94
shuning oshkora kalitidan foydalanib shifrlangan axborot jo‘natiladi. Bunday
axborotning shifrini faqat yagona yopiq kalit egasigina ocha oladi. Kalitlar juft
bo‘lib ishlab chiqiladi va bir-biri bilan muvofiqlikka ega. Biroq bitta kalitdan
ikkinchisini hisoblab chiqarishning iloji yo‘q.
Bu turdagi shifrlarning ahamiyatli tomoni shundaki, yopiq kalit faqat bitta
shaxsga ma’lum bo‘lishidir, birinchi turdagi shifrlarda u eng kamida ikkita shaxsga
ma’lum bo‘lishi kerak edi. Bu quyidagi afzalliklarni beradi:
Yopiq kalitni uzatishda himoyalangan kanalning zarur emasligi, aloqa
ochiq kanal orqali amalga oshiriladi;
Kalit nusxasining yagonaligi uning harajatlarini kamaytiradi va uning
maxfiyligini saqlashda aniq shaxsiy majburiyat yuklashga imkon beradi;
Ikkita kalitning mavjudligi shifrlash sistemasidan ikkita rejimda maxfiy
aloqa va elektron imzodan foydalanish imkonini beradi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar quyiladi:
• yetarli darajada kriptomustahkamlik;
• shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;
• axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;
• shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi.
Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:
• o‘rinlarini almashtirish;
• almashtirish;
• gammalashtirish;
• analitik o‘zgartirish.