Texnik servisni tashkil qilish texnologik jarayoni




Download 9,4 Mb.
bet28/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

Texnik servisni tashkil qilish texnologik jarayoni


Servis ko’rsatishning texnologiyasi, ya’ni ishlarning bajarilish ketma-ketlik tartibi ishlab chiqilar ekan, bu texnologiya maqsadga muvofiq, kam chiqimli va samarali bo’lishi talab etiladi. SHu bilan bir vaqtda ishlab chiqilgan va amaldagi texnologik jarayon quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • sodda va qulay bo’lishi;

  • hammabopligi;

  • ishlarni yakunlashga imkon berishi;

  • xavfsizligi;

  • mexanizatsiya, avtomatlashtirish va kompьyuterlashtirish vositalarini keng qo’llashga imkon berishi.

Hammabop texnologiya deyilganda uning ko’p marotaba boshqa servis korxonalarida ham qo’llash imkoniyati mavjudligi tushuniladi, universalligi deyilganda turli modeldagi, rusumdagi avtomobillarga xizmat ko’rsatishda ham shu texnologiyani qo’llash mumkinligi tushuniladi. Texnologiyaning yakunlanganligi esa avtomobil har bir ishlab chiqarish bo’limlaridan o’tgan paytda shu bo’limda mo’ljallangan barcha ishlarning to’la bajarilishi zarurligini bildiradi.
Avtoservis korxonalari(ASK)ning ishlab chiqarishini tashkil etish texnologiyasi yagona o’zaro bog’lanish mezoni asosida avtomobilni yuvish-yig’ishtirish - qabul qilish uchun ko’rib chiqish va zarur bo’lgan hollarda avtomobilni diagnostika postidan o’tkazib bajariladigan ishlar hajmini oldindan taxminiy aniqlash va ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. SHuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish mijozning huquqidir. Bunda, albatta qabul qiluvchi mutaxassis - servis xodimi unga malakali maslahatlar beradi.
Avtomobillarni qabul qilib olish maxsus hujjat «Avtoservis korxonalarida avtomobillarni xizmatga qabul qilish va egasiga topshirish qoidalari» asosida amalga oshiriladi. SHu maqsad uchun korxonada maxsus jihozlangan post (ko’targichli yoki estakada) ajratiladi. Izoh qilingan texnologik jarayonni 4.1-rasm shaklida keltirish mumkin.

Odatda, qabul qilish va texnik-nazorat, egasiga topshirish postlari birlashtirilib, avtomobil bir joyda, yakka mutaxassis tomonidan qabul qilinadi hamda egasiga topshiriladi. Keltirilgan texnologik


chizma umumiy bo’lib, TXK va ta’mirlash ishlari hajmi mijozning talabi va xohishiga qarab, o’zgarishi, ko’p variantli (8...10) bo’lishi mumkin. Masalan TXKni to’la hajmda bajarish va ta’mirlash, TXKni ayrim ishlari bilan ta’mirlash ishlarini bajarish va h.k.
SHuni ta’kidlash kerakki, hamma hollarda avtomobilni yuvish-tozalash, qabul qilib o’zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizmlar va tizimlar diagnostikadan o’tkaziladi, zarurat bo’lsa, chuqur diagnostika qilib, so’ng ishchi postlariga yoki kutish joylariga jo’natiladi.



Download 9,4 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik servisni tashkil qilish texnologik jarayoni

Download 9,4 Mb.