218
219
– ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha axborot-kutubxonada
zarur masalalarni bajarish. har bir axborot-kutubxona o‘zining
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi va bunday ma’lu-
motlarning axborot-kutubxonada saqlanishi qonun bilan belgilab
qo‘yilgan, ulardan axborot-kutubxonada nazoratni ta’minlash va
saqlab turish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Shuning uchun
har qanday axborot-kutubxonada, albatta, ma’lumotlarga ishlov
berishning axborot tizimi bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi
ishlab chiqilgan bo‘lishi shart;
– faqat yaxshi tuzilgan va ular uchun algoritm ishlab chiqilishi
mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish;
– ishlov berishning standart protseduralarini bajarish.
Mavjud standartlar ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy
protseduralarini belgilab beradi va barcha turdagi tashkilotlar
uchun ularga rioya qilishni belgilab qo‘yadi;
– ishlarning asosiy hajmini imkon qadar kam odam ishtirokida
avtomatik rejimda bajarish;
– mufassal ma’lumotlardan foydalanish. Axborot-kutubxona
faoliyati to‘g‘risidagi yozuvlar taftish o‘tkazishga imkon beradigan
darajada mufassal xarakterga ega. Taftishlar jarayonida axborot-
kutubxona faoliyati xronologik tartibda faoliyatining boshlanish
davridan oxirgi davrigacha va oxirgi davridan boshlanish davriga-
cha tekshiriladi;
– voqealarning xronologiyasiga diqqatni qaratish;
– muammoni hal qilishda boshqa darajadagi mutaxassislar to-
monidan yordam berilishini talab qilish.
Ma’lumotlarga ishlov berishda ATning asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilar hisoblanadi: