95
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash
gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi.
Analitik o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich
matn belgilari analitik
formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish
yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa
kalit sifatida xizmat kiladi.
5.6§ O‘rinlarini almashtirish usullari
Klassik shifrlash usullariga o‘rinlarini
almashtirish shifrlari, oddiy va
murakkab almashtirish shifrlari kiradi. Ta’kidlash joizki, o‘rinlarini
almashtirish
shifrlari va almashtirish shifrlarining kombinatsiyalari amaliyotda qo‘llanilayotgan
har xil turdagi simmetrik shifrlarni tashkil etadi. O‘rinlarini almashtirish shifrlarida
shifrlanadigan matnning harflari shu matn bloki ichida ma’lum qoidalar bo‘yicha
o‘rin almashtiriladi. O‘rinlarini almashtirish shifrlari eng sodda va eng qadimiy
hisoblanadi.
O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida
quyidagilarni keltirish
mumkin:
o shifrlovchi jadval;
o sehrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
o jadval o‘lchovlari;
o so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi;
o jadval tarkibi xususiyatlari.
Misol. Quyidagi matn berilgan bo‘lsin:
O‘ZBEKISTON BUYUK DAVLAT
Ushbu axborot ustun bo‘yicha ketma – ket jadvalga kiritiladi: