rasm. Lyuftomer-dinomometr:shakli: 1-qisqichlar; 2- ko’rsatkich; 3-shkala; 4-qisqich; 5-shtok
rasm. Rul mexanizmi o’qining bo’ylama siljishi va chervyakni rolik bilan ilashish tirqishini sozlash: a) o’qning bo’ylama siljishini sozlash: 1- pastki qopqoq; 2-rul mexanizmi; 3-sozlovchi zichlagich; b) chervyakni
rolik bilan ilashish tirqishini sozlash: 1- sozlovchi vint; 2- shayba; 3-gayka.
rasm. Reyka va vint orasidagi tirqishni
sozlash: 1-rul karteri; 2-plunjer; 3- ichlashtirish halqasi; 4- prujina; 5- sozlovchi tiqin; 6-chegaralovchi gayka.
Rul boshqarmasi tortqichlari texnik holatini aniqlash: Buning uchun rul chambaragi aylanish vaqtida soshka birdaniga likillatib ko’riladi, tortgichlar holatini qo’l bilan payqash mumkin. Agar birikmalarda lyuft sezilsa rezbali tiqinlar tortib ko’riladi. Buning uchun tiqin shplinti olinadi, so’ng mahsus kalit bilan tiqin oxirigacha buraladi va shplint to’g’ri kelguncha orqaga qaytarilib, shplint joyiga qo’yiladi.
Rul boshqarmasidagi maxkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bo’lib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagining burish mushtiga, soshkaga, bo’ylama va ko’ndalang rul tortqisi barmog’iga mahkamlanishi tekshirib ko’riladi. Rul mexanizm karteridagi va gidrokuchaytirgich bachogidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida tekshiriladi va me’yorigacha moy quyiladi. Gidrokuchaytirgich bachogi, uning filьtrlarini hamda karterni (yilda kamida 1 marta yoki mavsumda, bahor va kuzda) benzin bilan yuvib, moyi almashtiriladi. Gidrokuchaytirgichga dvigatel salt ishlab turganda moy quyiladi. Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo’ljallangan Tap-10 va Tap-15L moylari yoki transmission moy quyiladi. Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmiga yozda turbina moyi (markasi 22), qishda AU-veretyon moyi quyiladi. MAZ-500 rul mexanizmiga TM-16P va gidrokuchaytirgichiga yozda industrial-20 va qishda industrial-12 moyi quyiladi. KamAZ avtomobilining gidrokuchaytirgichiga “R” markali moy quyiladi. Rul tortqilarining sharnirli birikmalari 1200-1800 km yurilgandan so’ng, navbatdagi TXK paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss solidoli bilan moylanadi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan NEKSIYa, ESPERO, MERSEDES-BENTS va boshqa turdagi avtomobillarning rul mexnizmining gidrokuchaytirgichiga DEKSRON-□□ moyi quyiladi. Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash detallarini almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning yeyilgan joylari, masalan, soshka vali bo’yinlari xromlash yo’li bilan tiklanadi, soshka vali oxiridagi rezba yo’nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezьba ochiladi. Rul mexanizmi karteridagi podshipnik o’rnatiladigan uyaning yeyilgan joylari yo’niladi va po’lat halqa presslab o’rnatiladi. Tarangligi pasaygan va singan prujinalar, sharsimon barmoqlarning yeyilgan vkladishlari, bo’ylama va ko’ndalang tortqi barmoqlari almashtiriladi.
Egilgan rul tortqilari sovuq yoki 800□S haroratgacha qizdirib to’g’rilanadi. Tormoz tizimining asosiy nosozliklariga friktsion qoplamalarning va tormoz barabanlarining (disklarining) yedirilganligi, tormoz kuchi sozlagichini noto’g’ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarni yeyilishi va shishib ketishi, tsilindr va porshenlarni yeyilishi, pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining yeyilishi, tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat akkamullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo’ladi.
Davriy TXK dan tormoz tizimi bo’yicha barcha birikmalar va truba o’tkazgichlarning zichligi kompressorning hosil qiluvchi bosimi, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarni joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining salt va ishchi yurish yo’li, tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar,
g’ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko’p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
Qo’shimcha ravishda kundalik xizmat ko’rsatish vaqtida ballonlardagi kondensatlar to’kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filьtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi (harorat -50S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo’yiladi).
Gidroyuritmali tormoz tizimiga ega bo’lgan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda BSK (TU- 6-10-1553-75) va NEVA (TU 6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (DOT-2, DOT-3 va boshqalar) dan keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi(47 %) va butil spirti (53 %) dan, hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi-15 gradusdan past va 25□S dan yuqori haroratda oquvchanligini yo’qotishidadir. NEVA turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo’lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo’shimchalardan tarkib topgan bo’ladi. Bu suyuqliklarni bir biriga qo’shib ishlatish man qilinadi.
Quyida avtomobillarga TXK davrida bajariladigan texnik xizmat ko’rsatish ishlari bilan mukammal tanishib chiqamiz.
a) Gidravlik tormoz tizimi bo’yicha bajariladigan ishlar tasnifi:
Tormoz tizimini nazorat qilish. Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va zichlikligini tekshirish hamda avtomobil g’ildiragini osib qo’yib, uning yengil aylanishini aniqlash.
Tormoz tepkisining erkin yurish yo’lini tekshirish va sozlash (4- rasm). CHizg’ichning bir uchi polga qo’yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. SHu holatda tepki qarshilik hosil bo’lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So’ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa sozlanadi.
rasm. Tormoz tepkisining salt yurish yo’lini sozlash: 1-vakuum kuchaytirgich; 2-itargich; 3- tormoz tepkisi; 4-to’xtash chirog’ini yoqqich; 5- yoqqich gaykasi; 6-to’xtatish chirog’ini o’chirgich; 7-tepkini tortib turuvchi prujini; 8-bosh tsilindr.
Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqishni aniqlash va sozlash. GAZ-3110, VAZ, MOSKVICH va GM-UZBEKISTAN yengil avtomobillarida qoplama va baraban orasidagi tirqish avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo’lgan avtomobillarda (GAZ yuk avtomobillari, PAZ avtobuslari, 7.75-rasm) tirqish g’ildirakning orqa tomonidan tayanch disk (1) dagi barmoq ekstsentrigi (2) yordamida sozlanadi. Oldi va orqa kalodkalar tayanch barmoqlari gaykasi bo’shatiladi va tormoz tepkisiga 150-200 N kuch bilan bosiladi. Tayanch barmoqlarini oxirigacha katta kuch sarf qilmasdan buriladi va gaykalarni tortib qo’yiladi. Tormoz tepkii qo’yib yuborilib, barabanning yengil aylanishi tekshiriladi. Agar kalodka barabanga tegib aylansa, u holda operatsiya yana qaytadan bajariladi.
Baraban yechilib maxsus o’lchash barabani o’rnatiladi va yassi shuplar yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish aniqlanadi.
rasm. Kolodka va tormoz barabani orasidagi tirqishni sozlash: 1-tayanch disk; 2-barmoq ekstsentrigi
Tirqish barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi (0,15 mm), bu o’z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga sozlaydi. 4. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish. Bosh tormoz tsilindri va g’ildirak ishchi tsilindrlari chang va
iflosliklardan tozalanadi. Tormoz suyuqligi uchun sig’im qopqog’i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi sig’imning rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min” belgisidan past bo’lmasligi kerak. Ishchi tsilindr chiqarish klapani (1) ning rezina qopqog’i olinib, o’rniga rezina shlanga (2) tiqiladi va bir uchi 1-3...1-2 hajmda tormoz suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga tushuriladi (6-rasm).
rasm. Tormoz tizimidan havo chiqarish: 1-havo chiqarish klapani; 2-rezina shlanga.
