aatning namunaviy tuzilishi




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

aatning namunaviy tuzilishi.
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fon-
didan hali mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan 
tizimda axborot takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborot-
ning tizimga keyin kiritilishi zarur bo‘lgan elementlariga dastlab-
ki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga 
va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan 
shakldagi jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan 
qoidalar bo‘yicha taqriz va bibliografik bayoni tuziladi. Dastlabki 
ishlov berishdan o‘tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan ax-
borot eltuvchilarga, aksariyat hollarda, qog‘ozga qayd etiladi. 
Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan 
olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yara-
maydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni 
kompyuterga kiritish, shuningdek, axborotning to‘g‘ri ko‘chirilishi 
va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo‘ladi. 
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko‘pincha 
kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog‘langan disp-
ley va aloqa kanallaridan foydalaniladi. 
Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtirila-


208
209
di va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot 
fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: 
mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish ope-
ratsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda 
saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek, ishlov berish topshirig‘iga 
muvofiq bo‘lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. 
Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va 
saqlab turish, shuningdek, axborotga ishlov berish bo‘yicha barcha 
amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga 
kiradigan dasturlar majmuyi boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu 
kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va 
undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotni saqlash va 
ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshi-
ruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o‘zi ham), 
shuningdek, axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash 
tizimi (AIST)ga birlashadi. AIST o‘z ichiga axborot massivlari, 
ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritm-
lari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuyini oladi. AIST 
tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa 
qiladi. AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko‘rib 
chiqishda bu vositalarni ham, albatta, hisobga olish zarur. 
Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko‘p hol-
larda ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi 
(MIAT) deb ataladi, bunda «ma’lumotlar» tushunchasi «axborot» 
tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi. 
«Axborot» tushunchasidan, odatda, xabarning mazmun-mo-
hiyatini ta’kidlashni istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin 
AISTning asosi bo‘lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan 
xabarlar ning ma’nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlar-
ga nisbatan ko‘pincha «ma’lumotlar» tushunchasi qo‘llaniladi va 
kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bi-
lan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar 
to‘plami, u ning mazmunidan qat’i nazar, ma’lumotlar hisoblanadi. 
Ma’lu motlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov berish ax-


210
211
borotga ishlov berish deb qabul qilinadi. Shuning uchun bundan 
buyon «axborot» tushunchasidan, asosan, ma’no-mazmuni muhim-
ligini ta’kidlash zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o‘zbek tilida keng 
qo‘llaniladigan va o‘rnashib qolgan so‘z birikmalari tarkibiga kir-
gan hollardagina foydalanamiz. 
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqar-
ish tizimi) berilgan so‘rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, 
bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim 
etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy 
shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmuyi va chiqarib beri-
layotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar ki-
radi. So‘rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli 
tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin. 
Kichik tizimlarning o‘zaro aloqasi axborot manbalari va foy-
dalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joy-
lashgan, degan nuqtayi nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud 
axborot tizimlarida axborot manbalari va (yoki) foydalanuvchilar 
aksariyat hollarda markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab ki-
lometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan bo‘ladi. Bunday hollar-
da markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma’lumotlarni uzatish 
kanali va uzoqda joylashgan terminallar (hozir ular kompyuter hi-
soblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Uzoqlashgan terminallarni – shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun 
aloqa kanallaridan foydalaniladi, ular telefon tarmoqlari, umum 
foydalaniladigan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumot-
larni uzatishning maxsus tarmoqlaridan iborat. Kanal belgilangan 
yo‘nalishda va zaruriy tezlikda ma’lumotlar bilan almashinishni 
ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni 
faqat bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan simpleks; ma’lumot-
larni har ikki yo‘nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat 
bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan yarim dupleks; bir vaqt-
ning o‘zida har ikki yo‘nalishda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan 
dupleks kanallarga bo‘linadi. Manbalarning kompyuter bilan aloqa 
qilishi uchun simpleks kanallardan foydalanish mumkin. Foyda-


210
211
lanuvchining markaziy kompyuter yoki kompyuterlar bilan alo-
qasi ma’lumotlarni uzatishning yarim dupleks yoki dupleks kanal-
lari orqali amalga oshirilishi zarur, aks holda, foydalanuvchining 
kompyuter bilan muloqot olib borishining imkoni bo‘lmay qoladi. 
Uzoqlashgan terminal – bu markaziy kompyuterdan uni bevosi-
ta ulash imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan 
kiritish-chiqarish qurilmasidir. Terminal kompyuter bilan ma’lu-
motlarni uzatish kanali yordamida bog‘lanadi. Terminaldan olina-
digan axborotni kompyuterga bevosita kiritish mumkin. Uzoqda 
joylashgan terminallar sifatida shaxsiy kompyuterlar, terminallar, 
teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydala-
niladi. 
Kichik aloqa tizimi terminallarning markaziy kompyuter bilan 
o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan va unga masofadagi terminalni 
boshqarish imkonini beradigan dasturni ham o‘z ichiga oladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish