78
• Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi;
• Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi;
• Klaviaturadagi tugmachalar bosilganida dinamikdan har xil tovushlar
chiqadi;
• Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi.
• Kompyuter ishlashi sekinlashadi;
• Ba’zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni
qo‘shish hisobiga o‘zgaradi, kattalashadi;
• Tezkor xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi;
• Qattiq magnitli diskdan dasturlarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman
yuklanmaydi va h.k.
Shuni ta’kidlash kerakki, dasturlar va hujjatlar matnlari, berilganlar
bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga o‘xshash fayllar
zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin.
Virus asosan ikkit qismdan iborat bo‘lib, ularni biri virus ikkinchisi
shifrlovchi deb ataladi. Virusning har bir nusxasi shifrlovchi, qandaydir kalit va
shu kalit bilan shifrlangan virusdan tashkil topadi. O‘zi differentsiallanuvchi
viruslar esa, o‘zini formasini takomillashtiradi. Ko‘p viruslar boshqalar uning
ishlash mexanizmini sezib qolmasliklari uchun o‘zining katta qismini kodlangan
holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug‘diradi.