|
Shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari
|
bet | 2/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 18,63 Kb. | | #243303 |
Bog'liq 1.Referat3. Shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi:
ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Bu kabi muammolarni hal etishda AKT sektorining o‘ziga xosligi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan katta extiyoji bilan ajralib turadi. Hukumat va xususiy tuzilmalar tomonidan mazkur masalani hal etishga bo‘lgan e’tiborga qaramasdan ushbu muammo O‘zbekistonda alohida dolzarblik kasb etmoqda. Masalan, malakali dasturchilar yetishmas-ligining obyektiv sabablari tor ixtisoslikka yo‘naltirilgan dasturchilarni tayyorlash tizimining yetarlicha emasligi yoki yo‘qligi hamda malakali kadrlarning xorijga ketishi deb hisoblanmoqda.
Oliy o‘quv yurtlari dasturlari. Aloqa va axborotlashtirish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash qabul qilingan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Jumladan, oliy ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91-sonli «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) «AKT sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha bosh oliy o‘quv yurti» bo‘lishi belgilangan edi. Mazkur qarorga ko‘ra, 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab Nukus, Qarshi, Samarqand, Farg‘ona va Urgench shaharlarida TATUning hududiy bo‘limlari faoliyat yurita boshladi. Ushbu chora AKT bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya va innovasion texnologiyalarni yanada kengaytirish va joriy etish maqsadida amalga oshirilgan edi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni muvaffaqiyat bilan tayyorlayotgan “Dasturlash texnologiyalari”, “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”, “Amaliy informatika”, “Elektron tijorat”, “Axborot xavfsizli”, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedralar faoliyat yuritmoqda. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalarni “Axborot texnologiyalari biznesda” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlaydi. Kursning maqsadi ilova va ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish hamda AT cohasida loyihalarni boshqarish borasida bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Shuningdek, mutaxassislar O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika-matematika fakultetida “Dasturlash va tarmoqli texnologiyalar” kafedrasida, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Axborot texnologiyalari va menejment” fakultetida, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkentdagi filialining “Amaliy matematika va informatika” filialida tayyorlanadi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari asosan fundamental bilimlarni beradi, ko‘pincha bitiruvchilar ta’lim muassasasini bitirib chiqqach, real sektorda real ilovalar dasturlar bilan ishlashga tayyor bo‘lmaydilar.
Ko‘plab bitiruvchilar ish boshlashda talab etiladigan yetarli bilimlar darajasiga ega bo‘lmaydilar. Aksariyat kompaniyalar yosh xodimlarni qo‘shimcha o‘qitish muammosiga duch keladilar. Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining dasturlari ko‘pincha dolzarb ahamiyat kasb etmaydi va bozor talablariga mos kelmaydi.
Ixtisoslashgan kurslar. Dasturiy ta’minot (DT) ni ishlab chiqish sohasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida o‘qitish darajasi va bozor ehtiyojlariga yo‘naltirilganlik imkoniyatlari bilan davlat oliy o‘quv yurtlari va kollejlariga nisbatan afzalliklarga ega tijorat asosidagi o‘quv markazlari ham faoliyat yuritmokda. Ushbu o‘quv muassasalari mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va sertifikatlash, jumladan xalqaro e’tirof etilgan dasturlar bo‘yicha sertifikatlashni amalga oshiradi va yanada yuqori darajani ta’minlaydi. Kadrlarni ixtisoslashgan kurslarda tayyorlash va ularni dasturiy yechimlarni ishlab chiqish borasidagi loyihalarga jalb etish davom etmoqda. Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazining YDTQM) kurslarida o‘qitish “Dasturlash”, «Internet-texnologiyalar», “Ma’lumotlar bazasi”, “Loyihalash va 3D-modellashtirish”, “Kompyuter grafikasi”, “Operatsion tizimlarni ma’murlashtirish” yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi. O‘qitish davomida stajirovka va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarga jalb etish maqsadida tinglovchilarning eng qobiliyatli va faollari aniqlanadi.
Yosh dasturchilarni o‘qitishdan tashqari yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab- quvvatlash markazining faoliyati sifatli milliy dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqish va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishga qaratilgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida O‘zbekiston-Hindiston o‘quv markazi tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda, u yerda tinglovchilarga axborot texnologiyalar sohasida 6 dan 12 haftalikgacha bepul kurslari doirasida (Diploma in Information Technology, Advanced Diploma in Information Technology), biznes-kompyuting (Diploma in Business Computing), web- texnologiyalar (Diploma in Web Technologies) bo‘yicha treninglar o‘tkaziladi. Hindistonlik mutaxassislarning o‘zbek hamkasblari bilan hamkorlikda yaratilayotgan va o‘qitilayotgan kurslar dasturida axborot texnologiyalari sohasidagi barcha zamonaviy oqimlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish ilg‘or sanoatining talablari hisobga olingan.
Bu o‘rinda ta’lim jarayonida eng yangi texnologiyalar, dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasini qo‘llagan holda amaliy dasturlash bilan birga, shuningdek, DTni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni boshqarishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘plab yosh mutaxassislarga aniq loyihalarda ishtirok etish orqali malaka oshirish markazi vazifasini o‘tovchi yosh dasturchilar uyushmasi ham soha bozorida faol qatnashmoqda. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotning salohiyatini oshirish va ilgari surish doirasida Toshkentda BMTTDning “AKT siyosati” (ICTP) loyihasi ko‘magida “OS Linux ma’murlashtirish” mavzusida trening-kursi o‘tkazildi, unda YDTQMning o‘qituvchilari ishtirok etdi. Shu bilan birga, kasbiy o‘qitish bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida BMTTDning “AKT siyosati” loyihasi ko‘magida 2007-yilda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotga oid kurslar bo‘yicha darsliklar nashr etildi. Ochiq kodli dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarni o‘qitish va malakasini oshirish uchun O‘zbekistan Linuks-hamjamiyati ham muhim hudud vazifasini o‘tadi. BMTTDning “AKT siyosati” (ICTP) loyihasi doirasida AT bo‘yicha ko‘ngillilar xizmati faoliyat yuritmoqda. U yerda poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlari talabalarini zamonaviy dasturlash texnologiyalarga o‘qitish tashkil etilgan. Maqsad esa keyinchalik ular nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari, o‘quv yurtlarining axborot texnologiyalari salohiyatidan foydalanishishiga ko‘maklashishidan iborat.
Savol va topshiriqlar:
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deganda nima tushuniladi?
2.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari deganda nima tushuniladi?
3. AKT vositalari va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash imkoniyatlari?
4.Shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari?
5.Shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida pedagogik dasturiy vositalar?
|
| |