86
V BOB. AXBOROTLARNI KRIPTOGRAFIK HIMOYALASH USULLARI
5.1§ Kriptografiyaning paydo bo‘lishi va asosiy tushunchalar
Kriptografiya tarixi bir necha ming yillikka borib taqaladi.
Yozuvni
yashirishga extiyoj odamzod yozishni o‘rgangandan keyingina paydo bo‘lgan. Bu
extiyoj harbiy va diplomatik ma’lumotlarni yashirincha uzatish zaruratidan kelib
chiqqan.
«Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish, yozuvni
berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildiradi. Atamaning ma’nosi
kriptografiya kerakli
ma’lumotni yashirin saqlash va himoyalash maqsadida qo‘llanishini anglatadi.
Kriptotizimning eng mashhur tarixiy shifriga misol qilib, Eramizning 56-yili
Yuliy Sezar dushmanlari bilan urush vaqtida shirflashning almashtirish turini
qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha (Sezarda uchta pozitsiyaga)
siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda
ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni
yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan.
Bu turdagi shifrlash Yuliy Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday
shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi. Masalan, “A” “D” ga almashtirilgan,
“B” esa “E” ga va haqazo.
Ikkinchi jahon urushi davrida partizanlar harakatidagi deyarli har bir otryadda
dushmanga qarshi ishlatish uchun radiostantsiya bo‘lgan.
Partizanlardagi mavjud
shifrlar bardoshsiz edi, shuning uchun nemis deshifratorlari ularni darrov
deshifrlashgan. Bu esa harbiy hujumlarda yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan.
Biroq
partizanlar ham bu borada ayyor va kashfiyotchi bo‘lishgan. Ularning usullari
judayam oson bo‘lgan, ya’ni ular ochiq matnni bir nechta grammatik xatolar bilan
masalan, «Proshsli tro‘ eshshelona z tnkami» shifrlab uzatishgan. Natijada uni
deshifrlaganda
oddiy
rus
odami
tushunadigan
bo‘lgan.
Biroq
nemis
kriptoanalitiklari bunday
usul oldida ojiz qolishgan, ular rus tilida uchrashi
mumkin bo‘lmagan «tnk» va shu kabi so‘zlarga duch kelib, bu xato deshifrlangan
deb o‘ylashgan. Bu sodda yani xonaki usul bo‘lib ko‘rinsada, haqiqatan ham
87
judayam samarali bo‘lib, hozirgi kunda ham ishlatiladi.
Umuman aytganda
urushdan oldingi kriptografiya judayam zaif va fanda jiddiy faxriy nomga ega
bo‘lmagan.
Biroq shavqatsiz harbiy extiyoj, olimlarni kriptografiya
va kriptoanaliz
muammolari bilan jiddiy shug‘ullanishga majbur qilgan. Dastlabki erishilgan
muvaffaqiyatlardan birinchisi bo‘lib «Enigma» etarli katta bardoshli mexanik
shifrator va deshifrator vazifasini bajaruvchi nemis yozuv mashinasi hisoblanadi.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar
qo‘llaniladi:
kodlashtirish va
shifrlash.