85
Hozirgi zamon axborot texnologiyalar sohasida axborot xavfsizligi birinchi
o‘rinda turadi. Chunki axborotni butunligi, ishonchliligi va xatarlardan xoliligi
uning qiymatini belgilaydi.
Aborot xavfsizligini ta’minlashning usullari ko‘p: himoya dasturlari,
antiviruslar, Anti-Trojan dasturi, Anti-Spam va boshqalardir.
ESET Nod32 Smart Security antivirus dasturi orqali kompyuterda
xavfsizlikni ta’minlashda uning qo‘shimcha xizmat dasturlari, kompyuterning ish
holatini nazorat qilish, unda nazorat o’rnatish va shunga o‘xshash keng
imkoniyatlarni amalga oshirish mumkin.
Savol va topshiriqlar
1. Fayllarni arxivlash nima?
2. Arxivlash dasturlari bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
3. Arxiv fayli nima?
4. Kompyuter virusi nima?
5. Viruslar qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Kompyuter virusi bilan zararlanish qanday hollarda yuz beradi?
7. Kompyuterni virus bilan zararlanganligini qanday bilish mumkin?
8. Windows xavfsizlik tizimi haqida so‘zlab bering.
9. Qayd yozuvlari nima?
10. Windows foydalanuvchi parollarini qanday yaratish mumkin?
11. Windowsning boshqa imkoniyatlari haqida aytib bering.
12. Antivirus dasturlarining vazifasini ayting?
13. Antivirus dasturlarining qanday turlarini bilasiz?
14. Pullik va bepul antivirus dasturlarning farqlarini ayting?
15. ESET Nod 32 dastur bazasini yangilashni tushuntirib bering?
16. ESET Nod 32 dastur bazasini avtomatik va offline yangilashning o’zaro
farqlarini ayting?