83
qiladi. Bepul antiviruslar ham kompyuterni himoyalay oladi, lekin jiddiy xavf-
xatar vaqtida pullik antiviruslarning litsenziyalangan versiyasigina yordam bera
oladi.
Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda mashhur bo‘lgan antivirus
dasturlari ba’zi holatlarda samarali ishlay olmay qoladi. Chunki ularning ishlash
algoritmlari uzoq vaqt o‘zgarmay turadi, virus tuzuvchi «hakerlar» esa bu
algoritmlarni yaxshigina o‘zlashtirib oladilar va antivirusga ko‘rinmaslikning
ilojini topadilar. Yangi chiqayotgan antiviruslar shu jihatdan avvalgilarga
qaraganda foydaliroq bo‘ladi. Chunki ularning ishlash algoritmlari ham
yangilangan,
zamonaviy
viruslarni
topishlari
osonroq.
Kompyuter
foydalanuvchilariga maslahatimiz quyidagicha. Siz qaysi antivirus dasturidan
foydalanmang, deylik, 2-3 oyda bir marta umuman boshqa antivirus o‘rnatib,
kompyuteringizni, operatsion tizimini qaytadan tekshirib ko‘ring. Chunki
kompyuterda uzoq vaqt ishlagan eski antivirus vaqt o‘tishi bilan yangi viruslarni
topa olmagan bo‘lishi mumkin.