91
Polkovnik Oleg Penkovskiy
Djon Entoni Uoker
Tarixdagi birovni kodini o‘g‘irlash uchun eng yirik bo‘lgan operatsiyaning
nomi “Djennifer”. Bu operatsiya 1970 yillarda AQSh tomonidan o‘tkazilgan. Bu
operatsiyani amalga oshirish uchun Glomar Explorer nomli yirik kema quriladi.
Glomar Explorer tabiatshunoslik izlanishini bahona qilib, 1968 yili Atlantika
okeaning 5000 m tubiga cho‘kib ketgan, maqsadi Sovet M - 129 kemasini taftish
bo‘lgan. “Djennifer” operatsiyasi mualliflarining fikricha M - 129 ning ichida
Sovet HDK suv osti kemalari va sohil radio idoralarining ma’lumot almashinuvini
ta’minlovchi shifr sistema kalitlari bo‘lgan.
Bunday “tadbirkorlik”ni kriptoanaliz nazariyalari bilan shug‘ullanuvchi davlat
idoralari ham chetlab o‘tishmagan. Masalan tarixda Marfin sharashkalari (Maxsus
qamoqxona) nomi bilan mashhur Sovet NII-2 xodimlarini keltirsa bo‘ladi.
Keyinchalik harbiy va diplomatik shifrlash qurilmalarini ochish bilan KGB ning 16
– bo‘limi ish yuritgan. Ular “Sovuq urush” davridagi eng kuchli EHM – Bulatdan
foydalanishgan. Qurilma Vernadskoy mavzesidagi baland imoratga joylashtirilgan
bo‘lgan.