52
geometriyasi kiradi. Tashqi xususiyatlarga esa imzo dinamikasi (qo‘ldagi) va
klaviatrua bilan ishlash uslubi kiradi. Ovoz xususiyati va nutqni tanish insonning
fiziologik va o‘zini tutish xususiyatlari o‘rtasida joylashadi.
Biometriya bilan butun dunyo ko‘pdan beri shug‘ullanadi, biroq ko‘p vaqtlar
mobaynida u o‘zining murakkabligi va qimmatligi bilan ajralib turgan edi. Keyingi
paytlarda elektron tijoratning rivojlanishi bilan biometrik mahsulotlarga talab o‘sib
boryapti. Bu foydalanuvchiga shunisi bilan qulayki, u nimanidir esda qoldirgandan
ko‘ra o‘zini e’lon qilgani oson. Bozorda nisbatan
arzon barmoq izini tanishga
mo‘ljallangan apparat-dastur mahsulotlar paydo bo‘la boshladi.
Umuman olganda biometrik ma’lumotlar bilan ishlash quyidagi tarzda
tashkillashtirilgan. Dastlab foydlalanuvchilar xususiyatlaridan ma’lumotlar
bazasi
yaratiladi. Buning uchun foydalanuvchilarning biometrik xususiyatlari olinadi,
qayta ishlanadi va ular (biometrik shablon deb ataladi) ma’lumotlar
bazasiga
(barmoq va ko‘z skanerdan o‘tkaziladi va natija dastlabki ma’lumotlar deyiladi)
kiritiladi.
Keyinchalik foydalanuvchining identifikatsiyasi uchun (bir vaqtning o‘zida
autentifikatsiya ham) biometrik xususiyatlarni olish va qayta ishlash boshqatdan
o‘tkaziladi va ma’lumotlar bazasidan shablonni qidirish ishga tushadi.
Omadli
qidirishdan so‘ng foydalanuvchining shaxsi va uning haqiqiyligi o‘rnatilgan
hisoblanadi.
Biometriyaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. U ham
autentifikatsiyaning boshqa metodlari kabi tajovuzlarga taslim bo‘lishi
mumkinligini esda tutish zarur. Insonning biometrik ma’lumotlari o‘zgarib
turadi
va shablonlar bazasini nazorat qilish foydalanuvchi va administrator uchun qator
muammolarni keltirishi mumkin.
Lekin asosiy xavf shundaki, biometriya uchun
ixtiyoriy “buzilish” fojeadir. Parollarni juda bo‘lmaganda almashtirish mumkin.
Yo‘qotilgan autentifikatsion kartani nol qilish va yangini olish mumkin.
Lekin
barmoq, ko‘z va ovozni almashtirish mumkin emas. Agar biometrik ma’lumotlar
soxtalashtirilgan bo‘lsa, eng kamida mavjud barcha tizimni qayta qurishga to‘g‘ri
keladi.