|
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar» Pdf ko'rish
|
bet | 224/389 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 14,92 Mb. | | #263543 |
Bog'liq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizmlar. Dadabayeva R.A, Shoaxmedova N.X, Ibragimova L.Tbo‘lib,
boshqarish
maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat
unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali
mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulami ijtimoiy himoya
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni
ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoTlab-
quwatlashdan iboratdir.
Menejmentning
mohiyati
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar
darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy
aloqalaming murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment
ishlab
chiqarish
jarayonida,
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan sharoitda, ishlab
chiqaruvchilar
o ‘rtasida
raqobatni
shakllantirish,
foydani
maksimallashtirishga qaratilgan bo‘Isa, u butun bir iqtisodiy tizimda
ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor
infratuzilmasi elementlari va ulaming o ‘zaro aloqasini ta’minlovchi
mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma,
tashkilot va muassasalar manfaatlarini e ’tiborga olgan holda, ulami
jahon sahnasida o‘z o ‘miga ega bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa
qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. X o ‘jalik
yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlami o ‘rganish va
ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda
|
| |