|
-rasm. Neksiya avtomobilining ilashish muftasi bo’yicha sozlash ishlari
5-
|
bet | 107/162 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,4 Mb. | | #228444 |
Bog'liq avtotransport vositalari servisi asoslari (1)4-rasm. Neksiya avtomobilining ilashish muftasi bo’yicha sozlash ishlari
5- rasm. ISUZU avtomobillari ilashma muftasi tepkisini sozlash.
ISUZU avtomobillarida (5-rasm), agar ilashma muftasining kuchaytirgichi o’rnatilayotganda ishchi sterjen uzunligi sozlangan bo’lsa, ilashma pedali sozlanmaydi. Ilashma muftasi kuchaytirgichining ishchi sterjenini uzunligi - o’rnatilish yuzasi va kallakli shtiftning shplint uchun teshigi markazi oralig’idagi masofa 156,5. 157.5 mm gacha bo’lishi kerak.
Ilashma tepkisining yurish yo’li tekshiriladi va tepki bilan ilashmani ishga tushirish bolti oralig’idagi masofa sozlanadi. Ilashma tepkisi balandligi (A) 160...170 mm gacha, tepkining to’liq yo’li
(V) 159...169 mm gacha, erkin yurish yo’li 15...25 mm gacha bo’lishi zarur. Ilashma tepkisi va ilashmani ishga tushirish bolti oralig’idagi tirqish 0,5 ...1,0 mm gacha bo’lishi kerak.
Ilashish muftasining yuritmasidan havoni chiqarish asosan bosh yoki ishchi tsilindrlarning manjetlari almashtirilganda yoki yuritma quvuri zichsizligini bartaraf qilinganda amalga oshiriladi (7.57- rasm).Buning uchun ishchi tsilindr chang va iflosliklardan tozalaniladi. Ilashish muftasi yuritmasining suyuqlik quyish sig’imining qopqog’i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi. Suyuqlik sathi sig’imning
rezbali qismidan 15-20mm dan yoki ”min” belgisidan past bo’lmasligi kerak. Ishchi tsilindrning chiqarish klapani(59) ning rezina qopqog’i olinib, o’rniga rezina shlanga tiqiladi va bir uchi 13...12 hajmda tormoz suyuqligi to’ldirilgan shisha idishga tushiriladi.
6-rasm. Turli avtomobillarda ilashish muftasi yuritmasidan havoni chiqarish
Yuritma tepkisi qarshilik sezilguncha, ya’ni tepkining yurish yo’li o’zgarmagunga qadar tez-tez bosib harakatlantiriladi, so’ngra tepkini bosib turib klapan 1-2...3-4 aylanaga buraladi va tepki oxirigacha bosilgach klapan mahkamlanadi hamda tepki sekin qo’yib yuboriladi. Bu holat shisha idishda havo pufakchalari chiqmay qolguncha davom ettiriladi. Operatsiya vaqtida vaqti-vaqti bilan sig’imdagi tormoz suyuqligi sathi tekshirilib va me’yoriga keltirib turiladi. Nihoyat klapan qotirilib, shlanga yechib olinadi. Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisiga texnik xizmat ko’rsatish. Qutilarning qanday ishlashi har kungi ko’rikda hamda avtomobilning harakatlanishida tekshirib turiladi. Zichlikka, uzatmalarning oson va shovqinsiz ulanishiga alohida e’tibor beriladi.
Tekshirilayotgan agregatlarning ishlashi vaqtida taqillashlar va shovqinlar bo’lmasligi kerak. Uzatmalar ulanganda shesternyalar to’liq birikib qolishi lozim, uzatmalarning o’z-o’zidan uzilib qolishiga yo’l qo’yilmaydi. Uzatmalar qutisi korpusining qizishi, avtomobil to’xtatilganda qo’lni kuydirmaydigan darajada bo’lishi kerak. KXK va davriy TXK da nazorat qilib, eshitib hamda haroratga qarab tekshirishdan tashqari, qutilar korpusi kirlardan tozalanadi, qotirilganligi tekshiriladi va tortib qo’yiladi, moy sathi tekshiriladi (7.58-rasm), zarur bo’lsa me’yoriga keltiriladi yoki moylash kartasi bo’yicha almashtiriladi. Bu ish ko’targich yoki ko’rish ariqchalariga ega bo’lgan maxsus postlarda bajariladi. qutidagi moy dvigatel to’xtashi bilan, ya’ni quti sovib ulgurmasdan to’kiladi va yangisiga almashtiriladi.
|
| |