namunali (standart)
so‘rovli tizimlar
deb ataladi.
har qanday ixtiyoriy so‘rovlarni amalga oshira oladigan tizimlar
foydalanuvchilar uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. So‘rovlarni
shakllantirish uchun tizim so‘rovlar tiliga, ularni tuzish qoidalari-
ga ega bo‘lishi kerak. Foydalanuvchining tizim bilan muomalasi
insonning mashina bilan muloqoti shaklidagi muomalasidan qulay-
dir. Bunda foydalanuvchi olinayotgan axborot bilan tanishib, o‘z
so‘rovini tuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etib o‘tish zarurki, har qanday muayyan axborot tizimi
tizimlarning alohida ajratib ko‘rsatilgan turlariga xos bo‘lgan xusu-
206
207
siyatlar majmuyi bilan tavsiflanishi mumkin. Shu bilan bir qator
-
da, axborot tizimlari qo‘llanish sohasiga bog‘liq holda tizimning
o‘zigagina xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
9. 7. avtOMatLashtiriLGan axbOrOt
tiziMLarininG asOsiY tarKibiY qisMLari
har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi
muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot man-
bayi va chiqadigan axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot
oqimi AAT doirasida tizimga kirishdan boshlab undan chiqishga-
cha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o‘tadi. Axborotga
ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to‘plash, ro‘yxatga
olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo‘yicha manbadan
kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o‘tkazish, axborot
fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va
chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo‘yicha kompyuter-
dan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qi lishi uchun
yaroqli shaklga o‘zgartirishdan iborat.
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizim-
lari orqali amalga oshiriladi. Ular ichidan quyidagilarni ajratib
ko‘rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to‘plash va dastlabki
ishlov berish; aloqa; axborotni kompyuterga kiritish; axborotni
saqlash va ishlov berish; axborotni chiqarish va uni aks ettirish
(chiqarish kichik tizimi).
Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berishning kichik tizimi
axborotga dastlabki ishlov berish bo‘yicha bir qator operatsiyalarni
bajaradi. Bu kichik tizim doirasida obyektlar to‘g‘risida obyekt
uchun tabiiy bo‘lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so‘zlari va sim-
vollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etil-
gan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha
varaqa mazmuni, maqolalarning matnlari, to‘plam va dissertatsiya-
lar va hokazo) to‘plash amalga oshiriladi.
|