Avtotransport vositalari servisi asoslari




Download 9,4 Mb.
bet109/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

Nazorat savollari


    1. Ilashish muftasining nosozliklari

    2. Ilashish muftasiga TXK

    3. Gidrotormoz nosozliklari

    4. Gidrotormozga TXK

    5. Uzatmalar qutisi nosozliklari

    6. Uzatmalar qutisiga TXK

    7. Kardan uzatmasi nosozliklari 8.Kardan uzatmasiga TXK

  1. Asosiy uzatma nosozliklari

  2. Asosiy uzatmaga TXK
  1. mavzu. Avtomobilning boshqarish mexanizmlariga TXK va T ishlari texnologiyasi.


Reja:

  1. Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari.

  2. Unga TXK va T ishlari texnologiyasi.

  3. Tormoz tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari. Tormoz tizimiga qo’yiladigan asosiy talablar.

  4. Tormoz tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.


Tayanch iboralar: rul boshqarmasi, tormoz tizimi, kolodka, prujina, reyka, tros, tormoz suyuqligi, moy, nosozlik, buzilish, diagnostika,TXK, ta’mirlash.

Rul boshqarmasining asosiy nosozliklariga rul mexanizmi karterining maxkamlanishini bo’shab ketishi, mexanizm detallarining yeyilishi, rul chambaragi va kolonkasining bo’shab olishi, chervyak jufti detallarining yedirilib ketishi misol bo’ladi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi nuqsonlardan tashqari, nasos idishida moyning me’yoridan kam yoki oshiq bo’lishi, tizimda havo va suvning yig’ilishi, nasosning ishlamay qolishi, moyning sizib chiqishi, filьtrning kirlanib qolishi, nasosning himoya va o’tkazish klapanlarining nosoz ishlashi,nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan tortilmasligi va boshqalardan iborat. Rul boshqarmasini diagnostikalash ko’rsatgichlariga rul chambaragini salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlashdan iborat. Rul chambaragining salt yurishi, yengil avtomobillar uchun 7-12 gradus (ZIL-130 da 15, VAZ va NEXIA avtomobillarida 50, KAMAZ va MERSEDES BENTS uchun 150), avtobuslar uchun 10-150 ni tashkil qiladi. Rul chambaragini burash uchun sarflanadigan kuch 40-60 N ni tashkil etishi kerak. Bu ko’rsatkich lyuftomer- dinomometr yordamida tekshiriladi.


Rul boshqarmasini sozlashda, tortgichlardagi sharnir va rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yo’qotiladi. Rul mexanizmidagi chervyak podshipnigining o’q bo’yicha siljishini prokladkalar yordamida sozlanadi. Rul soshkasining o’q bo’yicha siljishi, tayanch bolt yordamida sozlanadi. Rul chambaragi erkin yurishini aniqlash (1-rasm): Buning uchun lyuftomer-dinomametr rul chambaragiga o’rnatiladi. U dinamometrga mahkamlangan (3)-shkaladan, rul kolonkasiga (1)-siqqichlar yordamida mahkam qotirilgan (2)-ko’rsatkichdan tashkil topgan bo’lib, dinamometr (4)- siqqichlar yordamida rul kolonkasiga qotiriladi. Dinamometr shkalalari (5)-shtokda ko’rsatilgan bo’lib, u rul chambaragiga qanday kuch bilan ta’sir etilayotganini ko’rsatib turadi (ta’sir etish kuchi 20-120 N bo’lishi mumkin). SHtok yordamida 10 N kuch bilan chambarak o’ng tomonga, so’ng chap tomonga harakatlantiriladi. Strelka o’ng va chap tomonga og’ish kattaliklari qo’shilib umumiy erkin yurish yo’li aniqlanadi. O’rta sifatda erkin yurish 10□dan oshmasligi kerak. Agarda erkin yurish katta bo’lsa mexanizmning bo’ylama va tishlarning ilashish tirqishlari sozlanadi. CHervyak-rolik, vint-gayka, reyka tishli sektor turidagi rul mexanizmlari ikki turdagi sozlash mavjud bo’lib, ular val vintining podshipnigining o’q bo’ylab tirqishi va ilashma tirqishini sozlash hisoblanadi.

  1. O’qning bo’ylama siljishini sozlash (2 a-rasm): Buning uchun chambarak bir zumda o’ng va chap tomonga buriladi va o’q bo’ylab oldinga tortib ko’riladi. Agar tirqish me’yoridan katta bo’lsa uni sozlash zarur. Bu tirqish zichlagichlarni kamaytirish bilan sozlanadi.

  2. CHervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash (2 b-rasm): Buning uchun chegaralovchi gayka bo’shatiladi va buragich yordamida sozlovchi vint orqali tirqish sozlanadi. Bu o’z navbatida rul chambaragi erkin yurishini me’yoriyligini ta’minlaydi.





    1. Download 9,4 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtotransport vositalari servisi asoslari

Download 9,4 Mb.