axborotning salbiy va ijobiy ta’siri




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. 
Axborotning ijobiy to-
moni shundan iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot 
turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri, si-
fatli axborot insonlar, ayniqsa, yoshlarning dunyoqarashini boyiti-
shi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lish imkonini beradi, 
zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, farzandlari sog‘lom yurt 
qudratli bo‘lur. 
Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda 
ayrim G‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadri-
yatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar 
ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa, bunday 
ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet 
va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlari-
miz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya ax-
borotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga 
boshlashi mumkin. 
Bunday holatlarning oldini olish uchun har doim axborotdan 
o‘rinli va to‘g‘ri foydalanishga odatlanishimiz zarur. 
axborot tizimi tushunchasi. 
Tizim
deganda, bir vaqtning 
o‘zida ham yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham 
qo‘yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli 
elementlar majmuyi tushuniladi. 
Ma’lumki, bugungi kunda ko‘plab turli xil tizimlar yaratilgan 
bo‘lib, ular o‘z tarkibi va bosh maqsadlari bo‘yicha bir-biridan 
farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlardan na-
munalar keltirilgan. 
tizim
tizim elementlari
tizimning bosh
maqsadi
Axborot-kutubxona Odamlar, jihozlar, materiallar, ki-
toblar, binolar va boshqalar
Foydalanuvchilarga 
axborot berish
Kompyuter
Elektron va elektromexanik ele-
mentlar, aloqa liniyalari va bosh-
qalar
Ma’lumotlarga ish-
lov berish


202
203
Jadvalning davomi
Telekommunikatsi-
ya tizimi 
Kompyuterlar, modemlar, kabel-
lar, tarmoq dasturiy ta’minoti va 
boshqalar
Axborot uzatish
Axborot tizimi
Kompyuterlar, kompyuter tarmoq-
lari, odamlar, axborot va dasturiy 
ta’minot
Professional axborot 
ishlab chiqarish
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko‘plab ma’nolarda 
qo‘llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo‘llanilganda, aksari-
yat hollarda texnik vositalar va dasturlar to‘plami nazarda tutiladi. 
Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. 
Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va 
hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to‘ldirilgan ko‘plab 
dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin. 
har bir tizim to‘rt asosiy qismdan iborat: 1) kiritish; 2) ishlov 
berish; 3) chiqarish; 4) teskari aloqa. 
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bi-
lan bog‘liq bo‘lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot 
tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur 
bo‘ladigan axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib be-
rishni ta’minlaydi. 
Axborot
 
tizimi qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida axborot-
ni to‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan 
vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro bog‘liq majmuyi hisobla-
nadi. 
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi ax-
borotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shax-
siy kompyuterlardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborot-ku-
tubxonalarda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga shaxsiy 
kompyu terlar bilan bir qatorda meynfreym yoki super elektron 
hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ish-
lab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo‘lgan va usiz bu 
axborotni olish va taqdim etish mumkin bo‘lmagan odamning roli 


202
203
hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o‘zi 
hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. 
Kompyuterlar va axborot tizimlari o‘rtasida farq mavjudligi 
ravshan. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan ji-
hoz langan bo‘lib, ular axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va 
vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan 
ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining maj-
buriy tarkibi hisoblanadi. 
Axborot tizimlarining qo‘llanish sohalari turli-tuman. Shuning-
dek, har bir tizimga xos bo‘lgan xususiyatlar va o‘ziga xosliklar 
ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari 
majmuyini belgilovchi ko‘plab omillar orasida uchta asosiy omil-
ni ajratib ko‘rsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ish-
lov berilayotgan axborot xarakteri; axborotni ishlatish maqsadlari, 
ya’ni ushbu tizimning hal qilishda yordam berishi mo‘ljallangan 
vazifalari doirasi. Sanab o‘tilgan omillar ham tizimning o‘zida, 
ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, 
axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tash-
qi muhit bilan o‘zaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy 
ta’minoting tarkibini belgilab beradi. 
Axborot-kutubxonalarda texnika darajasi bo‘yicha axborot 
tizimlari quyidagi tizimlarga bo‘linadi: 1) dastaki; 2) mexanizatsi-
yalashgan; 3) avtomatlashtirilgan; 4) avtomatlashgan. 
Tizimni sanab o‘tish tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-
ketligini aks ettiradi. 
Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha 
jarayonlari qo‘lda bajariladi. Qo‘lda ishlov beriladigan tizimlar-
ning axborot massivlari hajmi uncha katta bo‘lmaydi, ma’lumotlar 
turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni 
qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Aslini 
olganda, dastaki axborot tizimlari tizim emas, balki ma’lum bel-
gilar majmuyi bo‘yicha zarur axborotni qidirishni yengillashtiruv-
chi qurilmalar hisoblanadi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlash 
oddiy, ularni ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko‘rsatuvchi xo-
dimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida 


204
205
axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalash-
gan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash-perforatsiya 
mashinalari eng keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot 
tizimlarida axborot eltuvchilari bo‘lib, perfokartalar hisoblanadi. 
Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari 
tarkibiga perforatsiya mashinalari to‘plami kiradi, ularning har biri 
muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida axborot dast-
labki hujjatlardan perfokartalarga o‘tkaziladi. Saralovchi umumiy 
belgilarga ega bo‘lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo‘yicha 
joylashtiradi. 
Avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlaridan 
axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda 
kompyuterlarda axborotni to‘plash, tayyorlash va uzatish, shu-
ningdek, axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog‘liq ope-
ratsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng 
funksional imkoniyatlarga ega va axborotning juda katta hajmlarini 
saqlash hamda ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar 
kompyuterlarning xotira qurilmalaridir. 
Eng keng tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) 
ishida axborotga ishlov berish texnologik jarayonining turli bos-
qichlarida (axborotni to‘plash va uni kompyuterga kiritishga tay-
yorlash, qidirish jarayonida) odam ishtirok etadi. Inson AATning 
tashqi muhitdagi «sherigi» hisoblanadi va chiqadigan axborot 
tizimi aynan unga mo‘ljallangandir. 
AATda barcha jarayonlar odam ishtirokisiz o‘tadi. Odatda, av-
tomatlashgan tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan, 
obyektlar va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlash-
gan tizimlarida foydalaniladi. 
Avtomatlashgan tizimlarning «sheriklari» robotlar, dastur vosi-
talar va boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarga kiritiladigan ax-
borot signallar yoki biror-bir fizik kattaliklar shaklida taqdim eti
-
ladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish va sozlash uchun foy-
dalaniladi. 
hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘plab ax-


204
205
borot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foyda-
lanuvchilarning axborot so‘rovlarini qondirish uchun yo‘naltiril-
gan. Bunday tizimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda 
so‘rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimni 
doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga berila-
di, u olingan axborotdan istalgan maqsadlarda foydalanadi. 
Masalan, Turin universiteti axborot-resurs markazida kutubxo-
na zaliga disepley ekran qo‘yilgan bo‘lib, qidirilayotgan axborotlar 
ekranga qo‘l barmoqlari tekizish orqali qidirib topiladi. Axborot 
qayerda joylashganligi va ulardan foydalanish yo‘llari ketma-ket-
likda beriladi. 
Axborot-ma’lumot tizimi so‘rovga muvofiq ravishda uning ax
-
borot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborot-
larni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda 
asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular ax-
borot qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish