190
191
yo», «virtual olam», «virtual do‘st» kabi so‘zlar paydo bo‘ldi.
Vir-
tual
so‘zining ma’nosi bu tasavvur qilishdir. Virtu al kutubxona bu
odatdagi kutubxonaning mavhum ko‘rinishidir.
Bu kutubxona kitoblari, jurnallari va ro‘znomalari kitob ja-
vonlarda emas, balki kompyuter xotirasiga joylangan bo‘ladi. Bu
kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli for-
matda saqlanadigan ma’lumotlarning to‘plamidir. Bu bosma, au-
dio, vi deo va multimedia ma’lumotlardir. Ma’lumotlar hajmiga
qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir necha kom-
pyuterlardan iborat bo‘ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi
bo‘lmaydi, shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter
javonlaridan Siz o‘zingiz qidirasiz.
Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulay-
liklarga ega:
– joyning tejalishi, ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy-
ning zarurati yo‘qligi;
– nodir asar va ma’ulomotlarni saqlash va ulardan foydalana
o lish imkoniyatining mavjudligi;
– foydalanishning qulayligi va yengilligi;
– qidiruv tizimlarining mavjudligi;
– ma’lumotlar hajmining cheklanmaganligi;
– ma’lumotni audio, video va kompyuter grafikasi yordamida
sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi;
– vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi, ya’ni undan 24 soat
mobaynida foydalanishingiz mumkin;
– qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi.
Demak, elektron kutubxona bu turli ma’lumotlar jamlangan In-
ternet sahifasidir. Bu sahifani kutubxonalardagi maxsus markaz
mutaxassislari ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga
kiritadi va yig‘adi. Ya’ni ma’lumot lar doimo yangilanib turiladi,
natijada kutubxona hajmi kengayib boradi.