61
Nazorat va ruxsat tizimlari vositalari. (Nazorat zonalariga nazoratli o‘tishni
joriy qilish).
Berkituvchi qurilmalar va omborlar. (Nurlanishlarning ta’sirini yo‘qotish,
vizual kuzatuvlarga to‘sqinlik qilish, buzg‘unchi
shaxslarning harakatini
blokirovka qilish).
Yong‘inga qarshi himoya.
Qo‘riqlash tizimlarining effektiv ishlashi binoga o‘rnatilgan datchiklarning
ishlashi bilan bog‘liqdir. Datchiklar magnitli, simobli, metal falgali,
ultratovushli, akustik, induktiv va vibratsion turda bo‘lishi mumkin.
Qo‘riqlash tizimlari qo‘llanilishiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Obyekt perimetrlari.
Ombor, maxsus xonalarga kirish yo‘llari.
Seyflar, qurilmalar va qurilmalarning asosiy va yordamchi vositalari.
Avtotransport.
Xodimlar va shu jumladan qo‘riqlash tizimi hodimlari.
Nazorat
va ruxsat tizimi, turniketdan kirib-chiqayotgan xodimlarni quyidagi
xususiyatari orqali identifikatsiya qilish vositalariga ega bo‘lishi lozim:
Barmoq izi orqali tanish tizimi.
Ovoz orqali tanish tizimi.
Yozuvi orqali tanish tizimi.
Ko‘z parametlari orqali tanish tizimi.
Qo‘l geometriyasi orqali tanish tizimlari.
Komplekslar quyidagi turlarda bo‘ladi:
territoriyaga kirishni maxsus individual kodlar bilan belgilangan ID karta
yoki propusklar.
Ruxsat etilmagan kirishlarni blokirovka qilish.
Ish rejimini buzuvchilar uchun blokirovkani amalga oshirish.
O‘tish zonalarini bitta buyruq bilan ochib yuborish.
62
Kirish ruxsatnomalaridagi kodlarni tekshirish va kodlar to‘g‘ri kelmagan
holda ruxsatnoma egasini qo‘lga olish.
Ishchilarni ish vaqtini ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlar bazasida
saqlash.
Qabul qilingan ma’lumotlarga ishlov berish
va ular yordamida hujjatlar
hosil qilish (ish vaqti tabeli, tartib buzarliklar ro‘yxati, ...).
Ma’lumotlar bazasini operativ to‘g‘irlash imkoniyatlari.
Fizikaviy vositalar tartib buzilish, xavfsizlik tizimlarining oldini oluvchi
birinchi to‘sik bo‘lib, xavfsizlik tartib-qoidalarini o‘rnatishning
birinchi
bosqichidir.
Axborot xavfsizligining
apparat vositalari eng ko‘p
foydalaniladigan vosita
turlaridan biri bo‘lib, ularning asosiy kamchiliklari modernizatsiya qilishga yangi
turdagi himoya vositalarini tadbiq qilishga noqulayliklardan iborat bo‘ladi.
Apparat himoya vositalaridan quyidagi himoya vazifalarini bajarish uchun
foydalaniladi:
Tashkilotlarda foydalanilayotgan qurilmalarning turli xil ma’lumot uzatish
kanallari mavjud yoki mavjud emasligini nazorat
qiluvchi va aniqlovchi
qurilmalar.
Axborotni yo‘qotishga mo‘ljallangan kanallarni lokalizatsiya qilish.
Sanoat shpionaji qurilmalarini aniqlash (juchok, elektron ruchka...).
Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan holda uzatish harakatlarini oldini olish.
Apparat vositaga misol qilib, Delta kompleksini keltirish mumkin. U
asosan radio juchok,
radio-mikrofonlar, telefon uzatkichlarni aniqlash
imkoniyatiga ega bo‘lib, u ushbu qurilmalar turgan joyni aniqlab beradi.
Dasturiy vositalar yuqori himoya vositalariga ega bo‘lib, qo‘llanilishi
jihatdan apparat vositalariga nisbatan moslashuvchan
va yangi turdagi xavf
turlarini bartaraf qilishga imkoniyatlari yuqori.
Dasturiy himoya vositalaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
Axborotni ruxsat etilmagan foydalanishdan himoyalash.
63
Axborotni nusxa ko‘chirishdan himoyalash.
Nusxa ko‘chirishlardan ta’qiqlovchi himoyalash vositalari.
Dasturiy ta’minotni va axborotni viruslardan himoyalash vositalari.
Aloqa kanallarini dasturiy himoyalash vositalari.
Dasturiy himoya vositalari quyidagi maxsus dasturlar turlariga bo‘linadi:
Fayllar, texnik vositalarni identifikatsiya qilish va foydalanuvchini
autentifikatsiya qilish vositalari.
Foydalanuvchi va texnik vositalarni ish faoliyatini nazorat qilish va
ro‘yhatdan o‘tkazish.
Cheklangan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan ma’lumotlardan foydalanish
rejimlarini nazorat qilish
Kompyuter operatsion tizimini va foydalanuvchining
amaliy dasturiy
ta’minotini himoyalash.
Foydalangandan keyin vositalarni himoyalash va hosil bo‘lgan ma’lumotni
o‘chirib tashlash.