69
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin.
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi
ixchamlanadi.
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi,
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu
arxivning formati deyiladi.
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi
ma’lumotlar saqlanadi:
fayl nomi;
fayl saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot;
faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami;
arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik
tekshirish kodi.
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows muhitida
fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan tanishib chiqamiz.