200
201
fayllarni konvertatsiya qilish.
Odatda, fayllar o‘zida
saqla-
gan ma’lumotlarning
turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud
bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu fayllardagi ma’lumotlardan foydalanish
uchun ularni bir turdan boshqasiga o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu
o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. Konvertatsiya ja-
rayonlari, ya’ni ma’lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir for-
matdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida
amalga oshiriladi.
Katalog
deb,
fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sa-
nasi
va vaqti, atributlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi
maxsus joyga aytiladi. Katalog ham faylga o‘xshab nomlanadi,
ammo kengaytma ishlatilmaydi. har bir
diskda bir nechta katalog
bo‘lishi mumkin. Kompyuterda ishlash jarayonida «joriy katalog»,
«o‘zak katalog» degan tushuncha tez-tez ishlatiladi.
Joriy katalog shu daqiqida ishlab turgan katalogdir. Joriy kata-
log 1- bosqich, 2- bosqich va h. k. larning bittasi bo‘lishi mumkin.
9. 5. axbOrOt resursLari va
axbOrOt tiziMLari
O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11- dekabrdagi 560–II
sonli «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga
binoan axborot
resurslari va tizimlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida
to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi,
fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimla-
ridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlaridir.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar
uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, au-
diovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov
berish hamda undan
foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy ji-
hatdan tartibga solingan jami axborot resurslari,
axborot texnologi-
yalari va aloqa vositalari.