SHu havo chiqarish ketma-ketligi eng uzoq nuqtadan yaqin nuqtagacha bosqichma-bosqich bajariladi. GM-UZBEKISTAN yengil avtomobillarida esa havo chiqarish ketma ketligi orqa g’ildirakdan boshlab diagnal bo’yicha amalga oshiriladi (orqa chap-oldingi o’ng, orqa o’ng-oldingi chap).
5. Qo’l tormozini tekshirish va sozlash Orqa kolodka qoplamalarining yedirilishi, trossning cho’zilishi, qo’l tormozi ushlagichi yo’lini ko’payib ketishiga olib keladi. Orqa g’ildiraklarning to’liq tormozlanishi ushlagichni 2-3 to’liq yo’li bo’yicha 400 N kuch bilan tortganda amalga oshadi. Uni sozlash uchun ushlagich ostiga ulangan kolodkalarni tortish trossi uzunligini kamaytirish lozim. b) Havo yuritmali tormoz tizimi bo’yicha bajariladigan ishlar tasnifi:
Kompressor texnik holatini aniqlash va tasmalarning tarangligini sozlash. Kompressorni tekshirishdan avval kompressor tasmasining tarangligi tekshiriladi va sozlanadi. Ikki shkiv o’rtasidan tasmani 30-40 N kuch bilan bosganda, uning egilishi 10-15 mm ni tashkil etishi kerak. Kompressorni tekshirish uchun dvigatelь ishga tushirilib havo bosimining ko’tarilish tezligi aniqlanadi. havo bosimining 0 dan 0,6-0,7 MPa ko’tarilishi 5-6 minut davom etishi kerak.
Havo bosimi sozlagichini tekshirish va sozlash. Havo bosimi sozlagichi kompressorni tizimdan 0,7- 0,74 MPa bosimda uzishi va 0,55-0,6MPa bosimda ulashi kerak. Yuqori bosim zichlagichlar sonini oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan pastki bosim kalpokchani qotirish yoki bo’shatish yo’li bilan sozlanadi.
Tormoz tizimining zichlgini tekshirish va sozlash. Zichlik ikki uchastkada tekshiriladi:
-Kompressor - tormoz krani uchastkasi:
Ishlab turgan dvigatel o’chiriladi va havo bosimini pasayishi manometr yordamida kuzatib boriladi. Tormoz tepkisi bosilmagan holatda, bosimning 10-12 minut davomida pasayishi 0,01 MPa dan oshmasligi kerak. Bosimning me’yoridan tez pasayishi kompressor-ressiver-tormoz krani uchastkasida zichlik buzilganligini ko’rsatadi.
-Tormoz krani - tormoz kamerasi uchastkasi:
Ishlamayotgan dvigatelda tormoz tepkisi to’liq bosiladi va manometr yordamida bosimning pasayishi tekshiriladi. Bunda bosim tezda 0,10-0,15 MPa ga pasayishi so’ngra pasaymasdan turishi zarur. Bosimning me’yoridan pasayishi tormoz krani-tormoz kamerasi uchastkasida zichliklik buzilganligini ko’rsatadi. Havo chiqish joyi eshitish yoki sovun aralashmasini shubhali joylarga surtish bilan aniqlanadi.
Tormoz kranini tekshirish va sozlash.Tormoz tepkisining erkin yurish yo’li chegaralovchi gayka bilan mahkamlangan bolt yordamida sozlanadi. Tormoz tepkisining erkin yurishi (30 ... 60 mm), tormoz krani yuqori richagining (1...2 mm) erkin yurishga mos keladi. Tormoz tepkisi bosilganda, ya’ni tormoz kamerasi va ressiverda bosim tenglashganda, uning orqa tomoni kabina poliga 10...30 mm yetmasligi kerak. Agar shu shart bajarilmasa, tepki tagiga biriktirilgan vilka yordamida bu masofa sozlanadi.
Tormoz kameralari shtoki yo’lini tekshirish va sozlash (7-rasm). SHtok yo’lining uzunligi lineyka yordamida aniqlanadi, bu oraliq oldingi g’ildiraklarda 15...25 mm, orqa g’ildiraklarda 20...30 mm bo’lishi kerak. SHtok yo’li, uning uchiga o’rnatilgan vilkani oldinga yoki ketinga burash yo’li bilan sozlanadi. Sozlash davrida chap va o’ng g’ildiraklardan kamera shtogi yo’li bir xil bo’lishi kerak.Avtomobillarning tormoz tizimiga TXK va JT vaqtida yedirilgan tormoz kolodkalarining qoplamalari R174 turidagi jihozlar yordamida yo’nilib yoki parchinmixlar parmalanib olib tashlanadi.
rasm. Tormoz kamerasi shtogi yo’lini sozlash.
Yangi qoplamalar rangli metallardan tayyorlangan parchinmixlar yoki VS-10T yelimi yordamida qotiriladi. Yelimlash ish hajmini uch barobar kamaytiradi, rangli metallarni tejaydi, qoplamalarning ishqalanish yuzasini va ishlash muddatini oshiradi. Yelimlashdan avval kolodkalar metalgacha tozalanadi, atseton yordamida moysizlantiriladi va 10 min davomida quritiladi. Yelim yuzaga 0,1-0,15 mm qalinlikda bir qatlam surtiladi va 10-15 min ushlab turiladi (elim qatlamining qalinligi 0,5 mm dan yuqori bo’lsa, birikma mustahkamligini pasaytiradi), keyin ikkinchi qatlam suriladi va qaytadan quritiladi. qoplama kolodka bilan birlashtirilib maxsus moslamaga (8-rasm) o’rnatiladi hamda 0,2-0,4 Mpa bosim bilan siqiladi va 175-1850S haroratda 1,5-2 soat quritiladi. Bundan so’ng 50-60 min. davomida pech harorati 1000S ga tushguncha, hamda 2-3 soat havoda sovutiladi. Bunday sovitishda yelimlangan birikmada qoldiq kuchlanish kamayadi.
Elimlashning boshqa usuli ham mavjud bo’lib, unda paxta qog’ozli lenta maxsus moslamalar yordamida VS-10T yelimi bilan shimdiriladi va quritiladi. Yelimlash vaqtida kerakli o’lchamdagi lenta qirqib olinadi, kolodka va qoplama orasiga qo’yiladi va uni 0,2-0,3 MPa bosim bilan siqiladi, 180±50S haroratda 1,5 soat ushlab turiladi. Yelimlash sifati 7,5- 8MPa bosim ostida press yordamida siljishga tekshiriladi. Kolodkalarning ishchi yuzalari radiusi tormoz barabani o’lchamiga mos kelishi zarur. Buni amalga oshirish uchun tormoz kolodkalari R114 yoki R117 turidagi jihozlarda yo’nib tashlanadi. Xuddi shu jihozlarda tormoz
barab’larini ta’mirlash o’lchamlarigacha yo’nish mumkin. Kolodkalarni tormoz barabanlariga o’rnatishda ishchi yuzalarning bir-biriga to’liq birlashishini ta’minlash zarur. Ular orasidagi tirqish juda kam qiymatga ega bo’lishi, lekin barabanning erkin aylanishini ta’minlashi zarur.
rasm. Tormoz kalodkasiga qoplamani yelimlash moslamasi: 1-ushlagich; 2-chegaralovchi halqa;
3-vint; 4-chegaralagich; 5-tormoz kolodkasi; 6-qizdirgich
rasm. XUNDAY avtomobilining avtoblokirovka tizimining(ABS) joylashuv shakli
Pnevmatik tormozni chervyakli sozlash mexanizmi, gidravlik tormozni esa ekstsentrik yordamida sozlanadi. Tormoz tizimining ishdan chiqqan birikmalari bo’laklarga ajratiladi, yedirilgan detallar yangisiga almashtiriladi. Avtoblokirovkali tormoz tizimi. Avtoblokirovkali tormoz tizimi (ABS) avtomobilni birdaniga to’xtatishda va og’ir yo’l sharoitlarida g’ildiraklarni to’liq (sirpanib) to’xtashini oldini olish uchun ishlatiladi. XUNDAY avtomobilida ABS dvigatel bo’limiga joylashgan (9-rasm) va u har bir g’ildirakka keluvchi suyuqlik bosimini hamda g’ildirak tezligini nazorat qiladi. SHuning uchun ABS tizimi avariya holatlari va sirpanchiq yo’llarda tormozlanishda avtomobilning boshqaruvini osonlashtiradi.
Tormozlanish vaqtida ABS ning ishlayotganligini tormoz tepkisiga teskari ta’sir ko’rsatayotgan kuchdan sezish mumkin. Harakatlanish vaqtida motor bo’limidan chiqayotgan chiqillagan shovqin orqali ham sezish mumkin. Bu oddiy holat bo’lib, ABS me’yoriy ishlayotganligidan dalolat beradi. Quyidagi sharoitlarda ABS bilan qurollangan avtomobillarning tormozlanish yo’li me’yoridan ortiq bo’lishi ham mumkin:
do’nglik, shag’al va qor qoplangan yo’llarda harakatlanganda;
g’ildirakka zanjir bog’lab harakatlanganda;
ko’p chuqurliklar bo’lgan yo’llarda va o’nqir-cho’nqirliklarda harakatlanganda.
Yuqoridagi yo’l sharoitlarida sekin harakatlanish zarur. Katta tezliklarda ABS bilan jihozlangan tormoz tizimlarini tekshirish harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida man etiladi. O’t oldirish kalitini yoqilganda ABS ni ogohlantirish yoritgichi bir necha sekund yonib turib, so’ngra o’chadi. Agarda yoritgich doimiy yonib tursa yoki harakatlanish vaqtida yonib qolsa, ABS tizimida nosozlik borligidan dalolat beradi.
ABS tizimining mumkin bo’lgan nosozliklari va ularni bartaraf etish usullari
Nosozlik alomatlari Nosozlikni bartaraf etish usullari ABS ishlamayapti 1-4 punktlar bo’yicha tekshiring. Agar hamma ko’rsatgichlar me’yorida bo’lsa-yu ammo ishlamasa, ABS ni almashtiring.
DTS ni tekshiring va chiqish kodi me’yoriyligiga ishonch hosil qiling. 2.Kuchlanish bilan ta’minlash zanjirini tekshiring.
Tezlik datchigi zanjirini tekshiring.
Gidrotizim zichligini tekshiring.ABS gohida ishlamayapti
1-4 punktlar bo’yicha tekshiring. Agar hamma ko’rsatgichlar me’yorida bo’lsa-yu ammo ishlamasa, ABS ni almashtiring.
1.DTS ni tekshiring va chiqish kodi me’yoriyligiga ishonch hosil qiling. 2.Kuchlanish bilan ta’minlash zanjirini tekshiring.
Tezlik datchigi zanjirini tekshiring.
Gidrotizim zichligini tekshiring.Skaner bilan bog’lanish imkoniyati yo’q (har qanday tizim bilan bog’lanish imkoniyati yo’q)
Quvvat mabaaini tekshiring.
Diagnozlash shuntini tekshiring.Skaner bilan bog’lanish imkoniyati yo’q (faqat ABS tizimi bilan bog’lanish imkoniyati yo’q)
Quvvat mabaaini tekshiring.
Diagnozlash shuntini tekshiring. 3.ABS blokini tekshiring.
O’t oldirish kaliti yoqilganda ABS yoritgichi yonmayapti 1.ABS ogohlantirish yoritgichi zanjirini tekshiring.
2. ADS (HECU) blokini tekshiring.
Dvigatel o’t olgandan keyin ham ogohlantirish yoritgichning yonib turishi 1.ABS ogohlantirish yoritgichi zanjirini tekshiring.
ADS (HECU) blokini tekshiring.
|