60
foydalanish
va
loyihalash
boskichlarida
hal
qilinadi.
Ular
orasida
himoyalanayotgan axborot tizimi joylashgan obyektni qo‘riqlash muhim o‘rinni
egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini
oladigan va qiyinlashtiradigan,
axborot tashuvchilar, shuningdek aloqa
liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat berilmagan
foydalanishni man etadigan
tegishli qo‘riqlash postlari, texnik vositalar o‘rnatiladi.
Injener-texnik himoya (ITH) vositalari, ularni qo‘llanilishiga yo‘naltirilgan
tadbirlar va maxsus xizmat tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlashga
yo‘naltirilgan tashkiliy ishlarga aytiladi.
Funksional qo‘llanilishiga qarab ITH vositalari quyidagi sinflarga ajratiladi:
• Bino, turli xildagi texnik vositalar yordamidagi shaxs, axborot, moddiy va
moliyaviy himoyani tashkil etishga yo‘naltirilgan fizik vositalar;
• Apparat vositalari (Firewall,
signalizatsiya vositalari, ma’lumotni
yo‘qotilmasligini ta’minlash vositalari va boshqalar);
• Dasturiy vositalar (maxsus yaratilgan dasturlar,
antirus dasturlari, va
boshqalar);
• Kriptografik himoya vositalari;
• Kombinatsion vositalar.