70
o‘zgartirish, ya’ni unga biror faylni qo‘shish, yangilash yoki undan biror faylni
o‘chirish mumkin emas.
4.1-rasm. WinRar da arxivlash jarayoni
Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat
RAR formatida,
maxsus usulda bitta ma’lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga
aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo
bunday arxivlashning kamchiliklari ham bor, masalan:
- ularni yangilash, ya’ni orasidagi biror faylni
yangisi bilan almashtirish,
oddiy arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi;
- biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib
chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa, u holda arxivdan umuman
chiqarib bo‘lmaydi;
Bunday arxivlash usulidan quyidagi hollarda foydalangan maqsadga muvofiq:
- arxivni kamdan-kam yangilansa;
- arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez
chiqarib turish zarurati
bo‘lmasa;
- zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa.
Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda ham, kompyuterda
WinRar
arxivatori bo‘lmasa ham o‘zini-o‘zi
ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .
exe
kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu holda barcha fayllar arxivdan
chiqadi.
71
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parol bilan himoyalab qo‘yish, fizik
buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina
amallarni bajarish imkonini
yaratib beradi. Bugungi kunda o‘nlab arxivator - dasturlari mavjud bo‘lib, ular
asosan imkoniyatlari, funksiyalari hamda ish rejimlari bilan bir - biridan farq
qiladi.