat0.05 mm.
|
9-rasm. Yarim o’qni ko’rikdan o’tkazish.
|
Agar asosiy uzatmadagi yetaklovchi shesternyaning ilashishidagi bo’ylama tirqishi ruxsat etilgan qiymatdan orta boshlasa, konussimon podshipniklar rostlanadi. Rostlash zavod ko’rsatmasiga binoan bajariladi yoki kardan val flanetsi ajratiladi, yarim o’qlar sug’uriladi, asosiy uzatma karterini mahkamlovchi boltlar bo’shatiladi va yetaklovchi shesternya yig’ilgan holatida sug’urib olinadi. Yetaklovchi shesternya stakani tiskiga o’rnatiladi, mahkamlash uzeli qismlarga ajratiladi va podshipnik ostidagi qistirmalarning qalinligi o’zgartiriladi. So’ngra yig’iladi va birikma mahkamlash darajasi dinamometrda tekshirilgan holda mahkamlanadi.
Asosiy uzatma shesternyalari ilashishidagi tutashish va yon tirqish faqat detallar almashtirilganda (podshipniklar haddan ziyod yeyilganda), ya’ni asosiy uzatma ta’mirlanganda rostlanadi.
|
| |